|
Erkin va monopollashgan bozor
|
bet | 2/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,52 Mb. | | #229296 |
Bog'liq Bozorning mohiyati uning vazifalari turlari Erkin va monopollashgan bozor Iqtisodiyotnnng o`zi tarixan turli shakllarda mavjud bo`lgani kabi Bozorda haridor va sotuvchining mavqei ham o`zgarib boradi. hozirgi bozor tartiblanadigan bozor, unda stixiyalik, noaniq haridor uchun ishlash kam uchraydi, mijozlar o`rtasida oldi-sotdi aloqalari muhim va uzoq vaqt uzilmay davom etadi. Bozorga tovarlarni tavakkalchilik bilan etkazish ham kam uchraydi. Tovar chiqarishdan oldin bozor puxta o`rganiladi, nimani, qancha etkazib berish belgilab olinadi. Ammo bozorda ma`lum darajada noaniqlik saqlanib qoladi. Chunki, haridor va sotuvchi mustaqil bo`lib, nima qilishni o`zlari hal etishadi, ularning maqsad va o`y-xayollari turlicha, lekin bozor tartiblangani bois beboshlik bo`lmaydi. Ilgarilari bozor asosi tartibsiz bo`lgani uchun unda noaniqlik hukm surgan, narx-navoning qanday bo`lishi, nimaning bozori chaqqon, nimaning bozori kasod bo`lishini oldindan payqab bo`lmagan. Bunday bozorning sarqitlari hozir ham bor. Bunga misol qilib O`ebekistondagi dshqon bozorlari va buyum bozorlarini, ayrim do`konlarni olish mumkin. Bu erda ish yurituvchilar aniq mo`ljalga ega bo`lmasdan, bozor o`zgarishlarini oldindan bilmasdan savdo qiladilar. Bunday bozor o`rniga tartiblangan, madaniy bozor kelishi muqarrar. Eng demokratik bozor bu erkin boeordir.
Erkin bozor deganda haridorlar ham, sotuvchilar ham ko`p bo`lib. ulardan hsch biri monopoliya mavqeiga ega bo`lmay. bir-birini tezda topa oladigan, raqobat to`la-to`kis hukmron bo`lgan, narxlar erkin savdolashuv asoslari shakllanadigan bozor tushuniladi. Keltirilgan ta`rifdan ko`rinib turganidek. erkin bozorda haridor va sotuvchi munosabati biron bir tazyiqsiz, iqtisodiy tanlov asosida vujudga keladi, ular orasida murosa mavjud bo`ladi. Erkin bozorga misol qilib O`zbskistondaga qishloq xo`jalik mahsulotlari bozorini ko`rsatish mumkin. Bu bozorda millionlab kishilar haridor, sotuvchilar esa davlat xo`jaligi, jamoa xo`jaligi, fermer xo`jaligi, minglab tomorqa xo`jaligi va dala hovli sohiblaridir. Bu erda kim nimani sotish, kimdan nimani olish, qanday narxda savdo qilish yuqoridan turib belgilanmaydi, buni bozorning o`zi hal qiladi. Erkin bozorda haridor va sotuvchilarning tanlovi ularning saralanishiga va ulardan kuchlilarining monopol bozorni tashkil etishiga oaib keladi.
|
| |