|
Tuzuvchilar: Maxmudov A. M
|
bet | 6/11 | Sana | 18.09.2023 | Hajmi | 425.19 Kb. | | #82585 |
Bog'liq Карьер механик ускуналари амалий 1-amaliy algebraAmaliy mashg’ulot №4.
Mavzu: Burg`ilash usuli , mashinasi va stanogi turini tanlash.
Nazariy tushunchalar
Burg’ilash qurilmasi tanlanishi dolota turiga, kovjoyga ta’sir qilish usuli va tezligiga, skvajina diametri va chuqurligiga bog’liq.
Burg`ilash uskunasini tanlashning asosiy parametrlaridan biri tog` jinslarini burg`ilanuvchanlik ko`rsatkichidir va u V.V Rjevskiyning emperik formulasi orqali topiladi.
Pb= 0,07(σsj + σsd) + 0,7γ, (4.1)
bu yerda: σsj - 34-450 MPa σsd -0,01-75 MN/m2 – tog’ jinslarining siqilishga va siljishga mustahkamligi chegaraviy qiymatlari.
Ishlab chiqarish amaliyoti ko’rsatkichlaridan kelib chiqib, sharoshkali burg’ilash stanoklari texnik burg’ilash tezligining o’rtacha qiymatlari tog’ jinslarining M.M. Protodyakonov shkalasi bo’yicha qattiqlik koeffitsienti f ga bog’liq bo’ladi va quyidagi miqdorlarni tashkil etadi: f=6-16 bo’lsa - D1=0,2 m, nv=160-80 min-1 va Ros=0,12-0,22 MN bo’lganda vb.t=0,34-0,13 m/min, tashkil etadi; D1=0,25 m, nv=81 min-1 va Ros=0,18-0,3 MN bo’lganda vb.t= 0,32-0,1 m/min , tashkil etadi ; f=6-20 bo’lsa, D1=0,32 m, nv=80 min-1 va Ros=0,45-0,55 MN bo’lganda, vb.t=0,29-0,15 m/min ni tashkil etadi.
Tog` jinslarini burg`ilanuvchanlik ko`rsatkichi mexanik burg`ilash usulida 5 ta sinfga bo`linadi:
I sinf –yingil burg`ilanuvchanlik (Pb= 1÷5); II-sinf o`rta burg`ilanuvchanlik (Pb= 5,1÷10); III sinf – qiyin burg`ilanuvchanlik (Pb= 10,1÷15); IV sinf –o`rta qiyin burg`ilanuvchanlik (Pb= 15,1÷20); V sinf –uta qiyin burg`ilanuvchanlik (Pb= 20,1÷25);tog` jinslarini ko`rsatkichlari Pb> 25 bo`lganda kategoriyadan tashqari xisoblanadi.
Burg’ilash stanoklarini tanlashning ikkinchi asosiy ko’rsatkichi bu skvajina diametrini D (m), tanlashdan iboratdir. Skvajina diametrini aniqlash formulasi:
D = K ∙ Lk(m), (4.2)
bu yerda:
K=0.156- tog’jinslarini katta bo’laklarini hisobga oluvchi imperik koefitsentdir.
Lk–tog’ jinsi bulagining maksimal o’lchami. U to’rtta usul bo’yicha aniqlab topiladi:
- ruxsat etiladigan tog’ jinsi bo’lagining maksimal o’lchami, qazuvchi-yuklovchi mashina cho’michining geometrik ko’rsatkichlariga bog’liq holda quyidagi tengsizlik orqali topiladi:
, m (4.3)
bu yerda:
Ek - 4÷30 m3 –yuklovchi mashina cho’michining hajmi;
-ruxsat etiladigan tog’ jinsi bo’lagining maksimal o’lchami, tashuvchi vosita kuzovining hajmiga bog’liq holda quyidagi tengsizlik orqali topiladi:
, m (4.4)
bu yerda:
Ekuz – tashuvchi vosita kuzovining sig’imi m3;
- ruxsat etiladigan tog’ jinsi bo’lagining maksimal o’lchami,kanveyer uskunasining yuk tashuvchi elementi, qabul qilish qobilyatiga bog’liq holda quyidagi tengsizlik orqali topiladi:
, m (4.5)
bu yerda:
BS –kanveyer lentasining eni, m;
- ruxsat etiladigan tog’ jinsi bo’lagining maksimal o’lchami, qayta ishlash korxonasida maydalash-saralash kompleksi va maydalash uskunasi bunkerining qabul qilish tuynigiga bog’liq holda quyidagi tengsizlik orqali topiladi:
, m (4.6)
bu yerda:
Vd–bunkerni qabul qilish eni, m.
Skvajina diametrini aniqlash uchun tog’ jinsi bo’lagining maksimal o’lchami yuqoridagi tengsizliklardan eng kichigi tanlab olinadi.
Burg`ilash uskunasini tanlash kon korxonasining burg`ilash ishlarining yillik hajmi va ish joyining texnologik parametrlari hisobga olinadi.
Topshiriq 4. Burg`ilash usuli , mashinasi va stanogi turini tanlash. 4 – jadval qiymatlaridan foydalanilsin.
Jadval 4.
№
|
Ekskavator turi
|
Transport vositasini turi
|
Transport vositasining yuk tashuvchi elementi o’lchami
|
Tog’ jinsining qattiqlik koeffisienti
|
1
|
EKG-4,6B
|
A/samosval
|
21 m3
|
8
|
2
|
EKG-5A
|
Temir yo’l
|
30 m3
|
10
|
3
|
EKG-8I
|
Konveyer
|
1,8 m
|
12
|
4
|
EKG-10
|
Maydalagich dastgohli konveyer
|
2 m
|
14
|
5
|
EKG-12,5
|
Konveyer
|
2 m
|
16
|
6
|
EKG-15
|
A/samosval
|
60 m3
|
18
|
7
|
EKG-20
|
Konveyer
|
2,2 m
|
10
|
8
|
Hitachi EX-1200
|
A/samosval
|
26 m3
|
14
|
9
|
Hitachi EX-3600
|
A/samosval
|
65 3
|
16
|
10
|
Comatsu PC5500
|
Temir yo’l
|
40 m3
|
8
|
|
| |