5.7. Grafikaviy materiallarga va u bilan bog’liq o’lchamlarga analitik ishlov
berish tizimi
Ushbu tizimn (YER elementi) o‟ta murakkab va ko‟p qirralidir. Ularni shartli
ravishda ikkita katta guruhga ajratish mumkin:
1. Oldindan determinatsiyalangan masalalarni yechish, masalan quyidagilarni:
- obyektlarning joylashgan o‟rinlarining geografik yoki to‟g‟ri burchakli
koordinatalarda aniqlash;
78
- chiziqli, maydonli va masshtabsiz obyektlarning geometrik o‟lchamlarini
hisoblash (burchaklar kattaligi, to‟g‟ri va egri obyektlarning uzunligi, perimetrlar,
maydonlar va sh.o‟.);
- turli xil turdagi hajmlarni hisoblash (foydali qazilma boyliklar zahirasi,
ma‟lum hududga yog‟adigan yog‟ingarchilik miqdori, muzliklar, ko‟llar, ayrim
balandliklar hajmi va sh.o‟.);
- navigatsiya (yo‟nalishlarni, o‟rnini aniqlash) ma‟lumotlarini olish
(ortodrom, loxsodrom, yo‟nalish va sh.o‟. chiziqlarning joylashishini ekranda
ko‟rsatish va hisoblash);
- kartalarni taxlil etish ma‟lumotlari bo‟yicha yangi tavsiflarni olish (daryo va
irrigatsiya tarmoqlari zichligi, aholi zichligi, o‟rmon bilan qoplanish darajasi,
daryolarning o‟rtacha uzunligi, berilgan mavzuli guruhlar obyektlari soni va sh.o‟.);
- kiritilgan kartaning sifatini va aniqligini baholash (berilgan masshtabni
tekshirish, rejaviy konturlar joylashuvidagi, balandliklarni hisoblashdagi xatolarni
aniqlash va sh.o‟.);
- ishlab chiqarish kartalarini (nishabliklar, qiyaliklar tikligi, ekspozitsiyalar
va sh.o‟. kartalari) relyefning raqamli modellari asosida tuzish va boshq.
2. Qatlamlarni mantiqiy yotqizish jarayonida olinadigan, integrallashgan
ma‟lumotlarga ishlov berishga asoslangan, kenglik masalalarini yechish.
Ushbu guruh masalalarining klassik misoli sifatida, yerdan foydalanishlar
kesimida qishloq xo‟jalik yerlari maydonlarini hisoblash va zarur hujjatlar to‟pla-
mini tayyorlashni ko‟rsatish mumkin (yer turlari va kadastr ma‟lumotlarini turli xil
qatlamlarga tayyorlashda). Shuni ta‟kidlash mumkinki, amaliyot ko‟rsatishicha,
aynan shunday ma‟lumotlarni ajratib saqlash eng maqsadga muvofiq sanaladi,
sababi, bunda bir qatlamga kiritilgan o‟zgartirish, boshqa qatlamlarga umuman
ta‟sir etmaydi. Shu bilan bir qatorda, qatlamlarni mantiqiy taxlash turli doim yer
turlarining yerdan foydalanuvchilar bo‟yicha taqsimlanishining aniq holatini olish
imkonini beradi.
Mavzuli xaritalash tizimi (YEM elementi) loyihaviy yechim variantlarini
olishda shakllantiriladigan kartalarni, yer tuzish chizmalarini, grafiklarni olishda
79
hamda bajarilgan hisoblashlarni interpretatsiyalash uchun zarur va loyihaviy
yechimga ilova sifatida xizmat qiladigan grafikaviy tasvirlarni tashqi qurilmaga
chiqarishni ta‟minlashi kerak.
|