• USLUBIY QO‘LLANMA
  • Kirish
  • Uluqov Nosirjon




    Download 295.33 Kb.
    bet1/13
    Sana20.12.2022
    Hajmi295.33 Kb.
    #36236
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    USLUBIY QO\'LLANMA
    FFggsdr, Hayvonlarning xilma-xilligi. hashorotlar, Ámeliy psixologdıń akmeogrammasi, 11a klass 3-sherek, Tizim va signallarni qayta ishlash, 11-sinf-informatika-test-1, GEP-June-2023, Tolibova Mehrinoz Умумий психология сентябр 1, Огоҳлантириш хати, тухтаев






    O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI
    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TА’LIM VАZIRLIGI
    TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
    MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI

    USLUBIY QO‘LLANMA


    Termiz - 2021
    Qo‘llanmada magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi, hajmi, uni yozish qoidalari hamda havolalar berish, rasmiylashtirish tartiblari, turli yo‘nalish bo‘yicha magistrlik dissertatsiyalari mavzulari majmui berilgan hamda foydalanish uchun adabiyotlar ro‘yxati tavsiya etilgan.


    Kirish


    Magistratura aniq ixtisoslik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriaturadan keyin uning negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. Magistratura oliy ta’limning ikkinchi bosqichini ifoda etadi. Magistr darajasiga ega bo‘lgan mutaxassis ilmiy xodimga xos ko‘nikma, malakaga ega bo‘lishi, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bora olishi, ilmiy axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni biladigan, chuqur bilimli, yuqori kasbiy mutaxassislik sohibi bo‘lmog‘i kerak.
    Magistrlik dissertatsiyasining asosiy maqsadi magistrlarda ilmiy tadqiqot yaratish malakasini hosil qilishdan iborat. Magistrlar magistrlik dissertatsiyasini yozish jarayonida o‘qish mobaynida olgan bilimlarini umumlashtirishga, uning natijalarini ilmiy ravishda aks ettirishlari lozim. Magistrlik dissertatsiyasi magistrlarning dunyoqarashlari, bilim saviyalari, ilmiy fikrlarini yozma nutqda savodli ifodalashlarini taqazo etadi. Magistrlik dissertatsiyasida tanlangan mavzu bo‘yicha muammolar ko‘rsatilib, uning yechimlari tahlil qilingan bo‘lishi kerak. Shuning uchun barcha magistrlar magistrlik dissertatsiyasini yozishlari shart.
    Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy tadqiqot ishlari unsurlarini o‘zlashtirish, fan sohasi bo‘yicha professional bilim va tayyorgalikni rivojlantirish hamda mustahkamlashga yo‘naltirilgan mustaqil ilmiy ishlaridan biri hisoblanadi.
    Magistrlik dissertatsiyasi yozish jarayoni magistrlarda ilmiy pedagogik tafakkur negizini hamda ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Magistrlik dissertatsiyasini yozishda magistrlar mavjud pedagogik tajribani umumlashtirish va tizimlashtirish, ilmiy va ilmiy- ommabop adabiyotlarni o‘rganish bilan bog‘liq ilmiy ishlarning malakasini o‘zlashtirish, shuningdek, o‘rganilayotgan ilmiy va amaliy ma’lumotlarni tahlil etish va tanqidiy baholash qobiliyatini shakl- lantirishdan iboratdir.
    Magistratura bosqichi talabalari fanlar bo‘yicha, muayyan mavzu- lar doirasida shakllangan mustaqil fikr va mulohazalarini bildirish hamda tanlangan mavzu bo‘yicha nazariy jihatdan asoslangan xulosa va amaliy takliflarini bayon etish uchun magistrlik dissertatsiyasini yozishlari va uni himoya qilishlari belgilangan.
    Oliy ta’limning magistratura mutaxassisliklarida tahsil oluvchi talabalar magistrlik dissertatsiyasini yozishi va himoya qilishidan asosiy ko‘zlangan maqsad quyidagilardan iboratdir:

    • tanlangan mavzuning umumnazariy asoslarini chuqur tadqiq etish, shu maqsadda, ilmiy adabiyotlarni izlab topish, ulardagi zaruriy ma’lumotlarni jamlangan holda ma’lumotlar bazasini shakllatira olish qobiliyatini rivojlantirish;

    • jamlangan ma’lumotlar bazasini tahlil etgan holda, ilmiy asoslangan xulosalarni ishlab chiqish;

    • mavzu yuzasidan ilg‘or xorij tajribalarini o‘rganish, qiyosiy tahlil etish va ilmiy xulosalarni berish;

    • magistrantda fan darajasiga ega bo‘lish uchun tadqiqot olib borish jarayoniga oid elementlarni shakllantirish.

    Uslubiy qo‘llanma universitetning lingvistika (o‘zbek tili) yo‘nali- shi magistratura mutaxassislikgi uchun mo‘jallangan bo‘lib, unda magistrlik dissertatsiyasini yozish, tayyorlash, rasmiylashtirish hamda himoyaga tayyorlanish va bu jarayonlarni talablar darajasida tashkil etishda professor-o‘qituvchilarga metodik qo‘llanma vazifasini bajaradi, degan umiddamiz.
    Qo‘llanmani takomillashtirish yuzasidan bildirilgan fikr- mulohazalarni muallif mamnuniyat bilan qabul qiladi.

    Download 295.33 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 295.33 Kb.