|
Tuzuvchilar: Maxmudov A. M
|
bet | 8/11 | Sana | 18.09.2023 | Hajmi | 425.19 Kb. | | #82585 |
Bog'liq Карьер механик ускуналари амалий 1-amaliy algebraAmaliy mashg’ulot №6.
Mavzu: Burg’ilash mashinalarining ish unumdorligini hisoblash.
Nazariy tushunchalar
Zamonaviy burg’ilash stanoklari davriy (sikli) ishlaydigan mashina hisoblanib, u kon ishlarini olib borish texnologiyasi va burg’ilash stanoklarining konstrutiv tuzilishiga bog’liq. Smena davomida burg’ilash jarayonida vaqt asosiy burg’ilash ishlariga va juda ko’p sonli yordamchi operatsiyalarga sarflanadi.
Burg’ilash stanogi smenadagi unumdorligi Qb.s (m/smena) quyidagi formuladan hisoblanadi
, m/smena (6.1)
bu yerda: Ki – burg’ilash stanogini smena davomida ishlatilish koeffitsienti, ko’pincha Ki=0,5-0,8 qiymatlarda qabul qilinadi;
tb i tv – mos ravishda 1metr uzunlikdagi skvajinani sof burg’ilashga va yordamchi operatsiyalarni bajarishga sarflangan nisbiy vaqt, min/m;
vb.t – burg’ilash texnik tezligi, m/min.
Bundan tashkari burg’ilash stanogining smenadagi unumdorligini quyidagi formula bilan ham aniqlash mumkin
, m/smena (6.2)
bu yerda: Ts - smena davomiyligi, soat;
vb.t – burg’ilash texnik tezligi, m/soat.
O’z navbatida yordamchi operatsiyalarni bajarishga sarflangan nisbiy vaqt quyidagi ifodadan hisoblanishi mumkin:
, min/m (6.3)
bu yerda: t1 - stanok domkratlarini o’rnatish va bo’shatish hisobga olingan holda burg’ilash stanogini bir skvajinadan ikkinchisiga ko’chirish uchun sarflangan vaqt, o’rtacha t1 =0,38-1,44 min/m qabul qilinadi;
t2 – 1 metr skvajina uzunligiga to’g’ri keladigan, dolotani almashtirish uchun sarflanadigan vaqt, min/m;
t3 - vp (m/min) tezlik bilan burg’ilash snaryadini ko’tarib olish uchun sarflanadigan vaqt, min/m;
t4 - gidropatronni ushlatib turish uchun sarflanadigan vaqt, min/m; shpindelli aylantiruvchi-uzatuvchi sxema uchun t4=0;
t5 - burg’ilash snaryadini yig’ish va yechib tashlash uchun sarflanadigan vaqt, min/m;.
Formuladagi burg’ilash stanogini smena davomida ishlatilish koeffitsienti Ki ning qiymati ko’pincha 0,5 dan oshmaydi va ayrim smenalarda maksimal qiymati 0,8 gacha yetishi mumkin. Zamonaviy burg’ilash stanoklarida yordamchi operatsiyalarni bajarishga sarflangan nisbiy vaqt qiymati tv=2-3 min/m atrofida qabul qilinadi va mos ravishda burg’ilash stanogini smena davomida ishlatilish koeffitsienti Ki=0,75 dan oshmaydi, unumdorlik esa smenada 100-150 m/smenadan ko’p bo’lmaydi; agarda yordamchi operatsiyalarni bajarishga sarflangan nisbiy vaqt qiymati maksimal darajada, ya`ni tv=1 min bo’lsa ham unumdorlik 200-300 m/smenadan ortiq bo’lmaydi.
Topshiriq 6. Sharoshkali burg’ilash stanogining unumdorligini 6-jadval qiymatlaridan foydalanib aniqlansin.
6-jadval
№
|
Burg’ilash stanogi turi
|
Dolota diamеtri, D m
|
Smena davomiyligi, Ts soat
|
1
|
2SBU-100-32M
|
0,11
|
11,2
|
2
|
SBU-100N-35
|
0,125
|
11
|
3
|
3SBU-100-32
|
0,85
|
8
|
4
|
5SBSH-200-36
|
0,22
|
7,2
|
5
|
SBSH-250MN
|
0,25
|
11,2
|
6
|
SBSH-250MNA-32
|
0,269
|
11
|
7
|
SBR-100
|
0,1
|
8
|
8
|
SBR-125
|
0,125
|
7,2
|
9
|
2SBR-125-30
|
0,125
|
12
|
10
|
SBR-160A-24
|
0.16
|
11,2
|
|
| |