|
Tuzuvchilar: Maxmudov A. M
|
bet | 9/11 | Sana | 18.09.2023 | Hajmi | 425.19 Kb. | | #82585 |
Bog'liq Карьер механик ускуналари амалий 1-amaliy algebraAmaliy mashg’ulot №7.
Mavzu: Qazuvchi-yuklovchi mashinalarni tanlash.
Nazariy tushunchalar
Qazuvchi-yuklovchi mashinalarni tanlash quyidagicha shartlar asosida amalga oshiriladi:
- V.V.Rjevskiyning tog’ jinslarini qazib olish qiyinligi ko’rsatkichi va qazishga solishtirma qarshiligining emperik formulalari orqali aniqlanadi.
Pr = 0,05Ktr (σsj + σsd + σrast) + 0,5γ, (7.1)
bu yerda Ktr – 0,05÷1,0 – tog’ jinsi massivining darzdorlik koeffisienti;
σsj = 34÷450, σsd = 0,01÷75, σrast = 0÷43 – tog’ jinsining siqilishga, siljishga va cho’zilishga bo’lgan mustahkamlik chegarasi, MN/m2;
γ – tog’ jinsi zichligi, t/m3.
Barcha tog’ jinslari mexanik tarzda buzilganda, buzishning qiyinligi bo’yicha beshta sinfga bo’linadi, ularning har biri esa beshta toifaga bo’linadi: I sinf – engil buziluvchi (Pr = 1÷5); II sinf – o’rta buziluvchi (Pr = 5,1÷10); III sinf – qiyin buziluvchi (Pr = 10,1÷15); IV sinf –juda qiyin buziluvchi (Pr = 15,1÷20); V sinf – o’ta qiyin buziluvchi (Pr = 20,1÷25); Pr > 25 yuqori bo’lgan tog’ jinslari toifadan tashqariga kiradi.
Draglaynlar va mexanik kuraklar qazishining solishtirma kuchlanishi quyidagi formula orqali aniqlanadi.
R = KF ∙ F, (7.2)
Kuchlar mutanosibligini hisobga oluvchi P (MN) qaziluchi qirindi maydoni F (m2) va tog’ jinsini qazishga qarshiligi koeffisienti KF (MPa).
Tog’ jinsini qazishga qarshiligini aniqlashda Cm va KF orasidagi korrelyasion bog’liqlik, hamda tog’ jinslarining fizik-mexanik va tizimli-mustahkamlik ko’rsatkichlari ishlatilishi mumkin.
Har hil turdagi tog’ jinslarini qazish qarshiligini aniqlash uchun quyida formulalar keltirilgan:
- argillit, alevrolit, qumtoshlar va ko’mirlar uchun
KF = (1,54Sm + 0,17) μe, (7.3)
bu yerda Cm – massivda tog’ jinsining mustahkamligi, MN/m2;
μe – cho’michning to’lishni farqini ko’zda tutuvchi koeffisient (Ek = 3÷5 m3).
- zichligi γ = 1,8÷2,5 t/m3, mustahkamligi Sm = 0,025÷0,05 MPa bo’lgan yumshoq, zich va kuchsiz yarim qoyatoshlar uchun
KF = 3Sm μe, (7.4)
- yarim qoyatoshlar va darzdor qoyatoshlar uchun mustahkamligi Cm = 0,085÷0,5 MPa bo’lganda
KF = (1,72Sm + 1) μe, (7.5)
- yarim qoyatoshlar va qoya toshlar, mustahkam ko’mir uchun mustahkamlik chegarasi σsj = 10÷90 MPa bo’lgan
KF = 0,018 σsj ∙ Kt ∙ μe, (7.6)
bu yerda Kt – tog’ jinsining darzdorlik koeffisienti.
- zichligi γ = 2,5÷4,5 t/m3 bo’lgan qoyatosh va og’ir madanli tog’ jinslari uchun
KF = (6,03 γ – 4,2)∙ Kt ∙ μe, (7.7)
Qazuvchi-yuklovchi mashinaning cho’michiga sig’adigan maksimal tog’ jinsining o’lchami lk quyidagicha aniqlanadi
, (7.8)
K1 – mutanosiblik koeffisienti, K1 = 0,7÷0,8 karyer kuraklari uchun, K1 = 0,75 draglaynlar uchun.
Qazuvchi-yuklovchi mashina turi transport turiga qarab aniqlangada, ularning kuzovi (yuk tashish elementi) sig’imi va cho’mich hajmi nisbati bilan belgilanadi, hamda tashish masofasiga bog’liq.
, (7.9)
Bu yerda nk – avtotransport kuzoviga yuklashlar soni,
Vkuz – avtotransport kuzovining hajmi, m3;
Еk – qazuvchi-yuklovchi mashina cho’michining hajmi, m3.
Tashish masofasi
|
lk
|
1-1,5 km
|
1,5-5 km
|
bolее 7 km
|
Cho’michlar soni
|
nk
|
3-4
|
6-10
|
8-12
|
Qazuvchi – yuklovchi mashinani tanlashning asosiy shartlaridan biri mashinaning texnik parametrlari va ish joyining texnologik parametrlari orasidagi bog’liqlikdir
; Ae = 1,5 (Rr + Rp), (7.10)
gdе Hu – pog’ona balandligi, m;
Hchеr – cho’michlash balandligi, m;
Rr i Rp – ekskavatorning cho’michlash va yuklash radiusi, m;
Ae – ekskavatorning ishlash kengligi, m;
Topshiriq 7. Qazuvchi-yuklovchi mashinalarni tanlash. 7-jadval qiymatlaridan foydalanib aniqlansin.
7-jadval
№
|
Tog’ jinsi qattiqlik koeffisienti
|
Transport vositasining kuzov hajmi, m3
|
Pog’ona balandligi, m
|
1
|
12
|
20
|
10
|
2
|
14
|
30
|
5
|
3
|
8
|
40
|
16
|
4
|
10
|
50
|
12
|
5
|
16
|
60
|
14
|
6
|
6
|
65
|
10
|
7
|
18
|
55
|
12
|
8
|
8
|
45
|
16
|
9
|
10
|
35
|
18
|
10
|
12
|
25
|
10
|
|
| |