Turg’unlik mezonlari




Download 0.66 Mb.
bet1/7
Sana08.11.2022
Hajmi0.66 Mb.
#29536
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1653893397, 5амал.вариант, COCA COLA, Документ Microsoft Word, quyosh mavzulari, CTI INVEST KITOBIDAN SIZ UCHUN FOYDALIY MALUMOTLAR (1), ba22016c-b251-4826-afd9-4ee2d3a26ecd(1), Buxoro Arki, ArizaPIIMA (9)

5-. TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNI BO’YLAMA

TURG’UNLIK MEZONLARI


Qishloq xo‘jalik yuklarini tashish hajmini ko’p qismini g’ildirakli va zanjir tasmali traktorlar yordamida amalga oshiriladi. G’ildirakli traktorlarni yillik foydalanish ishlarini taqsimlanishi shuni ko’rsatadiki, umumiy ish vaqtini 50% dan ortig’i transport ishlarini bajarishga sarflanadi.
Traktorlarni transport va dala ishlarida foydalanish, ularni turli past va balandlik yerlarda ag’darilmay turg’un xarakatlana olish xususiyatiga bog’liq.
Traktor va avtomobillarni turg’unligi ularni bo’ylama va ko’ndalang nishablarda ag’darilmay ishlay olish xususiyati bilan tasniflanadi. Traktor va avtomobillarni ag’darilmasdan turaoladigan eng katta (so’ngi) balandlik yoki pastlik burchagini chegaraviy statik balandlik yoki pastlik burchagi deb atab αlim harf bilan belgilanadi. Mashinani bu holatlarda turganligida ta’sir qiluvchi tashqi kuchlar sxemasi keltirilgan.
Agar g’ildirakli traktorni bo’ylama tekislikda old g’ildiraklari traktor og’irligidan to’liq yuksizlangan bo’lib ularga yer tomonidan ta’sir qiluvchi reaksiya kuchi UpO bo’lsa traktor ag’darilib ketadi. Bunda traktorni barcha og’irlik yuklamasi orqa g’ildiraklar tomonidan qabul qilinadi va ularga yer tomonidan ta’sir qiluvchi reaksiya kuchi Uk=Gcosαlim bo’ladi.
Og’irlik kuchini yerga paralel yo’nalgan tashkil etuvchisi Gsinαlim ta’sirida traktor g’ildiraklari pastlikka yumalab ketmoqchi bo’ladi. Bu holat bo’lmasligi uchun traktorni orqa g’ildiraklariga Rt tormoz kuchi ta’sir qiladi.
Traktorni pastlikka xarakatlanib ketmasligiga orqa g’ildiraklarni yumalashiga qarshilik qiluvchi moment Mfk ham yo’l qo’ymaslikka harakat qiladi, ammo ta’siri o’ta kam bo’lganligi sababli undan voz kechiladi.
Bo’ylama balandlik va pastlikdagi statik turg’unlik mezonlari faqat ag’darilganda emas, balki sirpanish natijasida ham aniqlanishi mumkin, chunki bunda berilgan sharoitda shartli tormoz kuchi Rt nishabli tekislikda mashinani ushlab turishga yetarli bo’lmaydi.


Download 0.66 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 0.66 Mb.