Tuproqning xajm og’irligi




Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana13.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#59153
1   2   3   4
Bog'liq
5-мавзу. Tuproqning umumiy fizik hossalari va ularning ahamiyati
1-tema, 2 5318916060898925226, 3-amaliy mashg\'ulot, 11 laboratoriya ishi Mavzu ue ulanish sxemasidagi btni statik , pul va banklar fanidan sillabus, article-1
Tuproqning xajm og’irligi. Tuproqning xajm og’irligi deb, tabiiy holatdagi 
bir kub santimetr quruq tuproqning (havosi bilan) gramm hisobidagi massasini shu 
xajmdagi 4

C da olingan suv og’irligiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi va g/cm
3
bilan 
ifodalanadi. 
Tuproq qattiq qismining zichligi - 
tupgoq zarrachalarning 
o‘rtacha 
zichligi - tuproq haqiqiy hajmining 
(Vz) 
birligi tarzidagi uning quruq massasi 
(M) 
ya'ni 
g/cm
3
da ifodalangan tuproq qattiq fazasining hajmiy birligidir. 
d = M/V
z


Turli tipdagi 
tupgoqlar 
qattiq qismining zichligi bi

xil emas. U tuproq
tarkibidagi organik moddalar miqdoriga 
va 
mineral qismi komponentlari
(tarkibiy qismlari) ning nisbatiga bog'liq. Tuproqlarda organik moddalar
qancha k
o‘p bo‘lsa ular qattiq qismining zichligi shuncha past 
va 
tuproqlarda
temir oksidlari qancha k
o‘p bo‘lsa shuncha yuqori.
Tuproqning xajm og’irligi juda o‘zgaruvchan bo‘lib, asosan, agregatlarning 
zichlashish darajasiga bog’liq bo‘ladi. Ustki haydalma qatlam, odatda, kichik xajm 
og’irligiga (1,1-1,3 g/cm

) ega, chunki bu qatlamda agregatlar g’ovak joylashgan 
bo‘ladi. Quyi qatlamda agregatlar miqdori kamayib borganligi hamda agregat va 
zarrachalarning zich joylashganligi tufayli bo‘shliqlar miqdori kamayib boradi, 
natijada xajm og’irlik ortadi (1,5-1,7 g/cm
3
). Strukturali tuproqlarning yuqori 
qatlamlari kichik xajm og’irlikga ega bo‘lib, u butun vegetatsiya davomida 
o‘zgarmay turishi mumkin. 
O‘zbekiston tuproqlarida agregatlarning kamligi hamda ularning suvga 
chidamsizligi xajm og’irligini vegetatsiya davomida juda o‘zgarib turishiga olib 
keladi. Sug’orish suvlari agregatlarni buzadi va ularni yanada zichlashishiga sabab 
bo‘ladi. Yangi sug’oriladigan yerlar asta – sekin zichlashib tuproq qovushmasining 
zichligi jihatidan o‘rtacha o‘rinda. Turli tipdagi o‘rtacha o‘rinda turadi. Turli tipdagi 
sug’oriladigan tuproqlar qovushmasining zichligi jihatidan bir biriga yaqin turadi 
shunday bo‘lsa ham sahro xududidagi va gidromorf tuproqlar, ayniqsa, kuchli 
zichlashgan bo‘ladi. Umuman, quyi qatlamlardagi tuproqning xajm og’irligi ustki 
qatlam tuproqning xajm og’irlikka nisbatan kattaroq bo‘ladi. Eng katta xajm og’irlik 
haydalma osti qatlamiga to‘g’ri keladi. 
Sug’oriladigan tuproqlar sug’orilmaydigan tuproqlar yoki qo‘riq yerlarga 
nisbatan zichroq qovushmali va kamroq kovakli bo‘ladi. 
Tuproqning xajm og’irligi uning unumdorligini belgilashda, ayniqsa madaniy 
o‘simliklarning bir me’yorda rivojlanishida va ularning hosildorligini oshirishda 
muhim ahamiyatga ega. 
Shuni ta’kidlash kerakki, tuproqlarda mavjud mikroagregatlar oz miqdorda 
bo‘lsada, butun vegetatsiya davomida xajm og’irligini juda ham ko‘tarilishiga 


to‘sqinlik qilib, o‘ziga xos fizik tartiboti vujudga keltirishga sabab bo‘ladi. Buni biz 
ushbu darslikning maxsus bo‘limlarida ba’zi bir misollarda ko‘ramiz. 
Hozirgi vaqtda xajm og’irlikni o‘rganish maqsadida tuproq – meliorativ
tekshirish ishlarida har xil xajmdagi silindrlar (250, 500, 1000 cm
3
) ishlatiladi. 
Xajm og’irlikni aniqlash bilan biz uning zichlashish darajasini bilamiz, bu esa 
uning muhim morfologik belgisi hisoblanib, ayrim agrotexnik tadbirlarni ishlab 
chiqishga yordam beradi. 
Tuproq zichligiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: 
O‘ta zich tuproq – belkurak va pichoq bunday tuproqlarga o‘tmaydi; 
Zich tuproq – bunday tuproqlarning zarralari jips birikkan bo‘ladi va ularga 
belkurak zo‘rg’a o‘tadi; 
G’ovak tuproq – bunday tuproqlarning zarralari yoki strukturali elementlari 
o‘zaro yaxshi birikmagan bo‘ladi va ularni belkurak osonlik bilan kesadi, bu 
tuproqlar belkurak bilan ag’darilganda zarralarga yoki strukturali bo‘laklarga ajralib 
ketadi; 
Sochiluvchan tuproq – tarkibida sochiluvchan qum bo‘ladi. Nam holida 
zichligi kamayadi va haddan tashqari ho‘l bo‘lsa, u oquvchan bo‘ladi. 
Tuproqning xajm og’irlik ko‘rsatkichi tuproq g’ovakligini hamda uning 
tarkibida qancha miqdorda tuz, chirindi, oziq moddalar va suv borligini hisoblab 
chiqishda keng qo‘llaniladi. 

Download 0.63 Mb.
1   2   3   4




Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish