Turkmaniston davlati va tojikiston respublikasi umumiy ta`rif reja




Download 69.5 Kb.
bet4/8
Sana01.08.2021
Hajmi69.5 Kb.
#16608
1   2   3   4   5   6   7   8
Xo’jaligi

Respublika xalq xo’jaligida yoqilgi energetika majmuasi, yengil sanoat va agrosanoat majmuasi tarmoqlari katta ahamiyatga ega, Yokilri energetika kompleks i, Neft asosan Kaspiy bo’yidagi konlardan neft kuvurlari orkali Turkmanboshiga (sobiq Krasnovodsk) keltiriladi. Keltirilgan neftning bir qismi dengiz yo’li orqali eksportga jo’natilsa, bir qismi mahalliy neftni qayta ishlash zavodlarida qayta ishlanadi. Zavoddan chiqqan mazut va yo’ldosh gaz mahalliy IESlarda yoqilgi sifatida ishlatiladi. Neft mahsulotlariningt bir qismi yana eksportga ketadi. Chorjo’y yaqinidagi Seydi (sobiq Neftezavodsk) shahrida 80—yillardan beri yirik neftni qayta ishlash zavodi ishlab turibdi.

Gaz deyarli barcha viloyatlarda bir necha o’nlab konlardan qazib olinadi. (Toshovuzdan boshqa). Gazning asosiy qismi O’rta Osiyo -Markaz magistral gaz quvurlari orqali eksport qilinadi. Bir qismi esa IESlarida yonilІi sifatida ishlatiladi. Masalan: Mariy GRESi. Bundan tashqari Mari shahrida tabiiy gaz asosida azotli o’g`itlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Neft va gaz konlari asosida respublikada neft—gaz—ximiya energiya ishlab chiqarish sikli shakllangan. Lekin neft va gazning asosiy qismi eksportga ketganligi sababli energiya ishlab chiqarish siklining boshlanІich qismi yaxshi rivojlangan. Bu yerda yuqori texnologiyaga ega bo’lgan plastmassa ishlab chiqarish va polimerlar ximiyasi kam rivojlangan.

Respublikada ximiyaviy xom ashyolarni — mirobilit, yod, brom, oltingugurt qazib olish hamda superfosfat zavodi asosida tor—ximiya energiya ishlab chiqarish sikli rivojlandi. Gaurdak oltingugurti Chorjo’y ximiya kombinatiga keltiriladi va bu yerda superfosfat va oltingugurt kislotasi ishlab chiqariladi.

Turkmaniston respublikasida metallurgiya sanoati (kora va rangli) deyarli rivojlanmagan. Mashinasozlik sanoati kam taraqqiy etgan. Bor mashinasozlik korxonalarida ham asosan neft va neft sanoati uchun (AshІabatdagi neft mashinasozligi, Mariy mashinasozlik zavodi) hamda oziq—ovqat sanoati uchun mashina va dastgohlar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari elektrotexnika mashinasozligi (AshІabad) hamda maishiy xizmat ko’rsatish mashinasozligi (gaz plitalari ishlab chiqarish), metalni qayta ishlash, hamda qishloq xo’jalik texnikalariga xizmat ko’rsatish korxonalari ishlab turibdi. To’qimachilik sanoati deyarli barcha viloyatlarda yaxshi rivojlangan (Turkmanboshidan tashqari). Turkmaniston respublikasi paxta yetishtirish bo’yicha Markaziy Osiyoda O’zbekistondan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Respublikada 1 mln. tonna paxta hosili olinadi. Paxta tolasining bir qismi respublikada qayta ishlanadi, qolgani xorijiy mamlakatlarga eksport qilinadi. Chorjo’ydan janubda asosan ingichka tolali paxta ekiladi. Shuningdek, respublikada ipak qurti boqish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Bundan tashqari tabiiy jun asosida to’qimachilik na tikuvchilik korxonalari ishlab turibdi. Turkmaniston respublikasi to’qimachilik sanoatida gilam to’qish yaxshi rivojlangan. Turkman gilamlari jahon bozorida katta obro’ga egadir. To’qimachilik va gilam to’kish markazlari AshІabad, Mari, Chorjo’y, Nebitdor hisoblanadi.

Oziq—ovqat sanoati mahalliy xom ashyo asosida ishlaydi va paxta moyi hamda turli (go’sht, baliq, sabzavot) konservalar ishlab chiqariladi. KopetdoІ etaklaridagi vohalarda bog`lar, uzumzorlar, sabzavot va poliz ekinlari yetishtiriladi. Bular asosan mahalliy ahamiyatga egadir.

Mamlakatdan tashqariga ko’proq poliz ekinlari, jumladan, qovun eksport qilinadi.



Download 69.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 69.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turkmaniston davlati va tojikiston respublikasi umumiy ta`rif reja

Download 69.5 Kb.