• 24-jadval Tuproq kovakligini baholash (N.A.Kachinskiy bo‘yicha)
  • Tuproqning umumiy fizik hossalari va ularning ahamiyati




    Download 0.63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/4
    Sana13.05.2023
    Hajmi0.63 Mb.
    #59153
    1   2   3   4
    Bog'liq
    5-мавзу. Tuproqning umumiy fizik hossalari va ularning ahamiyati
    1-tema, 2 5318916060898925226, 3-amaliy mashg\'ulot, 11 laboratoriya ishi Mavzu ue ulanish sxemasidagi btni statik , pul va banklar fanidan sillabus, article-1
    Tuproqning g’ovakligi. 
    Tabiiy joylashuvi buzilmagan tuproq bo‘shliqlarning umumiy xajmiy 
    yig’indisiga tuproq g’ovakligi deyiladi. Tuproqning g’ovakligi uning solishtirma 
    og’irligi (CO) bilan xajm og’irligiga (HO) bog’liq. Ularning o‘zgarishi g’ovaklikda 
    o‘z ifodasini topadi.
    Kovaklik (K) tuproqning umumiy hajmiga nisbatan % bilan ifodalanib, 
    tuproq zichligi (d) hamda qaniq fazasi zichligiga (d) ko‘ra quyidagi formula 
    bilan hisobIab chiqariladi:


    Tuproqning 
    g’ovakligi 
    uning 
    muhim 
    xususiyatlaridan 
    biridir. 
    G’ovakliklarning mavjudligi aeratsiya va suv harakatiga ijobiy ta’sir etadi. 
    Strukturali bo‘lakchalarni kubsimon holatda joylashtirilganda ular g’ovak 
    joylashgan bo‘lib, nazariy hisob - kitoblarga qaraganda bo‘lakchalar orasidagi 
    g’ovaklik umumiy tizimining 47,6 % ini tashkil etadi. Xulosa qilib aytganda, 
    tuproqda qanchalik bo‘lakchalar ko‘p bo‘lsa, ular shunchalik g’ovak joylashadi va 
    aksincha, strukturasiz tuproqlarda esa mexanik elementlar, qanday shaklda 
    joylashishiga qaramay ular zich bo‘ladi va natijada umumiy g’ovaklik keskin 
    pasayadi.
    24-jadval 
    Tuproq kovakligini baholash (N.A.Kachinskiy bo‘yicha) 
    Vegatatsiya davrida 
    qumoq va soz 
    tuproqlar uchun 
    umumiy kovaklik, % 
    Kovaklikning sifat 
    bahosi 
    Vegetatsiya davrida 
    qumoq 
    va 
    soz 
    tuproqlar 
    uchun 
    umumiy kovaklik, % 
    Kovaklikning sifat 
    bahosi 
    >70 
    Tuproq 
    qavargan 
    bo‘lib, 
    kovaklik 
    nihoyatda yuqori
    <50 
    Haydalma 
    qatlam 
    uchun qoniqrsiz 
    65-55 
    Madaniy 
    haydalma 
    qatlam 
    uchun, 
    kovaklok a’lo 
    40-25 
    Illuvial 
    gorizont 
    uchun 
    xarakterli 
    bo‘lib, 
    kovaklik 
    nihoyatda past 
    Tuproq g’ovakliklarining shakli va diametri har xil bo‘lishi mumkin. Tuproq 
    zarrachalari va bo‘laklari o‘rtasidagi kovaklarning katta - kichikligi, shakli hamda 
    soniga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
    Mayda kovakli tuproqlar, kovaklarning diametri 1 mm dan kichikroq bo‘ladi 
    (lyosslar); 
    Kovakli tuproqlar, kovaklarning diametri 1-3 mm gacha (bo‘z tuproqlar, 
    strukturali bo‘laklardagi kovaklar); 


    G’alvirak tuproqlarda diametri 3 mm dan 5 mm gacha bo‘lgan kovaklar 
    uchraydi; 
    Teshikli tuproqlar bunday tuproqlardagi bo‘shliqlarning diametri 5 mm dan 
    10 mm gacha bo‘ladi; 
    Serkovak tuproqlar, bunday tuproqdagi bo‘shliqlar diametri 5 mm dan 10 mm 
    gacha bo‘ladi; 
    Naysimon kovakli tuproqlar, bunday tuproqlarda yer qazuvchi yirik 
    jonivorlarning inlari bo‘ladi. 
    Agarda tuproq yuzasida yoriqlar mavjud bo‘lsa, ular katta-kichikligiga qarab 
    quyidagilarga bo‘linadi: 
    Kichik yoriqli tuproqlar, bunday tuproqlarda yoriqlarning eni 3 mm dan 
    kichikroq bo‘ladi; 
    Darz ketgan tuproqlar, bunday tuproqlardagi yoriqlarning eni 3 mm dan 10 
    mm gacha bo‘ladi; 
    Yoriq (tirqishli) tuproqlar, bunday tuproqdagi yoriqlarning eni 10 mm dan 
    ortiq bo‘ladi. 
    Shunday qilib, tuproqning kovakligi muhim morfologik belgi bo‘lib xizmat 
    qiladi. U tuproqda yashayotgan butun tirik organizmlarni havo, oziqa moddalari va 
    suv bilan ta’minlaydi. Keyingi yillarda tuproq g’ovakligini o‘rganish maqsadida 
    takomillashgan maxsus mikroskoplar ishlatilmoqda va g’ovaklikni tabaqalashga 
    kirishildi. 

    Download 0.63 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0.63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tuproqning umumiy fizik hossalari va ularning ahamiyati

    Download 0.63 Mb.
    Pdf ko'rish