|
Tuzuvchilar: Maxmudov A. M
|
bet | 7/11 | Sana | 18.09.2023 | Hajmi | 425.19 Kb. | | #82585 |
Bog'liq Карьер механик ускуналари амалий 1-amaliy algebraAmaliy mashg’ulot №5.
Mavzu: Aylanma-zarbli, zarbli-aylanma, sharoshkali aylanma va aylanma kesuvchi dolotali burgilish usulida ishlaydigan mashinalarning texnik burg`ilash tezligini hisoblash.
Nazariy tushunchalar
Aylanma-zarbli va zarbli-aylanma burg`ilash stanoklari uchun burg’ilash tezligi quyida keltirilgan formula asosida aniqlanadi.
, m/soat (5.1)
bu yerda:
Z-bir minutdagi zarblar soni
A-bitta zarbga ajralgan energiya miqdori, N·m
K1- burg’ilanuvchanlik ko’rsatkichiga bog`liq koeffitsient Pb ( Pb=10-14 K1=1; Pb=15-17 K1=1,05; Pb=18-25 K1=1,1)
KF-burg`ilash karonkasi shakliga bog`liqlik koeffitsient (uch peroli koronkalar KF=1, krest va x ko’rinishidagi koronkalar uchun KF=1,1)
Pnevmozarbli, zarbli – aylanma burg'ilash turida dolotaning aylanish chastotasi shunday tanlash kerakki, lezviyaning burilish va zarb berishi orasida tog' jinsini maydalash xarakteriga ega bo'lishi kerak. Burilish burchagining optimal qiymatlari tajriba usuli bilan aniqlanib 2-6o ni tashkil etadi. Burg'ilanadigan jinslarning qattiqligi ortishi bilan burilish burchagi kamayib boradi.
Dolotaning aylanish tezligi:
, (5.2)
bu yerda:
NU – pnevmozarbbergichning chastotasi, zarb/min;
– zarblar orasidagi dolotaning burilish burchagi, grad;
z – dolota lezviyalari soni.
Zarbli – aylanma burgilashda karonkaga ta'sir qiluvchi statistic kuchlanish pnevmozarbbergich turiga bog'liq holda qabul qilinadi. Uncha yuqori bo'lmagan o'q bo'yicha qo'yilgan zo'riqma natijasida koronka har bir zarb impulsida kovjoyga ortga qaytadi, bu esa burg'ilash tezligini kamaytiradi. O'q bo'yicha qo'yilgan yuqori zo'riqma natijasi kovjoy va koronka o'rtasida katta ishqalanish kuchi paydo bo'lib, aylanma harakatni uzatish qurilmasining energiya sarfini ko'paytiradi.
Aylanish chastotasi nv (min-1) va diametri D1 (m) sharoshkali dolotaga o’q bo’yicha bosim kuchi Ro.s (N) qo’yilganda skvajinani burg’ilash texnik tezligi vb.t (m/soat) quyidagi empirik bog’liqlikdan hisoblanishi mumkin
, m/soat (5.3)
bu yerda: Pb – tog’ jinslari burg’ilanuvchanlik ko’rsatkichi
bu yerda σsj - 34-450 MPa i σsd -0,01-75 MN/m2 – tog’ jinslarining siqilishga va siljishga mustahkamligi chegaraviy qiymatlari.
Ishlab chiqarish amaliyoti ko’rsatkichlaridan kelib chiqib, sharoshkali burg’ilash stanoklari texnik burg’ilash tezligining o’rtacha qiymatlari tog’ jinslarining M.M. Protodyakonov shkalasi bo’yicha qattiqlik koeffitsienti f ga bog’liq bo’ladi va quyidagi miqdorlarni tashkil etadi: f=6-16 bo’lsa - D1=0,2 m, nv=160-80 min-1 va Ros=0,12-0,22 MN bo’lganda vb.t=0,34-0,13 m/min, tashkil etadi; D1=0,25 m, nv=81 min-1 va Ros=0,18-0,3 MN bo’lganda vb.t= 0,32-0,1 m/min , tashkil etadi ; f=6-20 bo’lsa, D1=0,32 m, nv=80 min-1 va Ros=0,45-0,55 MN bo’lganda, vb.t=0,29-0,15 m/min ni tashkil etadi.
Kesuvchi dolotalarning aylanma harakat chastotasini hisobga olgan holda, nafaqat koronka bilan kovjoydagi tog' jinsining maydalanishining optimal jarayonlarini, balki skvajinadan burg'ilangan tog' jinsining shnek orqali olib chiqilish sharoitini ham ta'minlash zarur.
Shnekli burg`ilash stanoklari uchun burg’ilash tezligi quyida keltirilgan formula asosida aniqlanadi.
, m/soat (5.4)
Shnekli burg'ilash stanoklarining kritik burg'ilash chastotasi:
, (5.5)
bu yerda – shnek spiralining qiyalik burchagi, gradus;
f1 – shnekka tog' jinsining ishqalanish koeffitsiyenti;
R – shnek radiusi;
f2– tog' jinslariaro ishqalanish koeffitsiyenti.
Shnekning kerakli aylanish chastotasi kritik ko'rsatkichdan yuqori bo'lishi kerak.
Topshiriq 5. Aylanma-zarbli, zarbli-aylanma, sharoshkali aylanma va aylanma kesuvchi dolotali burgilish usulida ishlaydigan mashinalarning texnik burg`ilash tezligini hisoblash 5-jadval qiymatlaridan foydalanib aniqlansin.
5-jadval
№
|
Burg’ilash stanogi turi
|
Dolota diamеtri, D m
|
Burg’ilash stanogi turi
|
Dolota diamеtri, D m
|
Burg’ilash stanogi turi
|
Dolota diamеtri, D m
|
1
|
2SBU-100-32M
|
0,11
|
SBSH-200-32
|
0,215
|
SBR-100
|
0,105
|
2
|
SBU-100N-35
|
0,125
|
3SBSH-200/250-60
|
0,2
|
SBR-125
|
0.125
|
3
|
3SBU-100-32
|
0,85
|
6SBSH-200-32
|
0,244
|
2SBR-125-30
|
0,115
|
4
|
SBU-100-35
|
0,11
|
5SBSH-200-36
|
0,22
|
2SBR-125-30
|
0,125
|
5
|
SBU-100GA-50
|
130
|
SBSH-250MN
|
0,25
|
SBR-160A-24
|
0.16
|
6
|
SBU-125-24
|
0,125
|
SBSH-250MNA-32
|
0,269
|
SBR-160B-32
|
0,16
|
7
|
SBU-160-32
|
0,16
|
SBSH-160-48
|
0,169
|
SBR-100
|
0,1
|
8
|
SBU-200-32
|
0,19
|
SBSH-270IZ
|
0,27
|
SBR-125
|
0,125
|
9
|
SBU-200-32
|
0,21
|
SBSH-320
|
0,311
|
2SBR-125-30
|
0,125
|
10
|
SBU-125U-52
|
0,16
|
SBSH-320
|
0,35
|
SBR-160A-24
|
0.16
|
|
| |