Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi




Download 67.93 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.11.2022
Hajmi67.93 Kb.
#31118
Bog'liq
Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi - Vikipediya
003 jahon tarixi SOVET DAVLATINING PARCHALANISHI VA SOVET RESPUBLIKALARIDA, Ishlab chiqarishni tashkil etish - Vikipediya, gmurman, 05-1391 18.03.2022, Doc3, Sinf rahbar papkasi hujjatlari, file (1), 8AMALIY-ISH, Answer key, 5682, 3-Mavzu, O\'zbek tilining imlo qoidalari-fayllar.org, F.O\'roqov qo\'llanma, 4-kun Modal verbs test


Qidir
Turkiston Avtonom
Sovet Sotsialistik
Respublikasi
Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi (TASSR) — Turkiston oʻlkasida sovet
tuzumi oʻrnatilgandan keyin bolsheviklar tomonidan tuzilgan va RSFSR ga kirgan avtonom
respublika (1918—24). Maydoni 1.324.994 kv. versta. Aholisi 5 mln.dan ziyod kishi (1922).
Poytaxti — Toshkent sh.
Turkiston oʻlka sovetlarining 5-sʼyezdi (1918-yil 20 aprel—1 may)da 30 aprel kuni Rossiya
Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi (qisqachaTCP) degan nom bilan tashkil
topdi. Sʼyezdsa oliy organlar: Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi (Turkiston MI
K) va Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti (Turkiston XKS) tuzilgan. TCP maʼmuriy
jixatdan Fargʻona, Samarqand, Sirdaryo, Yettisuv, Zakaspiy, keyinchalik Amudaryo (Turkman)
viloyatlariga boʻlingan. Respublika hududi BXSR, XXSR, Qozogʻiston ASSR, Afgʻoniston, Eron,
Xitoy davlatlari bilan chegaradosh boʻlgan. Turkiston Respublikasi Sovetlarining favqulodda 6-
syezdida RSFSR Konstitutsiyasi andozasida TCP Konstitutsiyasi qabul qilingan. 9sʼyezdda
yangi Konstitutsiya qabul qilinib, TSRning nomi Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
(TSSR) deb oʻzgartirildi.
Respublika siyosiy hayotida Turkiston Kommunistik partiyasi — TKP (1918-yil iyunda
Toshkentda tuzilgan) mugʻim rol oʻynagan. Hokimiyatning oliy qonun chiqaruvchi organi
TSSR MIK hisoblangan. Ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organ TSSR XKS sanalgan. Birok,


amalda hokimiyat RSFSR ning Toshkentdagi favqulodda organlari: Turkiston Komissiyasi,
RKP(b) MK Turkiston byurosi (Turkbyuro), keyinchalik RKP (b) MK Oʻrta Osiyo byurosi
(Sredazbyuro), Turkiston fronti qoʻlida boʻlgan. Soʻngra mahalliy hokimiyat RSFSRning turli
komissarliklariga boʻysundirilgan. 1920-yilgacha mahalliy millat vakillari respublika oliy
rahbariyati tarkibiga kiritilmagan. Keyinchalik T.Risqulov, N.Toʻraqulov, Q.Otaboyev,
A.Rahimboyev, I.Xidiraliyev, R.Islomov, N.Aytoqov TSSR rahbarlari boʻlishgan.
1918-yil bahorda sovet hokimiyati tomonidan TSSRda sanoatning yetakchi tarmoqlari (paxta
tozalash, yogʻmoy i. ch., koʻnchilik va boshqalar) hamda banklar musodara qilindi. Transport
yoʻli davlat tasarrufiga oʻtkazildi. Oziq-ovqat taqsimoti (prodrazvyorstka) natijasida dehqonlar
qoʻlidagi oziq-ovqat mahsulotlari tortib olindi. 1921-yildan oziq-ovqat soligʻi (prodnalog) joriy
qilinib, yetishtirilgan hosilning katta qismi sovet organlariga majburiy topshirtirilgan.
Hunarmandlar, savdogarlar va tadbirkorlardan ham katta miqsorda soliq olingan. Sovet
rejimining xalqqa qarshi siyosatidan norozi boʻlgan milliy kuchlar qoʻlga qurol olib, qizil
armiyaga qarshi kurashganlar.
.TSSR iqtisodiyotiga harbiy xarakatlar katta zarar keltirgan. Kx izdan chiqib, ogʻir ahvolga
tushib qolgan. Ekin maydonlari qisqarib, 1915-yildagi 3 mln. desyatinadan 1921-yilda 1,7 mln.
desyatinaga tushib qolgan. Chorva mollarining soni 24 mln. boshdan 8 mln. boshgacha
kamaygan. Respublika sanoati ham vayron boʻlgan edi. 1921-yilda yangi iqtisodiy siyosat
(NEP)ga oʻtilgan, mavjud korxonalarni qayta tiklash bilan bir qatorda yangi korxonalar gʻam
qurilgan. Biroq Turkiston sanoatida davlat sektori asosiy oʻrinni egallagan.
TSSRda madaniyat ziddiyatli tarzda rivojlangan. Bir tomondan, yangi hokimiyat sovet
maktablari, gaz. va jurnallar, madaniymaʼrifiy shoxobchalari (klublar, madaniyat uylari, qizil
choyxonalar) tashkil qilishga alohida eʼtibor qaratib, mahalliy aholi ongiga kommunizm
gʻoyalarini singdirishga harakat qilgan. Ikkinchi tomondan, milliy ziyolilar (Fitrat, Choʻlpon,
Abdulla Qodiriy, Munavvarkori va boshqalar) milliy manfaatlarni ximoya qilib, sovet hokimiyati
bilan murosa qilgan holda xalqqa maʼrifat tarqatish bilan ham shugʻullanganlar. 1918-yil 12
mayda Oʻrta Osiyodagi dastlabki oliy oʻquv yurti — Musulmon xalq dorilfununi (qarang
Oʻzbekiston milliy universiteti
)ga asos solingan.
1920-yil avgustda TSSRning Yettisuv viloyati, Sirdaryo va Zakaspiy viloyatlarining bir qismi
yangi tashkil qilingan Qozogʻiston ASSR (RSFSR tarkibida; 1936-yildan Qozogʻiston SSR)
tarkibiga kiritilgan. 1924-yil noyabr oyining oxirida Oʻrta Osiyoda oʻtkazilgan milliyhududiy
chegaralanish natijasida TSSR tugatilib, uning hududi yangi tuzilgan Oʻzbekiston SSR,
Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (Oʻzbekiston SSR tarkibida; 1929-yildan Tojikiston SSR),
shuningdek, K°raqirgʻiz (Qirgʻiziston) muxtor viloyati (RSFSR tarkibida; Qirgʻiziston SSR),
Qoraqalpoq muxtor viloyati (Qozogʻiston ASSR tarkibida; keyinchalik Qoraqalpogʻiston ASSR,
1936-yildan Oʻzbekiston SSR tarkibida) tarkibiga kiritildi.


Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000;
Rajabov K,., Haydarov M., Turkiston tarixi (19171924-yil), T., 2002; Oʻzbekiston davlatchiligi
tarixi ocherklari, T., 2001.
Qahramon Rajabov, Ordali Qoniratboyev.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Turkiston
_Avtonom_Sovet_Sotsialistik_Respublikasi&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz
mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Turkiston_Avtonom_Sovet_So
tsialistik_Respublikasi&oldid=28
61062
" dan olindi 
Adabiyot


 
Soʻnggi tahrir 2 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi

Download 67.93 Kb.




Download 67.93 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi

Download 67.93 Kb.
Pdf ko'rish