• 1-rasm. Jinsi mahsulotlari. Jinsi matolarini ishlab chiqarishda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi. [3] 2-rasm.Jinsi matosini ishlab chiqarshdagi jarayonlar
  • Sarja 1/3(
  • 4-rasm. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati (oyiga). 1.4-rasm.Korxonaga kiritilgan investitsiyaning taqsimlanishi. Korxonaga kiritilgan umumiy investitsiya
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Udk 677. 054 “mirzacho’l teks”mchj to’quv korxonasidagi ilmiy stajirovka natijalari




    Download 0.54 Mb.
    Sana03.11.2022
    Hajmi0.54 Mb.
    #28964
    Bog'liq
    2-sho\'ba. Razzoqov J
    18-ma\'ruza, 1-maruza, bmi nargiza, Презентация Microsoft PowerPoint, 811-20 Raximov M (2), Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati suxrob, Mavzu Global kompyuter tarmoqlari, Mavzu Global kompyuter tarmoqlari, Davriy sistemaning IVA, prepare manuscript publication scopus sciencedirect tools certificate (2), Kеrаmikа vа оlоvbаrdоsh mаtеriаlаr ishlаb chiqаrishdа hоzirgi zаmоn yutuqlаri 1 mavzu, ASSALOM, akt dan, АКТ

    UDK 677.054
    MIRZACHO’L TEKS”MCHJ TO’QUV KORXONASIDAGI
    ILMIY STAJIROVKA NATIJALARI


    T.f.n., dotsent M.A.Doniyorova
    301M-20 guruhi magistranti J.A.Razzoqov
    Jizzax politexnika instituti

    Hozirgi kunda to’qimachilik mahsulotlariga bo’lgan talab kundan - kunga o’sib borayapti. Yildan yilga yigiruv, trikotaj, to’quv korxonalari soni ortib, yengil sanoat yo’nalishini jadal tarzda rivojlanishiga turtki bermoqda. Buning natijasida texnologik jarayonlarni samaradorligini oshirish, yangi to’qimalar yaratish, zamonaviy uskunalar joriy qilish bo’yicha ko’rilayotgan tadbirlar to’qimaning sifati yaxshilanishiga, mahsulot tannarxini kamayishini ta’minlamoqda. Jahon amaliyotida to’quvchilikka tanda iplarini tayyorlash, to’quv jarayonini me’yoriy texnologik parametrlarini ishlab chiqishni yangi texnika va texnologiyalarini yaratish, bo’yicha ko’plab ilmiy izlanishlar olib borilgan. Insonlarning oziq ovqatga va kiyim kechakka bo’lgan talabi hech qachon kamaymaydi. Ayniqsa, o’zlarini tashqi ko’rinishiga ko’p etibor berishadi. Bu esa yangicha ko’rinishdagi estitik zavq bag’ishlovchi mato turlarini yaralishiga sabab bo’ldi.[1]


    Mamlakatimiz yengil sanoati oldiga qo’yilgan muhim vazifalardan biri aholi ehtiyojlarini qondiradigan, dunyo bozorida raqobatlasha oladigan va sifatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Chunki mahsulot qanchalik sifatli bo’lsa, raqobatda g’olib chiqishi vа eksport qilinish imkoniyati shunchalik yuqori bo’ladi va respublikamiz valyuta jamg’armasining oshishiga zamin bo’ladi.
    Shuningdek, to'qimachilik sanoatini rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni qo'llab quvvatlashga oid hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qator Qaror va Farmonlar sohada olib borilayotgan ishlarni ilmiy asosda tashkil etishni taqozo qiladi. Mamlakatimiz to'quvchilik korxonalarida ishlab chiqarilayotgan paxta tolali to'qimalar ichida jinsi turidagi to'qimalar alohida o'rin egallaydi. Shuning uchun O'zbekistonda sifatli jinsi matolar va buyumlar ishlab chiqarish va jahon bozorida raqobatdoshligini ta'minlash dolzarb masalalardan hisoblanadi.Shu bois Jizzax viloyati Mirzacho’l tumanida “Mirzacho’l teks”MChJ jinsi to’quv korxonasi faoliyat ko’rsatmoqda.Bu korxonada hozirgi kunda quyidagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. [2]

    1-rasm. Jinsi mahsulotlari.
    Jinsi matolarini ishlab chiqarishda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi. [3]

    2-rasm.Jinsi matosini ishlab chiqarshdagi jarayonlar
    “Mirzacho’l teks”MChJ jinsi to’quv korxonasida ishlab chiqarilayotgan jinsi matolarinig barchasi yuqorida keltirilgan jarayonlardan o’tadi.Jinsi matolari sarja o’rilishi bilan to’qiladi.Bu o’rilishning o’ng qo’l sarja,chap qo’l sarja,siniq sarja, zig-zak sarja kabi turlari mavjud.Shu o’rilishlardan asosan sarja 3/1 (o’ng va chap qo’l sarja) turi juda ko’p qo’llaniladi. [4,5]

    Sarja 1/3(o’ng qo’l sarja) Sarja 3/1(Chap qo’l sarja)
    3-rasm.Jinsi mastosi to’qish uchun qo’llaniladigan o’rilish turi.
    Hozirgi kundagi “Mirzacho’l teks”MChJ jinsi to’quv korxonasining ishlab chiqarish quvvati oyiga: Tikuv bo’limida 48000 dona,to’quv bo’limida 864000p.metr mato ishlab chiqarilmoqda va keyingi yillar davomida yigiruv bo’limida esa 216 000 kg ip kalava ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.



    4-rasm. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati (oyiga).

    1.4-rasm.Korxonaga kiritilgan investitsiyaning taqsimlanishi.
    Korxonaga kiritilgan umumiy investitsiya: 28 300 000$ shundan to’quv bo’limi qurilishga 3 200 000$, to’quv uskunalariga 6 000 000$.Tikuv bo’limi qurilishga 1 900 000$, tikuv uskunalariga 700 000$ sarflangan. Yigiruv bo’limi qurilishiga 2 500 000$, yigiruv uskunalariga 14 000 000$ sarflanishi rejalashtirilgan.
    Hozirgi kunda korxonadagi jinsi matosini ishlab chiqarishdagi texnika va texnologiyalar, matoni ishlab chiqarishdagi o`timlar, tandalash, indigo bo`yog’ida bo`yash, ohorlash, ulash va o`tkazish hamda to`qish jarayonlarini ko`rib chiqildi. Jinsi mahsulotlarini ishlab chiqarishda odatda paxta tolali va kimyoviy (laykra, spandeks) iplardan foydalaniladi.Bu esa mahsulotning sifatini, tashqi ko’rinishini, fizik-mexanik xususiyatlarini sezilarli o’zgarishiga tasir ko’rsatadi.Shu sababdan jinsi matolarini ishlab chiqarishda hom ashyo toladan tortib hom matoga ishlov berilgunga qadar bo’lgan barcha jarayonlarga etibor berish texnologik jarayonlarni to’g’ri yo’lga qo’yish zarur.Jarayonlarni to’g’ri tashkil etish mahsulot sifati va tannarxining jahon bozorida raqobatbardosh bo’lishini taminlaydi.


    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasi.

    2. https://www.youtube.com/watch?v=j7iG1UBUuyo

    3. “Technology of Denim Production”: Part – II: Supriya Pal Published: Sep 2010

    4. Razzokov J.A., Doniyorova M.A. Jeans are the most universal fabric of the world's population.“Тўқимачилик саноатининг ривожланиш тенденциялари: муаммо ва ечимлари”., халқаро илм.-амал. конф., ТерДУ,23-24 апр.2021 й.

    5. Razzoqov J.A., Doniyorova M.A., Usmankulov A.K.Jinsi matolar ishlab chiqarishning ilmiy asoslari.Хоtin-qizlаrning fаn, tа’lim, mаdаniyat vа innоvаtsiоn teхnоlоgiyalаrni rivоjlаntirish sоhаsidаgi yutuqlаri mаvzusidаgi 3-Хаlqаrо ilmiy-аmаliy kоnferentsiya, JizPI, 21-22 may, 2021y

    Download 0.54 Mb.




    Download 0.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Udk 677. 054 “mirzacho’l teks”mchj to’quv korxonasidagi ilmiy stajirovka natijalari

    Download 0.54 Mb.