|
Tuzuvchilar: Maxmudov A. M
|
bet | 10/11 | Sana | 18.09.2023 | Hajmi | 425.19 Kb. | | #82585 |
Bog'liq Карьер механик ускуналари амалий 1-amaliy algebraAmaliy mashg’ulot №8.
Mavzu: Ekskavatorlarning ish unumdorligini hisoblash.
Nazariy tushunchalar
Ekskavator ish jarayoniga va uning unumdorligiga quyidagi asosiy omillar ta`sir ko’rsatadi:
1. Tog’ jinsining struktura holati, fizik-mexanik xossalari va kon geologik sharoiti bilan belgilanadigan qazish bo’yicha qiyinchilik ko’rsatkichi bo’yicha kategoriyasi. Misol uchun nam tuproqsimon tog’ jinslarini qazishda, ular cho’michga yopishib qoladi va undagi foydali hajm kamayadi va yopishgan tog’ jinslari tushishi qiyinligi sababli ekskavator qazish sikli davomiyligi cho’ziladi. Sifatsiz portlatilgan qoyasimon tog’ jinslari va qish sharoitida yomon maydalangan muzlagan grunt ham ekskavator cho’michi to’lishi koeffitsientini kamayishiga olib keladi;
2. Ekskavator texnik parametrlari, holati va konstruktiv - ishlab chiqarish ishonchliligi;
3. Mashinist kvalifikatsiyasi;
4. Ekskavator ish joyining pog’ona balandligi, transport vositasining yuklashga kelishi sharoiti va yoritilganlik bilan belgilanadigan sifat ko’rsatkichi;
5. Transport vositalarining yetarli darajadagi soni, yo’llar texnik holati, o’z vaqtida yo’qilgi, energiya, ehtiyot qismlar va hokazolar bilan ta`minlanganlik, hamda sifatli texnik xizmat va ta`mirlash ishlari bajarilganligi va boshqalar bilan belgilanadigan ishni tashkil etish.
Ekskavatorlarda nazariy, texnik va ekspluatatsion ish unumdorligi kuzatiladi.
Ekskavator nazariy unumdorligi Qn (m3/soat) uning sof ish vaqtida bajargan ish hajmi va miqdori bilan belgilanadi va quyidagi formula bilan aniqlanadi.
, m3/soat (8.1)
bu yerda: E – cho’mich sig’imi, m3; Ko’p cho’michli ekskavatorlar texnik tavsifida uning nazariy unumdorligi keltirilgan bo’ladi yoki ish bajaruvchi uskunalardagi barcha cho’michlar sig’imi litrda beriladi.
nz - bir minutda yuklanadigan chumichlar soni, min-1.
Bir cho’michli ekskavatorlar texnik tavsifida nazariy sikl davomiyligi tts berilgan bo’lib, nz - qiymati quyidagi ifoda bilan hisoblanadi.
, (8.2)
Sikl davomiyligi ko’pincha 900 ga burilish uchun berilgan bo’lib, burilish burchagi farq qilgan holatlarda sikl davomiyligi spravochnik manbalarda keltirilgan korrektirovka koeffitsientiga ko’paytiriladi Ky.
Ekskavatorning yuklash
uchun burilish burchagi 450 600 750 900 1200 1500 1800
Ky 1,26 1,16 1,07 1 0,88 0,79 0,71
Ekskavatorning texnik unumdorligi, uning ishlatilish sharoitlariga mos ravishda, to’xtatilishi zarur bulgan vaqt inobatga olingan holda kuyidagi formula bilan aniqlanadi, Qtеx (m3/soat)
, m3/soat (8.3)
Bu yerda: Kn va Kr - mos ravishda chumichning to’lishi va unda tog’ jinslarining qo’shimcha maydalanishi koeffitsientlari Kn=0,8-1,1 va Kr=1,1-1,5;
Kek=Kn/Kr - ekskavatsiya koeffitsienti.
tp - ekskavatorning bir joyda turib yoki ish bajaruvchi a`zoning bitta yo’nalishda tuxtovsiz ishlashi davomiyligi;
tp - bir chumichli ekskavatorlar uchun ish joyini bitta surilishi yoki ko’p chumichli ekskavatorlar uchun ish bajaruvchi a`zoning harakati yo’nalishini o’zgartirishi uchun ketgan vaqt;
Ekskavator unumdorligi vaqt birligida qo’shimcha ravishda texnik va tashkiliy sabablarga ko’ra to’xtashlarga ketgan vaqt inobatga olib aniqlanadi QE (m3/smena)
, m3/smеna (8.4)
bu yerda: Ts - smena davomiyligi, soat;
KV - ekskavatorning vaqt davomida ishlatilishi koeffitsienti.
Ishlab chiqarish amaliyotidan kelib chiqib ekskavatorning transport vositalari bilan birgalikda ishlash sharoitidan KV ning quyidagi qiymatlari tavsiya etiladi:
Avtotransportga yuklaganda - KV=0.5-0.6;
Temir yo’l vagonlariga yuklaganda KV=0.55-0.7 ;
Konveyerga yuklaganda yoki ag’darmaga to’kganda KV=0.75-0.85
Topshiriq 8. Ekskavatorlarning ish unumdorligini hisoblash. 8-jadval qiymatlaridan foydalanib aniqlansin.
8-jadval
№
|
Ekskavator tipi
|
Cho’mich sig’imi, m3
|
Transport turi
|
1
|
EVG - 15/40
|
15
|
Avtotransport
|
2
|
EVG-35/65M
|
35
|
Konv/transporti
|
3
|
EVG-100/70
|
90
|
TY/transporti
|
4
|
EKG-4,6B
|
4,6
|
Avtotransport
|
5
|
EKG-5
|
5,6
|
Avtotransport
|
6
|
EKG-8I
|
8
|
TY/transporti
|
7
|
EG-12
|
12
|
Konv/transporti
|
8
|
EKG-12,5
|
12,5
|
TY/transporti
|
9
|
EKG-6,3U
|
6,3
|
Konv/transporti
|
10
|
EKG-20
|
20
|
Avtotransport
|
|
| |