Ma’ruza mashg’ulоtining tехnоlоgik kartasi




Download 18,08 Mb.
bet24/33
Sana27.01.2024
Hajmi18,08 Mb.
#147124
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
Uchburchak

Ma’ruza mashg’ulоtining tехnоlоgik kartasi

Ish bоsqichlari va vaqti

Faоliyat




ta’lim bеruvchi

ta’lim оluvchilar

1 - bоsqich.
O`quv mashg’ulоtiga kirish (10 daq.)

1.1. Mavzuning nоmi, maqsad va kutilayotgan natijalarni yеtkazadi. Mashg’ulоt rеjasi bilan tanishtiradi.
1.2. Mavzu bo’yicha asоsiy tushunchalarni, mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yхatini aytadi.
1.3. O`quv mashg’ulоtida o`quv ishlarini bahоlash mеzоnlari bilan tanishtiradi

Tinglaydilar, yozib оladilar.

Aniqlashtiradilar, savоllar bеradilar.



2 bоsqich.
Asоsiy
(65 daq.)

2.1. Ma’ruza mashg’ulоtning rеjasi va tuzilishiga muvоfiq ta’lim jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon qiladi, ma’ruza matni bilan qisqacha tanishtiradi (1-ilova)
2.2. Savоl-javоb(3-ilova), Klaster (2-ilova) оrqali bilimlarni faоllashtiradi.

Tinglaydilar.
Yozadilar.
avоb bеradilar.



3 bоsqich.
Yakuniy
(15 daq.)

3.1.Mavzu bo’yicha yakun qiladi, qilingan ishlarni kеlgusida kasbiy faоliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e’tibоrini qaratadi.
3.2. Guruhlar ishini bahоlaydilar, o`quv mashg’ulоtining maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi.
3.3. Mustaqil ish uchun tоpshiriq bеradi va uning bahоlash mеzоnlarini yеtkazadi

O`z-o`zini, o`zarо bahоlashni o`tkazadilar.
Savоl bеradilar
Tоpshiriqni yozadilar

PhotoShopda ishni boshlash uchun unga birorta tasvimi yuklab olish yoki yangi tasvimi yaratish kerak bo‘ladi. Bu amallarni qanday amalga oshi- rish bilan tanishib chiqamiz.


Odatda, PhotoShopda mavjud tasvirlar qayta ishlanadi. Lekin ba’zan unda yangi tasvir yaratishga ham to‘g‘ri keladi. Yangi tasvimi yaratish uchun Ctrl+N (New - yangi so‘zidan olingan) qo‘shtugmasini bosish yoki asosiy menyuning Файл (Fayl) bo‘limining birinchi bandi Создать... (... ni yara­tish) bandini tanlash kerak. Natijada ekranda quyidagi Новый (Yangi) mu- loqot oynasi paydo bo‘ladi.
Oynaning o‘ng tomonidagi OK (Ha) tugmasini bosib, taklif qilinayotgan parametrlar bo‘yicha yangi tasvimi yaratish; Отмена (Bekor qilish) tugmasi­ni bosib, yangi tasvir yaratishdan voz kechish mumkin.
Bu tugmalar ostidagi Сохранить набор параметров (Parametrlar to‘plarnini saqlash) tugmasini bosib, o‘matilgan parametrlardan keyingi tasvirlar- ni yaratishda foydalanish uchun saqlab qo‘yish mumkin. Удалить набор ... (Parametrlar to‘plarnini o‘chirish) tugmasi kerak bo‘lmay qolgan parametrlar tocplarnini o‘chirib tashlash uchun xizmat qiladi. Bu tugmalar ostida yaratila- digan tasviming hajmi ko‘rinib turadi. Oynaning chap tomonidagi Имя (Nom) maydonchaga yangi tasvir fayli uchun nom kiritiladi. Uning ostidagi Набор (To‘plam) maydonchasida pa­rametrlar to‘plarnini tanlash mumkin. Odatda, bu parametrlar oxirgi yuklab olingan tasvir parametrlari bilan bir xil bo‘ladi. Bu ro‘yxatdan keraklisini tanlab parametrlarni birdaniga o‘zgartirish mumkin.
Paramertiami bevosita muloqot oynasidagi maydonchalarda o‘zgartirish ham mumkin. Ulardan asosiylari Ширина (Eni) va Высота (Balandligi) lardir.
Mavjud tasvirlarni ochish uchun Ctrl+O (Open - ochish so‘zidan olin­gan) qo‘shtugmasini bosish yoki asosiy menyuning Файл (Fayl) boUimining birinchi bandi Открыть ... (Ochish) bandini tanlash kerak. Natijada ekranda quyidagi Открыть (Ochish) muloqot oynasi paydo bo‘ladi.
Bu muloqot oynasi bilan ishlash boshqa ilovalar, masalan, Word yoki Excel ning shu nomli muloqot oynalari bilan ishlashdan deyarli farq qilmaydi. PhotoShop oxirgi ochilgan fayllar ro‘yxatini saqlab qo‘yadi. Bu ro‘yxat- dagi tasvirlarni ochish uchun asosiy menyuning Файл (Fayl) bo‘limidagi Последние документы (Oxirgi hujjatlar) bandidan foydalaniladi.
PhotoShopda qilingan ishlarni saqlash uchun bir nechta buyruqlar mav- jud. Ulardan birinchisi Ctrl+S qo^htugmasi yordamida chaqiriladi. Bu buy- ruq joriy tasvimi joyi va nomini o‘zgartirmasdan saqlab qo‘yadi.
Ctrl+Shift+S qo‘shtugmalari yordamida chaqiriladigan saqlash buyrug‘i ekranga saqlash muloqot oynasini chiqaradi. Bu oyna yordamida tasvimi yangi nom bilan yangi joyga yangi formatda saqlab qo‘yish mumkin.
PhotoShopda fayllar bilan ishlash boshqa ilovalardagidan ko‘p farq qil- maydi.
Kompyuter grafikasi ommaviy tarzda qo‘llaniladi va tasvirlarni kom­pyuter xotirasida saqlash uchun ko‘plab formatlar ishlab chiqilgan. Ulardan ba’zilari keng tarqalgan, ba’zilari faqat tor sohada ishlatiladi.
Bmp (ingliz tilidagi Bitmap Picture) - rastrli tasvir jumlasidan olingan. Birinchi grafik formatlardan biri, Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va qo£ llab-quwatlanadi. Keng tarqalgan. Lekin oxirgi paytda bosh­qa formatlarga o‘z ocmini bocshatib bermoqda.
Gif (Graphics Interchange Format) - tasvirlar almashish formati jum­lasidan olingan. Bir faylda bir necha tasvirlarni saqlay oladi va sodda animatsiyalar uchun juda qulay. Kam joy egallaydi. Kamchiligi shuki, ko‘pi bilan 256 ta rangni saqlay oladi. Fotusuratlarni saqlaganda katta yo‘qotishlar- ga yo‘l qo‘yadi. Intemetda va Web dizaynda keng qo‘llaniladi.
Tiff (ingliz tilidagi Tagged Image File Format) - belgilab chiqilgan tasvir fayli formati jumlasidan olingan. Birinchi tasvir formatlaridan biri. Unda bir qator o‘zgartirishlar kiritilgan. Microsoft, Adobe, Apple kabi yirik kompa- niyalar tomonidan qo‘llab-quwatlanishi sababli hozirgi paytda ham omma- viyligicha qolmoqda. Skanerlar, fotoapparatlar ishlab chiqaruvchilar ham un- dan keng foydalanadilar.
Jpeg (Joint Photographic Experts Group) - fotografiya ekspertlarining birlashgan guruhi (Yevropa ittifoqi) tomonidan ishlab chiqilgan. Eng keng tarqalgan format. Barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llab-quwatla- nadi. Kam joy egallaydi, tasvir sifatini to‘liq saqlashi mumkin. Lekin tasvir hajmi ko‘p kamaytirilganda sifati yomonlashadi.
Pcx (PC eXchange) - shaxsiy kompyuterda ma’lumot almashish jumla­sidan olingan. Birinchi grafik formatlardan biri. Bu formatda juda ko‘p tas­virlar saqlangan. Oxirgi paytda uning o‘miga png, jpeg formatlaridan foy- dalanilmoqda.
Raw (ingliz tilida raw) - xom, hali tayyor emas, degan ma’noni bildiradi. Sifatli fotoapparatlarda olingan suratlarni saqlash uchun ishlatiladi. Odatda, fotoapparatlar olingan suratni darhol qayta ishlab, uning hajmini kamaytira- di. Bunda fotosuratlarning sifati ba’zan biroz, ba’zan ko‘proq pasayadi. Bu formatda saqlangan fotosuratning kamchiliklarini va ularni bartaraf qilishni foydalanuvchining o‘zi tanlaydi. Bu esa yaxshi chiqmagan fotosuratlarni ham qayta tiklash imkonini beradi. Kamchiligi fotosuratlar katta hajmda bo‘lishi (25 MB gacha). Faqat qayta ishlanmagan fotosuratlarni saqlash uchun ishla­tiladi. Oxirgi paytda ommaviylashib bormoqda.
Png (Portable Network Graphics) - tarmoq uchun portativ (ixcham) gra­fika jumlasidan olingan. Intemetda keng qo‘llaniladi. U gif formati o‘mini egallab bormoqda.
Pdf (ingliz tilida Portable Document Format) - elektron hujjatlar formati degan jumladan olingan. Dastlab poligrafiya mahsulotlarini elektron ko‘ri- nishda saqlash uchun mo‘ljallangan. Kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan hajmi nisbatan kattaligi, tasvirlash ko‘proq vaqt talab qilishi kabi kam- chiliklari dolzarb bo‘lmay qoldi. Hozirgi paytda keng tarqalgan. Unda matn bilan birga rastr va vektor turidagi tasvirlar ham saqlanadi. Undan tasvirlarni ajratib olsa bo‘ladi. Adobe kompaniyasi mahsuloti.
Bu formatlar yordamida tasvirlarni nafaqat PhotoShopda, balki boshqa ilovalarda ham ochish va ular bilan ishlash mumkin. PhotoShop bu format- lardan tashqari o‘zining bir nechta maxsus formatiga ham ega. Bu formatlar orasida ko‘p ishlatiladigani .psd kengaytmalisidir. Bu formatda saqlangan tasvirda PhotoShopning barcha imkoniyatlari saqlab qo‘yiladi. Shu sababli, qayta ishlash tugallanmagan tasvirlarni shu formatda saqlash va kerak bo‘l- ganda ularni qayta ishlashni davom ettirish mumkin.

Download 18,08 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Download 18,08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza mashg’ulоtining tехnоlоgik kartasi

Download 18,08 Mb.