Tyuring mashinalari




Download 157.68 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi157.68 Kb.
#42631
Bog'liq
2 MA\'RUZA. Tyuring mashinalari
Axloq-odobga oid hadis namunalari, Abdurauf Fitrat. Muxtasar Islom tarixi, 1 MA\'RUZA, 1-маъруза, 1- amaliy mashg’ulot mavzu tarmoqlanish va uzilishlarni tashkil

Tyuring mashinalari

1912-1954 yillar orasida yashab o‘tgan Alan Tyuring - o‘ta iste'dodli matematik va kriptograf. Chunki, o‘sha paytlarda Yevropada, xususan, Buyuk Britaniyada ham, hali axloqiy-ma'naviy tushunchalar ancha sog‘lom edi. Bir jinsli nikohlarga qonunan ruxsat berilgan bugungi Britaniyada bir paytlar buzuqi jinsiy tabiati uchun Alan Tyuringdek olimni ham ayab o‘tirishmaganiga ishonging kelmaydi. U Britaniya oldida ko‘rsatgan xizmatlari uchun Imperiya ordeniga sazovor bo‘lgan edi va o‘z davrining eng yetuk matematigi sanalardi. U ikkinchi jahon urushi yillarida nemis-fashistlarining shifrlangan kodli xat-xabar almashinish tizimini barbod qilgani, ya'ni, nemislarning xabarlarni shifrlab, maxfiylashtirish mashinasi - Enigmaning shifrini yechganligi bilan tarixga kirgan. Tyuring nemislarning kodlangan shifrlangan xabarlarini shifrdan yechib berar ekan, ittifoqchi qo‘shinlar gitlerchilarning har bir keyingi qadamlari haqida oldindan boxabar bo‘lib borishgan va natijada urushning borishidagi tashabbusni o‘z tomonlariga og‘dirib olishgan. Ya'ni, Tyuringning matematik iste'dodi g‘alabada ham muhim ahamiyat kasb etgan.
Tyuring o‘lgan paytda atiga 42 yoshda bo‘lgan va ekspertiza xulosalariga ko‘ra, sianid zahari bilan o‘z joniga qasd qilgan.
Fan tarixchilari Alan Tyuringni informatika faniga asos solgan olimlardan biri deb e'tirof etishadi. U 1936-yilda e'lon qilingan o‘zining "Yechim mavjudligini aniqlash masalalariga tadbiq qilinadigan hisoblab chiqariladigan sonlar haqida" deb nomlangan mashhur ilmiy maqolasida, yechish yo‘lini algoritm tarzida ifodalasa bo‘ladigan istalgan matematik masalani "Tyuring mashinalari" orqali yechish mumkinligini isbotlab bergan edi. Elektron hisoblash mashinalarining mantiqiy imkoniyatlari chegarasini tushunishda "Tyuring mashinalari" olimlarga yaqindan yordam beradi.
Alan Tyuring shuningdek "Tyuring testi" nomli sinov-tajriba amaliyoti muallifi hamdir. Ushbu test "sun'iy intellekt" masalalariga taalluqli bo‘lib, u "mashina fikrlay oladimi?" - qabilidagi savollarga javob izlashni ko‘zda tutadi. Tyuringning o‘zi, mashina oxir-oqibatda, bir kun kelib albatta testdan o‘tadi va natijada odam va mashina o‘rtasidagi dialog shu darajaga yetib keladiki, odamlar o‘shanda, mashina bilan gaplashayotganini farqlay olmay qolishadi deb ishongan. Ya'ni, mashina, o‘ziga yuklangan algoritmlar asosida, odam bilan muloqotni shunday darajada tabiiy olib bora olar emish...
1939-yilda Alan Tyuring nemislarning "Enigma" shifrlash mashinasi tomonidan generatsiyalanadigan xabarlar shifrini yechishga kirishgan. Uning chuqur matematik iste'dodi va mantiqiy fikrlash qobiliyati urush yillarida Britaniyaliklarga fashistlarning shifrlangan xabarlariga kalit topish va xabarlar mazmunini shifrdan yechish imkonini bergan. Natijada, Qirollik armiyasi qo‘mondonligi nemislarning har bir xatti-harakati haqida oldindan boxabar bo‘lib turgan. Bu esa Britaniyaga Shimoliy Atlantikada dengizdagi to‘liq hukmronlikni taqdim qilgan. Tyuringning "Enigma" shifrini yechishga qaratilgan elektromexanik mashinasining nomi "Bomba" bo‘lgan. "Bomba" - nemislarning har kuni o‘zgarib turadigan shifr kalit so‘zlarini aniq hisoblab chiqarib berib turgan.

Rasmda: Tyuring tomonidan yasalgan maxfiy shifrlarni yechishga mo‘ljallangan elektromexanik mashina - "Bomba". Aynan shu mashina vositasida Tyuring nemislarning maxfiy shifrlangan xat-xabarlarining mazmunini shifrdan yechib borgan.
Download 157.68 Kb.




Download 157.68 Kb.