@BIOLOGIYA_SEFR BIOLOGIYA_MILLIY_GURUH
────────────────────────────────────────────
1. U Sershox o'simlik. Agar tojbarglari 6 sm bo’lsa, kosachabarglari 3
sm bo’lishi ma’lum. Bu o'simlik haqida tog'ri fikrlarni belgilang.
1-bargi yumaloq; 2-gullari mayda 2-3,5 sm li kallakcha to’pgulda
joylashgan; 3-xalq tabobatida dori sifatida foydalaniladi; 4-iyun-iyul
oylarida gullaydi; 5-ilmiy tabobatda dori sifatida foydalaniladi; 6-
gullari yirik eni 8-9 sm; 7-bargi tuxumsimon;
A) 1,3 B) 2,3,7 C) 4,6 D) 1,5,6
2. No’xat bargining ustki va ostki po’st qavatidagi og’izchalarini
hosil qiluvchi hujayralardagi jami xromosomalar soni 980 ta bo’lib,
ostki va ustki barg og’izchalaridagi xromosomalarining nisbati 1:2,5
deb hisoblanganda ustki (a) va ostki (b) barg og’izchalari
sonini
aniqlang.
A) a-600; b-40 B) a-25; b-10 C) a-50; b-20 D) a-10; b-25
3. Quyida berilgan qon aylanish sxemasiga mos keluvchi
organizm(lar)ni aniqlang.
1-Qilquyruq 2-Kornuel 3-Korsak 4-Ugor 5-Triton 6-Gereford
7-Qizilto’sh 8-Baqa
A) 1, 3 B) 3, 6 C) 2, 7 D) 2, 6
4. To’g’ri ma’lumotni aniqlang
A) populyatiya darajasida tiriklikning bir butunligi ta’minlanadi
B) biogeotsenoz darajasi avtotrof, geterotrof organizmlarni o’z ichiga
oladi
C) serpusht nasl beradigan individlar yig’indisi-biogeotsenozlar
deyiladi
D) biosfera bosqichida quyosh nuri
energiyasining organik
moddalarda bog’lanishi kimyoviy energiyaga aylanishi boshlanadi
5. Komil shifoxonaga og'ir ahvolda keltirildi va u ko'p qon
yo'qotganligi tufayli qon quyish extiyoji tug'ildi. Uning oila a'zolari
tekshirilganda singlisining eritrotsitlarida agglutinogen A va B
borligi, akasining qon plazmasida esa faqat agglutinin β borligi sabab
akasi va singlisi donorlik qila olmasligi ma'lum bo'ldi
va nihoyat
otasining eritrotsitlarida agglutinogenlar yo'qligi sababli qon guruhi
mos keldi. Komilning qon guruhini aniqlang. (Komil otasiga donorlik
qila olmaydi)
A) I B) II C) III D) IV
6. Qandalalar erkagida xromosomalari odatda bittaga yetishmaydi.
Yadrosida faqat autosoma (I) va autosoma+X (II) xromosoma
bo‘lgan spermatozoidlar bilan normal tuxum hujayra urug'langanda
hosil bo‘lgan avlodlarning jinslarini aniqlang.
A) I♀; II♂ B) I♀; II♀ C) I♂; II♂ D) I♂; II♀
7. Muskul nomlarni ularning vazifasi va joylashishi bilan juftlang.
I-yelka suyagining oldingi tomonida
II-yelka suyagining orqa tomonida
III-sonning oldingi tomonida
IV-sonning orqa tomonida V-boldirning orqa yuzasida
1) 2 boshli; 2) 3 boshli; 3) 4 boshli
a) qo’lni
tirsakdan bukuvchi; b) qo’lni tirsakdan yozuvchi; v) oyoqni
chanoqdan
bukuvchi; g) oyoqni chanoqdan yozuvchi; e) oyoqni
tovondan bukuvchi;
A) I-a-1; II-b-2; III-v-3; IV-g-1; V-e-2
B) I-b-2; II-a-1; III-v-1; IV-g-2; V-e-1
C) I-v-1; II-b-2; III-a-3; IV-g-2; V-e-1
D) I-g-3; II-e-2; III-v-1; IV-a-1; V-b-3
8. Go’za navlarini viltga chidamli (a) va serhosil (b) va istiqbolli (c)
navlarga ajrating.
1) Buxoro-9; 2) Toshkent-1; 3) Omad; 4) Namangan-39; 5)
Toshkent-2; 6) Yulduz; 7) Buxoro-12; 8) Toshkent-3; 9) Samarqand-
3; 10) AN-402
A) a-2,5,8; b-10,9; c-7,4,3,1,6 B) a-2,5,8; b-10,8,6; c-7,4,3,1
C) a-2,5,8; b-10,9,6,1; c-7,4,3 D) a-2,5,8; b-10,9,6; c-7,4,3,1
9. Lichinkalik davrida (a) va voyaga yetgan davrida (b) jigarda
yashovchi chuvalchangni aniqlang.
A) a-askarida; b-jigar qurti
B) a-jigar qurti; b-exinokokk
C) a-exinokokk; b-jigar qurti
D) a-qoramol tasmasimon chuvalchangi; b-askarida
10. Quyidagi o’simliklarni uzoq vaqt gullab turishiga qarab
joylashtiring.
1-jag’-jag'; 2-tugmachagul; 3-namatak; 4-lavlagi
A) 1,3,4,2 B) 1,2,3,4 C) 4,3,1,2 D) 4,3,2,1
11. Hujayra hayotiy siklining bo‘linish (a), o‘sish (b),
differensiatsiyalanish (c), yetuklik (d), qarish (e) davrlariga xos
xususiyat(lar)ni juftlab ko`rsating.
1-hujayra hayotiy funksiyalarining pasayishi bilan ifodalanadi; 2-
hujayraning bo‘linishi yoki nobud bo‘lishi bilan yakunlanadi; 3-
hujayraning bo‘linishi sodir bo‘ladi; 4-hujayra bo‘linib ko‘paygach,
ma’lum o‘lchamlarga qadar hajmi ortadi, o‘sadi; 5-hujayra
ixtisosligiga mos holda u yoki bu funksiyani bajaradi; 6-hujayra
ma’lum tuzilish va funksional xususiyatlarga ega bo‘ladi.
A) a-3; b-4; c-6; d-5; e-1,2 B) a-4; b-3; c-6; d-1,5; e-2
C) a-3; b-4; c-5; d-6; e-1,2 D) a-3; b-4; c-1; d-5,6; e-2
12. Kalamushlarda junining qoramtir rangi och rangga nisbatan,
ko'zining pushti rangi qizilga nisbatan dominantlik qiladi. Bu genlar
bitta autosoma xromosomaga joylashgan bo'lib, krossingover darajasi
20 % ni tashkil qiladi. Urg'ochilarda krossingover kuzatilmaydi.
Ikkala belgi bo'yicha gomozigota dominant va retsessiv organizmlar
chatishtirildi. Hosil bo'lgan F
1
organizmlar o'zaro chatishtirilganda
tug'ilgan kalamushlar genotipik sinflari
bilan fenotipik sinflari
qanday nisbatda bo'ladi?
A) 8:4 B) 7:4 C) 5:3 D) 3:1
13. Baliq (1) kulrang o’laksa (2) va yashil bronza qo’ng'izining (3)
ta’m bilish hujayralari qayerda joylashgan?
a) oldingi oyoqlari panjasidagi tukchalarda; b) og'iz bõshlig'ida; c)
paypaslagichlarda; d) halqumda; e) tana yuzasida; f) mo’ylovida;
j) yostiqchasimon xartumchada
A) 1-b,d,e; 2-a; 3-c B) 1-b,d; 2-e,f; 3-e
C) 1-b,d,e; 2-j; 3-f D) 1-b,d,e; 2-e,j; 3-a,f
14. Yurakning minutlik hajmi 5 litrni tashkil qiladi. Agar jigardan
o’tadigan qon hajmi bronxlardan o’tadigan qon hajmidan, 20 marta
ko’pligi ma’lum va bronxlar bir minutda qonni 4 % ini o’zlashtirishi
ma’lum bo’lsa jigar va bronxlar orqali bir daqiqada o’tadigan qon
hajmini hisoblang
A) 4000 ml B) 200 ml
C) 4200 ml D) 1100 ml
15. Barg plastinkalari qalin, sirti mum bilan qoplangan, barg
og’izchalari ko’p bo’ladigan madaniy o’simliklar berilgan qatorni
aniqlang.
A) qulupnay, giatsint, monster
B) anturium, binafsha, sorgo
C) qayin, shumtol, saksovul
D) makkajo’xori, oqjo’xori, shakarqamish