• Mavzuning dolzarbligi va asoslanishi.
  • Turg'unov Baxtiyor Husanboy o’g’lining




    Download 466.36 Kb.
    bet1/13
    Sana04.06.2022
    Hajmi466.36 Kb.
    #22887
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Turg\'unov. Baxtiyor L
    toksikologiya, obshieuslovie uzb, Òzbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlarning yangi bosqichlari., portal.guldu.uz-YaRIMO’TKAZGIChLI FOTOELEMENTLARDAN MUQOBIL ENERGIYa MANBALARI SIFATIDA FOYDALANISh, 1-amaliy ish oat Optik tola, Mikroto‘lqin qurilmalar, 70135-pedagogika, 75393, 1691661085 (1), Statik va Dinamik marshrutlash-kompy.info, Statik va Dinamik marshrutlash-kompy.info, Mamashukurov Shahboz, Қоралама шартнома, m

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
    Biologiya fakulteti. Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi
    Biotexnologiya yo’nalishi I-kurs magistri

    Turg'unov Baxtiyor Husanboy o’g’lining
    Limon o'simligini in vitro sharoitida mikroklonal ko’paytirishda fitogarmonlarning ta'siri mavzusida tayyorlagan


    KURS ISHI

    Qabul qildi: b.f.d, vb.prof Q.T.Normurodova

    Toshkent-2022

    Mundarija:
    Kirish…………………………………………………….
    I.Bob.
    I.1.Limon o'simligini mikroklonal ko'paytirishda fitogarmonlarning ta'sir mehanizimi...
    II.Bob. O’simliklarni mikroklonal ko’paytirish………….
    II.1. O’simliklarni mikroklonal ko’paytirishning ahamiyati va uning bosqichlari va uslublari.….
    II.2. Ozuqa muhitining turlari va ularni tayyorlash usullari………………………..
    II.3. Fitogarmonlar va ularning turlari…
    Xulosalar………………………………………………….
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati……………………….

    Kirish
    Mavzuning dolzarbligi va asoslanishi. Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy islohotlarning barchasi xalqimizning shon-shuhrati, mavqei, turmush tarzi, salomatligini yanada yaxshilashga qaratilgan. Ayniqsa insonlarni salomatligi hamda ertangi kun davomchilari bo’lgan yosh avlodning turmush tarziga katta e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda dunyo aholisi sonining ortishi, o’z navbatida dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini yanada oshirmoqda, shu bilan bir vaqtda kishi organizmining barcha zarur moddalarga bo’lgan ehtiyojining to’liq ta’minlanishi ham faqat yetarli miqdorda oziqlanishga bog’liq bo’lmasdan, balki oziq-ovqatning xilma-xilligi ozuqabop o’simliklar hisobiga boyitishni taqozo etadi. Tabiat ne’matlari tarkibida jo bo’lgan har bir moddaning o’ziga xos organizm uchun foydali, shifobaxsh tomonlari bo’ladi. O’simlik xom-ashyolaridan tayyorlangan dori-darmonlarga bo’lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda. Darhaqiqat shunday ekan, bu talabni to’liq qondirish uchun o’simlik boyliklaridan to’g’ri va oqilona foydalanishga, ulardan ko’proq dori-darmon tayyorlashga e’tibor berish kerak. Mamlakatimizda ham mahalliy o’simlikshunoslikni rivojlantirish sohasida ko’pgina ilmiy va amaliy ishlar bajarilmoqda. Bugungi kunda mevali bogʼlarni intensiv asosga oʼtkazish yerga qisqarib boruvchi resurs sifatida qaralayotgan butun dunyo hamjamiyati tomonidan yuqori baholanmoqda. Intensiv tipdagi limon bogʼlarini barpo qilish dunyoning koʼpgina mamlakatlarida bugungi kunda muhim vazifalardan biriga aylangan. Oʼsimlik toʼqima kul’turasi va oʼsimliklarni mikroklonal usulda koʼpaytirish texnologiyalari soʼnggi oʼn yilliklarda ishlab chiqarishda tezkorlik bilan va faol rivojlanmoqda. Oʼtsimon oʼsimliklarga qaraganda daraxtsimon (yogʼochli) oʼsimliklarni mikroklonal koʼpaytirish texnologiyalari oʼta orqada. Bunga sabab, voyaga yetgan daraxt eksplantatlaridan foydalanilganda, mikroklonal novdalarni hosil qilish uchun ularni kul’turaga kiritishda qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. O'zbekiston florasida glikozid va mineral moddalarilari manbai sifatida gilos turkumiga mansub o'simliklar hizmat qiladi, ularning kimyoviy tarkibi va farmakologik hususiyatlarini aniqlash, mahalliy hom ashyolar asosida dori vositalari yaratish imkonini berib «Bog’dorchilik tarmog’ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 noyabrdagi PF-5229-son tadbirlari to'g’risida» va 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g’risida» Farmonlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertasiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.



    Download 466.36 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 466.36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turg'unov Baxtiyor Husanboy o’g’lining

    Download 466.36 Kb.