Turopereyting




Download 490,94 Kb.
bet96/123
Sana30.01.2024
Hajmi490,94 Kb.
#148296
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   123
Bog'liq
Turopereyting-fayllar.org

Kontragentlik tarmog‘i. Turoperatorlarning xorijga turistik yo‘llanmalarni sotishda vositachilardan (subagentlardan) foydalanish mijozlarni jalb qilishning eng tarqalgan va samarali usullari hisoblanadi. Turoperator va turagent hamkorligi ikkala tomonga ham sezilarli foyda keltiradi. Quyidagilar turoperatorga keng va tarmoqli turagentlik tizimiga ega bo‘lishni ta’minlaydi:
turistik safarlar sotish hajmini ko‘paytirish;
yangi bozorlarga, shu jumladan, chiqish turizmining mahalliy bozorlariga chiqish;
personal ta’minaminlash uchun, binolarni ijaraga olish va ularni jihozlash uchun qilinadigan harajatlarni kamaytirish.
Turoperatorning turagent bilan hamkorligi, albatta, agentlik bitimi shakliga ega bo‘lgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Unda quyidagi asosiy shartlar kelishib olinadi:
agent o‘z zimmasiga oladigan sotish hajmi. Ko‘p hollarda agent mijozlardan talabnomalar tushganda va bo‘sh joylar mavjud bo‘lganda turoperator katalogi bo‘yicha turlarni joriy bron qilish va sotish huquqini oladi. Ba’zida kelishilgan shartlar asosida agent zimmasiga oladigan sotish joylarining qat’iy kvotasi belgilanishi mumkin;
turning turoperator reklama qilayotgan narxidan yuqori bo‘lmasligi lozim bo‘lgan narx;
turoperator va turagent orasidagi hisob-kitoblar tartibi va muddatlari;
turagentning komission mukofoti miqdori. Komissionlarni olish tartibi. U har bir sotilgan tur uchun kelishilgan foiz yoki belgilangan summa ko‘rinishida belgilanishi mumkin. Odatda, turagent faolligini rag‘batlantirish maqsadida rejadagidan oshiqcha sotilgan turlar uchun bonus yoki komission ajratmalar foizlarining oshishi ko‘rinishiga ega bo‘lgan mukofot to‘lovlarini joriy qilishi mumkin. Ko‘pincha, turoperatorlar o‘z turagentlarini o‘z turlaridan biriga bepul turistik yo‘llanma bilan ham rag‘batlantiradilar;
mijozlar talabnomalarini rasmiylashtirish shakli, tartibi va sotib olingan turlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish;
sotiladigan turlar reklamasida turagent va turoperator qatnashishining xossalari;
oldindan to‘lov amalga oshirilgan turning mijoz tomonidan rad etilishida bekor qilish, yo‘nalishni o‘zgartirish tartibi, o‘z vaqtida qilinmagan annulyasiya uchun sanksiyalar xarakteri;
agentlik bitimida turoperator va turagentning bir-biri oldida va mijoz oldidagi javobgarliklari masalalari muhim ahamiyatga ega.

Download 490,94 Kb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   123




Download 490,94 Kb.