• Tayanch so`zlar.
  • Turkmaniston davlati va tojikiston respublikasi umumiy ta`rif reja




    Download 69.5 Kb.
    bet8/8
    Sana01.08.2021
    Hajmi69.5 Kb.
    #16608
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Iqtisodiy geografik rayonlari

    Uncha katta bo’lmagan Respublika hududida 8 ta iktisodiy rayon ajratiladi, bular o’z navbatida uchta iqtisodiy eonaga birlashtiriladi: Janubiy-g`arbiy Tojikiston, Shimoliy Tojikiston va Janubiy-sharqiy Tojikiston.

    1. Janubi-g`arbiy Tojikiston. Respublika hududining 37%ni, aholisining 66% ini tashkil etadi. Aholi zichligi 1km. kv ga 40 kishi to’Іri keladi. hisor va Vaxsh vodiylari asosiy paxta yetishtiriladigan yerlar hisoblanadi. Bu yerda asosan ingichka tolali paxta, uzumchilik va boІdorchilik, shuningdek yeryonІoq, sitrus mevalari yetishtiriladi.

    Yaylovlarda Qorako’l qo’ylari boqiladi. Asosiy sanoat markazi Dushanbe shahri (584 ming kishi)— mamlakat poytaxtidir. Bu yerda. yirik qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari (to’qimachilik kombinati, go’sht kombinati) hamda to’qimachilik mashinasozligi yaxshi rivojlangan. Bu yerda Janubiy Tojikiston TICHKsi tashkil topgan, uning tarkibida Norak GESi hamda Tursunzoda alyumin zavodi, Vaxsh azotli o’g`itlar ishlab chiqarish zavodi, Yavon elektroximiya zavodlari bor.Qo’rІontepa va Kulob shaharlari oziq— ovqat sanoati markazlari hisoblanadi,Qo’rІontepada transformator zavodi ishlab turibdi.

    2. Shimoliy Tojikiston. Respublika hududining 19% ni, aholisining 31% ni tashkil etadi. Aholi zichligi 1km. kv. ga 57 kishi to’Іri keladi. Shimoliy Tojikiston qishloq xo’jaligi rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Dehqonchilik suІoriladigan yerlarda ham rivojlangan.

    Bundan tashqari Tog` kon sanoati yaxshi rivojlangan. Bu rayonda rangli metallar, ko’mir (Sho’rob) hamda mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan neft (Nefteobod) qazib olinadi. Rayonning yirik sanoat markazi Xo’jand shahri bo’lib—bu yerda shoyi to’qish (to’liq siklli), paxta tozalash, konserva zavodi, go’sht kombinati, hamda gilam to’qish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Rangli metall konlarining yaqinligi asosida ruda boyitish kombinati ishga tushirilgan. Bundan tashqari boshqa shaharlaridan Isfara (konserva va elektromexanika zavodi), Konibodom (paxta tozalash, yoІ—moy ishlab chiqarish) Moxrom (Tojikselmash) va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Rayon xo’jaligini rivojlaitirishdaQayroqum GES ining ahamiyati kattadir (126 ming kvt) Xo’jand yaqinidagi Chkalovskda uran qazib olish va boyitish yo’lga qo’yilgan.

    Z. Janubiy sharqiy Tojikiston (Tog`li Badaxshon avtanom oblasti), Respublika hududining 44% ini, aholisining esa atiga 3% ini tashkil etadi. Mintaqa asosan sharqiy Pomirni o’z ichiga oladi. Markaziy Osiyodagi eng baland va aholisi eng kam mintaqa hisoblanadi. Rayon uchun Tog` yaylov chorvachiligi xosdir. Bu yerda asosan qo’toslar boqiladi. Rayonningg`arbida uncha katta bo’lmagan hududlarda dehqonchilik bilan shuІullanishadi. Asosan, buІdoy, tariq, no’xat yetishtiriladi. Aholisining ko’pchiligi Pomir tojiklari vaQirІizlaridir. Asosiy markazi Xorog shahri. Bu yerda MDU professori I.V.Shukin tomonidan asos solingan botanika boІi bor. Rayon gidroenergiya resurslariga boy.

    Tayanch so`zlar.

    Geografik o`rni, tabiiy sharoit, tabiat, aholisi, aholisining kelib chiqishi, aholi soni, aholisi joylashishi. Xo`jaligi, xalq xo`jaligi tatmoqlari, sanoati, tog`-kon sanoati, undiruvchi, qayta ishlovchi.Qishloq xo`jaligi, paxtachilik, dehqonchilik, bog`dorchilik, chorvachilik, qo`ychilik, qoramolchilik. Tashqi iqtisodiy aloqalar, ichki rayonlar, iqtisodiy rayonlari.




    Aim.uz



    Download 69.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 69.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turkmaniston davlati va tojikiston respublikasi umumiy ta`rif reja

    Download 69.5 Kb.