Tuproqning fizik-mexanik, texnologik xossalarini o‘rganish reja: 1




Download 37.64 Kb.
bet1/9
Sana20.04.2024
Hajmi37.64 Kb.
#202189
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
TUPROQNING FIZIK-MEXANIK, TEXNOLOGIK XOSSALARINI O‘RGANISH
Maftuna, Abdusayidov D O\'rnatilgan, \'2 маъруза лот, Makroiqtisodiy ko'rsatkichlarga doir masalalar, Song Plus Price (ru)

TUPROQNING FIZIK-MEXANIK, TEXNOLOGIK XOSSALARINI O‘RGANISH
Reja:

  1. 1. Tuproq fizik – mexanik xossalarining sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi.

  2. Tuproq fizik mexanik xossalarini laboratoriya sharoitida o‘rganish.

  3. Tuproq fizik mexanik xossalarini dala sharoitida o‘rganish.

Tuproqqa sifatli ishlov berish hamda o‘simlik ildiz-larining tuproqning turli qatlamlariga kirib borishi, uning plastikligi yopishqoqligi bo‘kishi, cho‘kishi, biri-kuvchanligi, qattiqligi, ishqalanishi va ishlov asbobla-riga qarshilik ko‘rsatishi kabi fizik-mexanik xossalari-ga bog‘liq bo‘ladi. Fizik-mexanik xossalar, birinchidan tuproqning xususiyatlarini (ximiyaviy tarkibi va fizik xossalari) o‘zida aks ettirsa, ikknnchidan tuproqqa ishlov


berish nuqtai nazaridan uni baholashda muhim o‘rin tuta-di. Bu xossalarni o‘rganish tuproqqa ishlov berishda qo‘l-laniladigan xilma-xil qurollarni joriy qilishda katta ahamiyatga ega. Haydov mashinalari, ayniqsa, ularning ish-chi qismlari konstruksiyasi, tortish kuchi, ishlov berish uchun sarf bo‘ladigan yonilg‘i miqdori yoki tuproq struktu-raliligini saqlash uchun kerakli namlik chegarasi unga ishlov berish va boshqa shunga o‘xshash muhim texnologik jarayonlar tuproqning fizik-mexanik xossalariga bog‘liqdir.
Tuproqning plastikligi. Tuproq-gruntning ma’lum namlik darajasida tashqi kuchlar ta’sirida bir butun-ligini buzmagan holda o‘z shaklini o‘zgartirishn va bu holatni mexanik kuchlar to‘xtaganidan keyin ham saqlab qolish xususiyati — plastikligidir. Plastiklik mexanik tarkib bilan uzviy bog‘liq: og‘ir (soz qumoq) tuproqlar ma’lum namlik darajasida, bunday xossani o‘zida yaxshi aks ettiradi.
Plastiklikni aniqlash uchun Atterberg metodidan foydalaniladi. Bu metod asosida har xil darajada namlangan tuproq massasiking namlik ko‘rsatkichiii aniqlash yotadi va bu ko‘rsatkich absolyut quruq tuproq massasiga nisbatan prosent miqdorida ifodalanadi. At­terberg tuproq plastikligining quyi va yuqori chegarasini aniqladi.
Plastiklikning quyi chegarasida namlangan tuproqdan apiq shakllar yasash imkoniyati bo‘lmaydi: bu sharoitda har xil katta-knchiklikdagi agregat va kesakchalar hosil bo‘ladi. Eng muhimi, bu namlik sharoitidagi tuproq massasi chet jismlarga yorishish qobiliyatiga ega emas. Plastiklikning yuqori chegarasida esa tuproq suyuq xamir holatida bo‘ladi.
Plastiklikning quyi va yuqori chegarasi o‘rtasidagi farq plastiklik miqdori (PM) deyiladi. PM qancha katta bo‘lsa, tuproq-gruntning plastikligi shuncha kata bo‘ladi.
Qurilish ishlarida gruntlarning plastiklik miqdori-ga qarab quyidagi klassifikasiyaga bo‘lish taklif etilgan.
1. Plastikligi yuqori gruntlar—PM — >17
2. Plastik gruntlar — PM — 17—7
3. Plastikligi past gruntlar — PM — 7—0
4. Plastiklik qobiliyati ifodalanmagan gruntlar — PM—0.
Bu klassifikasiya asosan gruntlarni faqatgina qurilish maqsadlari uchun baholashda qo‘llanilmasdan, balki ularni keramika sanoati uchun baholashda ham katta ahamiyatga ega.
Og‘ir mexanik tarkibli tuproqlar namlanganda har xil shakldagi holatni tashkil etadi.
Tuproq plastixligini tushuntiruvchi bir qancha nazariyalar mavjud. Bir gruppa olimlar buni izohlash uchun loyqa zarrachalarning plastiklik shaklini asos qilib oladilar. Ularning fikricha, loyqa zarrachalar yupqa plastinkali (qat-qat) shaklga ega bo‘lganligi uchun namlanganda bu zarrachalar o‘z yaxlitligini buzmagan holda biri ikkinchisining ustidan sirg‘alpshiga asoslanadi. Ikkinchi gruppa olimlar mayda zarrachalarning (kolloid) xususiyatlarini, ya’ni zarrachalar atrofida hosil bo‘lgan
Dehqonchilik faoliyati va uzoq muddatlp sug‘orish tuproqning morfologik tuzplpshini, xpmiyaviy tarkibi, :’ fizik va melnorativ holatlarini o‘zgartirib qolmasdan bllki uning fizik-mexanik (texnologik) xossalarining uzgarishiga ham sabab bo‘ladi.
M. U. Umarovning (1974) ma’lumotlari bo‘yicha sug‘orish muddati Qarshi cho‘li taqirli tuproqlarinipg fizik mexanik xossalariga, ayniqsa, uning qatqaloqlanish jarayonining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Sug‘orish natijasida taqirli tuproqlarning plastik;lik sonlari qo‘riq maydon tuproqlariga qaraganda bir-muncha ortadi. Masalan, qo‘riq va partov yerlarning taqirli tuproqlarida plastiklikning yuqori chegarasi 23—28% o‘rtasida bo‘lsa, sug‘oriladigan maydonlarda esa bu ko‘rstakich — 25—31% ni tashkil qiladi. Demak, sug‘oriladigan taqirli tuproqlarning ishlov diapazoni birmuncha keng hisoblanadi.
Sug‘orish davri, ayniqsa, taqirli tuproq haydalma qatlamining uvoqlanish (agregatlarga ajralish) dara-jasiga ancha ta’sir qiladi
Eng oldin tuproqlarning fizik yetilganlik ko‘rsatki-chi ularning plastiklikning quyi chegarasi holatidagi namlik darajasiga juda yaqin bo‘lishi xarakterlidir. Bunday holat ayniqsa, qadimdan sug‘oriladigan taqirli tuproqlarning fizik yetilganligida aniq ko‘rinib tura-di, ya’ni mazkur tuproqda plastiklikning quyi chegarasi 19,8% ni tashkil etsa, uvoqlanish namligi esa — 20,2% ga teng
Jadvaldan faqatgina qadimdan sug‘oriladigan ta­qirli tuproqning haydalma qatlami eng yaxshi uvoqlanish xususiyatiga ega ekanligi ma’lum. Bunda 1 —10 mm li agregatlar yig‘indisi eng yuqori ko‘rsatkich (66—66,7% ga) teng. Uzlashtirishnnig dastlabki davrida uvoqlanish da-rajasi pasayib ketadi. Bunda chirindgshing kuchli mine-rallanishi, tuproq agregatlarining buznlishi va shunga o‘xshash hodisalar uchrab turadn.
Sahro zonasida joylashgan taqir va taqirli tuproq-larning eng salbiy tomoni — sug‘orishdan keyin qatqaloq hosil bo‘lishidnr. M. U. Umarov, J- Ikromovlar taqirli tuproqlarni bostirib sug‘organda katta qalinlikda va qattiqlikda qatqaloq paydo bo‘lishini aniqladilar.
Tajribadan ma’lum bo‘lishicha qatqaloqlanish dara-jasi faqatgina qo‘riq maydonlarda birmuncha pastroq, uning qalinligi 7—12 sm, qatqaloqlar oralig‘i kengligi 0,8—2,2 sm, qattiqligi— 21 kg/sm2, 1 m2 maydondagi qat­qaloq og‘irligi 123 kg, har bir bo‘lagining og‘irligi esa 13 kg ni tashkil etadi. Sug‘orishning dastlabki va so‘nggi davrlarida (10—20 yil ichida) partov yerlarda qatqa­loqlanish darajasi qo‘riq yerdagiga nisbatan katta. Qat­qaloqlanish qadimdan sug‘oriladigan taqirli yerlarda oirmuncha sekinlashib, uning ko‘rsatkichlari bilan qo‘riq yerlardagi taqirli tuproqlarga yaqinlashadi.
Shunday qilib, sug‘orish, mineral va organik o‘g‘itlar-ning kekg qo‘llakilishi tuproqning ximiyaviy, fizikaviy va meliorativ holatlarini yaxshilabgina qolmasdan, bal-ki ularning texnologik xususiyatlarini ham yaxshilar ekan.
Sahro tuproqlarining qatqaloq hosil qilishga mo-yilligi asosan uning namlanish darajasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Tuproqdagi namlikni sarflanishdan qanchalik saqlasak, qatqaloq hosil bo‘lish jarayonini shunchalik kechiktirgan bo‘lamiz. Buning uchun ekin maydonlari sug‘o-rilgaidak yokn yog‘in-sochinlardan so‘ng darhol yumshatilishi lozim, aks holda qatqaloq madaniy ekinlarning keyingi rivojini batamom to‘xtatadi.
Qatqaloqqa qarshi kurashishning asosiy agrotexnik tadbirlari — go‘nglardan mulcha hamda o‘g‘it sifatida foydalanish, og‘ir tuproqlarning haydalma qatlamiga qum solish. sun’iy strukturalarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
TUPROQNING FIZIK-MEXANIK XOSSALARINI ANIQLASH
Tuproqning ilashimligini aniqlash. Tuproqning ila: shimligi deb, tuproq bo‘lakchalarining bir-biridan ajra-lib ketkshiga va maydalanishiga sabab bo‘ladigan mexanik kuchlarga qarshi tura olish xususiyatiga aytiladi.
Tuproqning bu xususiyati uning mexanik tarkibi, struk-turalilik holati, ximiyaviy tarkibi, namlik darajasiga qarab o‘zgarib turadi. Ayniqsa, tuproq mexanik tarkibi-ning o‘zgarishi uning ilashimligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni og‘ir tuproqlarda ilashimlik eng yuqori, o‘rta (qumoq) hamda strukturali tuproqlarda — o‘rtacha (optimal) va nihoyat, yengil va qumli tuproqlarda past bo‘ladi.
Ishlash tartibi. 1-usul. Ilashimligi aniqlanmoqchi .bo‘lgan tuproq teshiklari 3 mm li elakchadan o‘tkaziladi. Undan kattaligi 2x2x2 sm li g‘ishtsimon bo‘lakchalar tayyorlanadi, bo‘lakchalar 105° issiqlikda termostatda o‘zgarmas og‘irlikka kelgunga qadar quritiladi. So‘ngra termostatdan olib, Atterberg asbsbidagi disk tagiga qo‘yiladi. Tuproqdan yasalgan bo‘lakchalar buzilguncha disk ustiga asta-sekin tarozi toshi qo‘yib boriladi. Tuproq­ning toshni ko‘tarishi uning ilashimlik darajasini ko‘rsatadi.


Download 37.64 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 37.64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tuproqning fizik-mexanik, texnologik xossalarini o‘rganish reja: 1

Download 37.64 Kb.