Ma’ruza mashg’ulоtining tехnоlоgik kartasi




Download 18,08 Mb.
bet28/33
Sana27.01.2024
Hajmi18,08 Mb.
#147124
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Uchburchak

Ma’ruza mashg’ulоtining tехnоlоgik kartasi



Ish bоsqichlari va vaqti

Faоliyat




ta’lim bеruvchi

ta’lim оluvchilar

1 - bоsqich.
O`quv mashg’ulоtiga kirish (10 daq.)

1.1. Mavzuning nоmi, maqsad va kutilayotgan natijalarni yеtkazadi. Mashg’ulоt rеjasi bilan tanishtiradi.
1.2. Mavzu bo’yicha asоsiy tushunchalarni, mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yхatini aytadi.
1.3. O`quv mashg’ulоtida o`quv ishlarini bahоlash mеzоnlari bilan tanishtiradi

Tinglaydilar, yozib оladilar.

Aniqlashtiradilar, savоllar bеradilar.



2 bоsqich.
Asоsiy
(65 daq.)

2.1. Ma’ruza mashg’ulоtning rеjasi va tuzilishiga muvоfiq ta’lim jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon qiladi, ma’ruza matni bilan qisqacha tanishtiradi (1-ilova)
2.2. Savоl-javоb(3-ilova), Klaster (2-ilova) оrqali bilimlarni faоllashtiradi.

Tinglaydilar.
Yozadilar.
Javоb bеradilar.



3 bоsqich.
Yakuniy
(15 daq.)

3.1.Mavzu bo’yicha yakun qiladi, qilingan ishlarni kеlgusida kasbiy faоliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e’tibоrini qaratadi.
3.2. Guruhlar ishini bahоlaydilar, o`quv mashg’ulоtining maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi.
3.3. Mustaqil ish uchun tоpshiriq bеradi va uning bahоlash mеzоnlarini yеtkazadi

O`z-o`zini, o`zarо bahоlashni o`tkazadilar.
Savоl bеradilar
Tоpshiriqni yozadilar

PhotoShopning bugungi kundagi muvaffaqiyati kalitlaridan biri bu uning qatlamlar bilan ishlay olishidir. Qatlam bu shaffof qog‘ oz bo ‘ lib, PhotoShopda qatlamga qo‘shimcha tasvir joylash mumkin. Qatlamlar ustma-ust joylashib, yaxlit bir tasvir hosil qiladi. Har bir qatlamdagi tasvimi boshqa qatlamdagi tasvirlardan alohida tahrirlash mumkin.


Qatlamlardan biz yuqorida foydalangan edik. “0‘zbekiston” mehmonxo- nasi suratiga to‘rtta avtomashinani joylaganimizda ularning har biri alohida qatlamda joylashgan edi. Bu avtomashinalardan birortasining joyini o‘zgar- tirmoqchi bo‘lsak, u joylashgan qatlamni tanlab, undagi tasvimi surishning o‘zi yetarli. Bunda boshqa avtomashinalar va mehmonxona surati o‘zgarmaydi. PhotoShop suratga qo‘shilgan yangi tasvirlarni avtomatik tarzda yangi qatlamga joylaydi. PhotoShopda bir vaqtda 50 dan ortiq qatlam bilan ishlash mumkin.
Qatlamlar bilan ishlash uchun asosiy menyuning Слои (Qatlamlar) bo‘li- mida joylashgan buyruqlardan foydalanish mumkin. Lekin Слои (Qatlamlar) palitrasidan foydalanish yanada qulay. Bu palitrani ekranga chiqarish uchun asosiy menyuning Окно (Oyna) bo‘limidagi Слои (Qatlamlar) bandini tan- lash yoki klaviaturada F7 funksional tugmasini bosish kerak. Bu palitraning ko‘rinishi rasmda ko‘rsatilgan. Undagi tugmalarning vazifalari bilan tanishib chiqamiz.
A. Yashirin palitralar; B. Yashirin palitralarni ochish; С. Слои (Qatlam­lar) jildi; D. Каналы (Kanallar) jildi; E. Контуры (Konturlar) jildi; F. Palit­rani yashirish va ochish tugmasi; G. Palitraning menyusi tugmasi; H. Qat- lamning shaffofmasligi (0 dan 100 gacha); I. Qatlamga bo‘yoq quyish (0 dan 100 gacha); J. Qatlamning qotirilganligi belgisi; K. Tanlangan qatlamlarni bir-biri bilan bog‘laydi; L. Qatlamga stil qo‘shadi; M. Niqob qatlam yaratadi; N. Yangi korreksion qatlam yaratadi; O. Qatlamlarning yangi guruhini yara­tadi; P. Yangi qatlam yaratadi; Q. Tanlangan qatlamni o‘chiradi; R. Qatlamni ko‘rsatadi yoki yashiradi.
Qatlamlardan birinchisi fon deb ataladi. U boshqalaridan pastda turadi va uning joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Boshqa qatlamlarning o‘mini almash- tirish mumkin. Yuqorida turgan qatlamdagi tasvir pastdagilarini berkitib qo‘yadi. Agar qatlam nisbatan shaffof bo‘lsa, undan keyingi qatlam biroz ko‘rinib turadi.
Qatlamga niqob qatlam qo‘shish mumkin. Qatlamning niqob bilan ber- kitilgan qismini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bu qatlamning bir qismini o‘zgarti- rish kerak bo‘lganda juda qulay. Qatlamdagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun unga korreksion qatlam qo‘shiladi. Stil qatlam esa qatlamga tayyor stilni qo‘llash uchun ishlatiladi. Bo‘yoq quyish qatlarni qatlamning ustidan bo‘yoq quyish uchun ishlatiladi.
Tasvirda qatlamlar soni ortgan sari ular bilan ishlash qiyinlashadi. Bunday paytda bir necha qatlamni bitta guruhga birlashtirish va bu guruh bilan bitta qatlam bilan ishlagandek ishlash mumkin.

Download 18,08 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Download 18,08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza mashg’ulоtining tехnоlоgik kartasi

Download 18,08 Mb.