• Tilingga ehtiyot bo`l. Rost yo`lda yengiltaklik qilma. Motrudiy
  • -Mavzu:“Onati tili – qalb ko‘zgusi (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan)




    Download 10.05 Mb.
    bet12/39
    Sana14.10.2022
    Hajmi10.05 Mb.
    #27212
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
    Bog'liq
    10-sinf-Tarbiyaviy-soat-konspekt (1)
    MAHMUDOVA MADINA0, O`KTAMOV ELMUROD, DADABOYEV AZIMJON, Ma\'lumotlar tuzilmasi deadline, Diskret tuzilmasi deadline, 613-22 guruh talabasi Musayev Izzatillo Ma\'lumotlar Tuzilmasi va Algoritmlar
    8-Mavzu:“Onati tili – qalb ko‘zgusi (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan).
    Kun shiori: Til shirinligi – ko`ngilga yoqimli, yumshoqligi foydali.
    Chunki til achchiqlikka aylansa, zarari umumiy bo`lur”
    Alisher Navoiy
    Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`z ona tiliga bo`lgan hurmatlarini oshirish, ona tilining obro`sini ko`tarishni ular ongiga singdirish.
    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
    Doskada: Tilingga ehtiyot bo`l.
    Rost yo`lda yengiltaklik qilma.
    Motrudiy
    O`qituvchi:
    O`z ona tilini bilmagan odam o`zining shajarasini, o`zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo`q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi, deb juda to`g`ri aytishadi.
    Lekin ona tilimizni bilish yo`lidagi intilishlarimizni, harakatlarimizni rus tiliga qarama-qarshi qo`yish, rusiyzabon birodarlarimiz bilan aloqani buzish mutlaqo noto`g`ri bo`lur edi. Bir-birimiz bilan ahil va do`st bo`lib yashayotgan bir paytlarda xalqlarni bir-biriga qarama-qarshi qo`yib, ular orasiga nifoq solishga urinishlar yaxshilikka olib kelmaydi.
    Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat’i nazar, o`z ona tilini hurmat qiladi. O`zbeklar o`zbek tilini hurmat qilsa, tojiklar tokik tilini, qozoqlar qozoq tilini, aytaylik, boshqa millat vakili, katta yo kichik bo`lishiga qaramay, o`z ona tilini hurmat qiladi.
    (O`zbekiston SSR Oliy Sovetining o`n birinchi sessiyasida so`zlangan nutqdan 1989 yil 25 oktabr)
    Agar 1897 yilda mamlakatimiz hududida 70 millat va elat vakillari yashagan bo`lsa, 1926 yilda ularning soni 91 taga, 1959 yilda 113 taga, 1979 yilda esa 123 taga yetdi. Hozirgi kunga kelib, ularning soni 130 dan ziyod bo`lib, O`zbekiston aholisi tarkibidagi ulushi 20 foizni tashkil etadi.
    O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institute tomonidan o`tkazilgan so`rovnoma natijalari tahlil qilinganda, boshqa millat vakillari, ya’ni slavyan diasporasi (ruslar, ukrainlar, beloruslar) ning – 38,6 foizi, Volgabo`yi xalqlarining (tatarlar, boshqirdlar, chuvashlar) ning – 72,5 foizi, Markaziy Osiyo xalqlari (qozoqlar, tojiklar, qirg`izlar, turkmanlar) ning – 78,2 foizi O`zbekistonni o`zlarining ona Vatani deb hisoblaydilar. Bu boshqa millat vakillarining O`zbekistonni o`z ona yurtidek e’zozlashi hamda uning tiliga bo`lgan munosabat hurmat va ehtirom darajasiga ko`tarilganligidan dalolat beradi.
    Hozirgi paytda ko`pmillatli respublikamizda 27 millat vakillari tomonidan tuzilgan 150 ga yaqin milliy madaniy markaz Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan “Turkiston- umumiy uyimiz” g`oyasi asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 14 ta milliy-madaniy markaz respublika maqomiga ega.

    Download 10.05 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




    Download 10.05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu:“Onati tili – qalb ko‘zgusi (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan)

    Download 10.05 Mb.