Amaliy mashg’ulot №9.
Mavzu: Buldozerning ish unumdorligini hisoblash.
Nazariy tushunchalar
Buldozer unumdorligi ko’p jihatdan uning ishiga bog’liq. Buldozer ekspluatatsion unumdorligi Qe (m3/smena) quyidagi formula orqali topiladi:
a) tog’ jinsini kesish va ko’chirishda
, (m3/smena) (9.1)
bu yerda: VV – prizma shakldagi uyimni haqiqiy hajmi, m3;
, m3 (9.2)
KV=0,85-0,9 – buldozerni vaqtdan foydalanish koeffitsenti;
Kukl – yo’l qiyaligini hisobga oluvchi koeffitsienti (1-2,25 yo’qoriga qiya 0 dan 15 gacha ‰, 1-0,4 pastga qiya 0 dan 15 ‰ gacha);
αP=(1-βlp) - yo’l uzunligi bo’yicha ko’chirish jarayonida, tog’ jinsini yo’qotilishini hisobga oluvchi koeffitsient lp (β=0,008-0,04);
TTS – Sikl davomiyligi, s.
, (9.3)
bu yerda: lk va lkuch – buldozerni yo’li uzunligi mos ravshda kesish va kuchirishga tengdir (6-10 m) , m;
vp, vp i vo – Buldozer tezligi mos ravshda quyidagilarga bo’linadi, tog’ jinsini kesishda (0,4-0,5 m/s), kuchirishda (0,9-1,1 m/s) va yuksiz qaytishda(1,1-2,2 m/s);
tc, to i tpov – mos ravshda uzatmalarni qo’shish ( 5 s ga yaqin ), ag’darmani bo’shatish (1,5-2,5 s), burilish va qayrilish uchun ketgan vaqt (10 s);
b) yer tekislash ishlarida
, (9.4)
bu yerda: L –tekislanadigan maydon uzunligi, m;
b – bir marta o’tishda qatlam eni, m;
a=0,3÷0,5 – Keyingi o’tishda qoplanadigan o’tilgan yo’lakchaning eni bir qismi, m;
z=1÷2 bir joyda o’tiladigan yo’laklar soni;
v=0,8÷1,8 –ishchi tezlik, m/s
tp=8÷12 – Har bir o’tishda burilish uchun sarf bo’ladigan vaqt.
Topshiriq 9. Buldozer unumdorligini hisoblash. 9-topshiriqni bajarish uchun variantlar 9-jadvalda berilgan.
9-jadval
№
|
Buldozer turi
|
Tog’ jinsini ko’chirish masofasi, m
|
Tekislanadigan maydon uzunligi, m
|
1
|
DZ-17
|
35
|
50
|
2
|
DZ-54
|
45
|
55
|
3
|
DZ-25
|
75
|
75
|
4
|
DZ-34S
|
100
|
80
|
5
|
DZ-28
|
40
|
60
|
6
|
DZ-51
|
85
|
65
|
7
|
DZ-60
|
125
|
45
|
8
|
DZ-64
|
135
|
50
|
9
|
DZ-71
|
15
|
25
|
10
|
DZ-37
|
20
|
30
|
Amaliy mashg’ulot №10.
Mavzu: Skreper mashinasining ish unumdorligini hisoblash.
Nazariy tushunchalar
Skreper – qazuvchi tashuvchi mashina bo’lib, tog’ jinsini massivdan qatlam qilib qo’porish, qamrab olish, tashish, qazilgan tog’ jinsini qatlam qilib bo’shatish mashinasidir.
Skreperning texnik unumdorligi Qtеx (m3/s) quyidagi formula orqali aniqlanadi.
, m3/s (10.1)
bu yerda:
Е –cho’michning geometrik hajmi, m3;
Kn va Kr – tog’ jinsini cho’michda to’lalik va qo’shimcha maydalanish koeffitsienti (Kt=0,6-1,25) ;
Ts – sikl davomiyligi, s.
, s (10.2)
bu yerda:
l1, l2, l3, l4 – skreper yo’lini uzunligi mos ravshda cho’mich to’lish masofasi, tashish masofasi, tukish va yuksiz qaytish masofasi, m;
v1, v2, v3, v4 – skreper harakatining o’rtacha tezligi mos ravshda cho’mich to’lish vaqtidagi, yukli, tukish, yuksiz qaytish vaqtidagi tezliklaridir, km/s;
tr i tm – mos ravshda skreperning manyovr va burilishga ketgan vaqt sarfi.
Skreper cho’michi to’lish masofasi.
, m (10.3)
bu yerda:
KP=1,2-1,5 – yon valiklardan tog’ jinsini yo’qotilish koeffitsienti;
V – cho’mich eni, m;
ts – qrindini o’rtacha qalinligi, m.
Skreper cho’michi to’lishi elevator tezligi vts, (m/s). bilan bog’liq va u quyidagi formula orqali aniqlanadi.
, s (10.4)
bu yerda:
Bc va hc – mos ravshda kurak eni va balandligi, m;
φs=0,8-0,9 – kuraklararo masofani to’ldirish koeffitsienti;
Ks=0,5-0,75 – elevator qiyalik burchagini hisobga oluvchi koeffitsent;
Topshiriq 10. Skreper unumdorligini hisoblash. 10-topshiriqni bajarish uchun variantlar 10-jadvalda berilgan.
10-jadval
№
|
Skreper turi
|
Skreper cho’michi hajmi, m3
|
Tashish masofasi, m
|
Yuklash masofasi, m
|
1
|
DZ-77
|
9
|
300
|
35
|
2
|
DZ-149,5
|
9
|
450
|
35
|
3
|
DZ-79
|
15
|
500
|
55
|
4
|
DZ-87-1
|
4,5
|
550
|
20
|
5
|
DZ-74
|
8
|
600
|
30
|
6
|
DZ-11P
|
8
|
1000
|
30
|
7
|
DZ-13B
|
15
|
1500
|
55
|
8
|
DZ-155
|
20
|
2000
|
70
|
9
|
DZ-107-1
|
25
|
2500
|
85
|
10
|
DZ-77
|
9
|
350
|
35
|
Amaliy mashg’ulot №11.
Mavzu: Osma maydalagich va bir cho’michli frontal yuklash mashinasining ish unumdorligini hisoblash.
Nazariy tushunchalar
Osma maydalagich. Maydalagich qo’llanilgan hollarda tekis va biroz qiya holda o’tish kerak, chunki burilishning burchagi qancha katta bo’lsa maydalagichni shuncha yumshatish ko’rsatgichi ya’ni unumdorligi kamayadi. Qayishqoq va qattiq jinslarda va yumshatishga qiyin bo’lgan jinslarda, jinsni yumshatish uchun, bir joyda 2 marta va undan ortiq o`tish kerak.
Maydalagichning nazariy unumdorlik Qn.u (m3\soat)topish formulasi:
, (11.1)
bu еrda, vp – maydalagichning hisobli harakat tezligi, km/soat; B- ko`ndalang (egallangan) qatlam, buzuvchi bitta va bir necha tishlar, m; hp- o`rtacha maydalash chuqurligi, m; Z- bitta joydan o`tish soni.
Maydalagichning bitta tishining ko`ndalang egallashi:
, (11.2)
bu еrda, Kp =(0,85÷0,9) – qoplash koeffitsiеnti; b- tishning eni, m; Ѱ= 15÷60° - qazilmaning burchak skolasi, gradus (katta birlik yumshoq qazilmalar uchun); t va n3 – qadamning uzunligi (m) va tishlar soni.
Bir cho’michli frontal yuklash mashinasi. Bir cho’michli frontal yuklash mashinasida yuklash va bo`shatish ishlarida texnik unumdorlikni Qtex (t/soat) quyidagi formula orqali topish mumkin:
, (11.3)
bu еrda, γ- qazilmaning zichligi, t/m3; Kn – cho’michning to`lish koeffitsienti; lk- cho’michning chuqurligi, m; S1 va S2 – mos oraliq masofa mashinani joylashtirganda cho’michni yuklashi va shtabeldan qaytishi uchun, m; vp va vx- cho’michning shtabelga kirishdagi va chiqishdagi mos tezligi, km/soat; Dk- gidrotsilindrning diametri cho’michning burulishidagi, sm; Pt- nasosning nazariy uzatishi, l/minut; ηob – hajm FIK; hx va h gidrotsilindr shtoklarining qadami, sm; Kz ≥ 2 – cho’michning to`lishidagi astalashish koeffitsiеnti; t0 - transportning manyovr vaqti, (chelnokli usulda 5-6 sekund, burulishda nolga teng); tn- gidrotaqsimlagich uzatmasi o`tish vaqti, sekund.
Topshiriq 11. Osma maydalagich va bir cho’michli frontal yuklash mashinasining ish unumdorligini hisoblash. 11-topshiriqni bajarish uchun variantlar 11-jadvalda berilgan.
11-jadval
№
|
Osma maydalagich turi
|
Bir cho’michli frontal yuklash mashinasi turi
|
Tog' jinsi qattiqlik koeffisienti
|
1
|
DP-26S
|
KAT 992S
|
4
|
2
|
DP-22S
|
KAT988B
|
5
|
3
|
DP-9VXL
|
Komatsu WA-500-1
|
3
|
4
|
DP-10S
|
Komatsu WA-600-1
|
4
|
5
|
DP-29AXL
|
Komatsu WA-700-1
|
5
|
6
|
DX-141XL
|
Komatsu WA-800-2
|
5
|
7
|
DP-35UXL
|
TO-10A
|
4
|
8
|
DZ-126
|
TO-24A
|
3
|
9
|
DZ-94S
|
PK-12.02K
|
3
|
10
|
DZ-117
|
TO-21-1
|
4
|
Amaliy mashg’ulot №12.
Mavzu: Gidromexanizatsiya vositalarining ish unumdorligini hisoblash.
Nazariy tushunchalar
Ma’lum bir hajmdagi tog’ jinsini buzish va ko’chirish uchun kerak bo’ladigan suvning hajmi, suvning solishtirma srafi deb ataladi.
Tog’ jinsida gidromonitorning bir soatlik unumdorligi Qp (m3/soat) quyidagi formula orqali aniqlanadi
, (12.1)
bu yerda Qv – gidromonitorning suv bo’yicha unumdorligi, m3/soat; q – suvning solishtirma sarfi, yani 1 m3 tog’ jinsini yuvishga ketgan suvning sarfi, m3/m3.
Tog’ jinsida gidromonitorning o’rtacha smenadagi unumdorligi quyidagicha aniqlanadi
, (12.2)
bu yerda – t - smenadagi ish soati, soat; Kv=0,67÷0,9 – vaqt davomida uskunani ishlash darajasini ko’rsatuvchi koeffisient.
Nasosning unumdorligi Qv (m3/soat), gidromonitorning suv bo’yicha unumdorligi bo’yicha aniqlanadi, yani bu nasos xizmat ko’rsatayotgan gidromonitorlarning suv bo’yicha unumdorligiga bog’liq
, (12.3)
Gidromonitor uchun zarur bo’ladigan nasosning bosimi Hv (Pa) quyidagi tenglik asosida aniqlanadi
, (12.4)
bu yerda hg – suvning geometrik ko’tarilish balandligi, m; hv – suvso’rishning geometrik balandligi, m; hm – gidromonitorning nasadkasi oldidagi bosimi, m; ηi, ηm, ηv, ηg – bosimning quvurdagi mahalliy yo’qotilishlari tizzalarda, zadvijkalarda, sharnirlarda, klapanlarda, kompensatorlarda, so’ruvchi quvurda va gidromonitorda, m.
Yer so’ruvchi snaryadning Qz (m3/soat) gidroqorishmadagi (pulpadagi) unumdorligi quyidagi formula orqali aniqlanadi
, (12.5)
bu yerda m – tog’ jinsining g’ovakliligi (qumtoshlar uchun – 0,36, loy tuproq uchun – 0,4).
Yer so’ruvchi snaryad uchun zarur bo’ladigan nasosning bosimi Hv (Pa) quyidagi tenglik asosida aniqlanadi
, (12.6)
Topshiriq 12. Gidromexanizatsiya vositalarining ish unumdorligini hisoblash. 12-topshiriqni bajarish uchun variantlar 12-jadvalda berilgan.
12-jadval
№
|
Gidromonitor turi
|
Yer so’ruvchi snaryad turi
|
Smena davomiyligi, t soat
|
1
|
GMN-250S
|
180-60
|
8
|
2
|
GMD-250
|
200-50BR
|
8
|
3
|
GMDu-250
|
300-4AI
|
8
|
4
|
GMESHD-300
|
300-50 TM
|
8
|
5
|
GMSSHD-500
|
300-40 UP
|
8
|
6
|
GMN-250S
|
500-60 ML
|
12
|
7
|
GMD-250
|
180-60
|
12
|
8
|
GMDu-250
|
200-50BR
|
12
|
9
|
GMESHD-300
|
300-4AI
|
12
|
10
|
GMSSHD-500
|
300-50 TM
|
12
|
Adabiyotlar ro’yxati:
1. Poderni R.Yu. Mexanicheskoe oborudovanie karьerov: Uchebnik. M.: MGGU, 2003-2005-2007 -606 s.
2. Poderni R.Yu. Gornie mashini i kompleksi. M.; Izdatelstvo MGGU, 2001g. 1-2 tom-630 s.
3. Yaltanets I.M., Shadov M.I. Praktikum po otkritim gornim rabotam. Ucheb.posobie. M.: MGTU, 2003.-510 s.
4. V.A.Britaryev, V.F.Zamishlyayev Gorniye mashini I kompleksi. Ucheb. posobie. M.: Nedra, 1984.- 288 s.
5. Rjevskiy V.V. Otkritiye gornie raboti. I-II chasti. M.: Nedra, 1985. – 509 s.
6. Trubeskoy K.N. I dr. Spravochnik. Otkritie gornie raboti. M.: Gornoe byuro, 1994. – 590 s.
Mundarija
Amaliy mashg’ulot №1.
Zarbli va aylanma zarbli harakatli burg’ilash mashinalarining ish jarayoni nazariyasini hisoblash. ........................................................................................... 4
Amaliy mashg’ulot №2.
SHaroshkali dolotali aylanma burg’ilash mashinalari ish jarayoni nazariyasini hisoblash. ................................................................................................................. 8
Amaliy mashg’ulot №3.
Kesuvchi dolotali aylanma burg’ilash mashinalari ish jarayoni nazariyasi. .......... 11
Amaliy mashg’ulot №4.
Burg`ilash usuli, mashinasi va stanogi turini tanlash. ………………………… 13
Amaliy mashg’ulot №5.
Aylanma-zarbli, zarbli-aylanma, sharoshkali aylanma va aylanma kesuvchi dolotali burgilish usulida ishlaydigan mashinalarning texnik burg`ilash tezligini hisoblash. ………………………………………………………………………………… 15
Amaliy mashg’ulot №6.
Burg’ilash mashinalarining ish unumdorligini hisoblash ……………………… 18
Amaliy mashg’ulot №7.
Qazuvchi-yuklovchi mashinalarni tanlash. …………………………………… 19
Amaliy mashg’ulot №8.
Ekskavatorlarning ish unumdorligini hisoblash. ……………………………… 22
Amaliy mashg’ulot №9.
Buldozerning ish unumdorligini hisoblash. …………………………………… 24
Amaliy mashg’ulot №10.
Skreper mashinasining ish unumdorligini hisoblash. ………………………… 25
Amaliy mashg’ulot №11.
Osma maydalagich va bir cho’michli frontal yuklash mashinasining ish unumdorligini hisoblash. ……………………………………………………… 26
Amaliy mashg’ulot №12.
Gidromexanizatsiya vositalarining ish unumdorligini hisoblash. ……………… 28
Adabiyotlar ro’yxati ……………………………………………………………. 28
|