• - NH2CONHCH2
  • O'g'itlarning sinflarga bo'linishi




    Download 2.02 Mb.
    bet2/2
    Sana05.04.2022
    Hajmi2.02 Mb.
    #19360
    1   2
    Bog'liq
    UMUMIY KIMYOVIY TEXNOLOGIYA
    nitrobirikmalar , 649 20.10.2020, Murodillaeva Robiya, Mashinasozlik texnologiyasi, HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI, 852-Article Text-2673-1-10-20210331 (2), Qattiq jism lazerlar uchun materiallar, 1700916078, 3TM.Android, Gidravlika va gidravlik mashinalar, portal.guldu.uz-Ona tili va adabiyot

    O'g'itlarning sinflarga bo'linishi

    • O'g'itlar kelib chiqishi, qo'llanish sohasi, tarkibi, xossalari va olinish usullariga qarab sinflarga ajratiladi. Barcha o'g'itlar ikkiga:
    • 1) bevosita (o'simlikni oziqlanishi uchun ishlatiladi);
    • 2) bilvosita (tuproqni kimyoviy meliorizatsiyasi, pH ni to'g'rilash uchun ishlatiladi) o'g'itlarga bo’linadi.
    • Kelib chiqishiga qarab o'g'itlar mineral, organik, organo-mineral va bakterial o'g'itlarga bo'linadi. Mineral o'g'itlar asosan mineral tuzlardir (ammo unga organik modda karbamidni ham kiritadilar). Organik o'g'itlarga go'ng, torf, yashil o'simliklar, kompost, najas va boshqalar kiradi. Bakterial o'g'itlar tarkibida tuproqda o'simlik o'zlashtira oladigan oziqa elementlarini to'plovchi mikroorganizmlar ushlaydi. Masalan, tuganak bakteriyalari nitrogenaza fermenti atmosfera azotini birikma holga o'tkazib to'playdi yoki organik birikmalarni parchalovchi fosfobakteriyalar organik birikmalar tarkibidagi fosforni o'simlik o'zlashtira oladigan holatga keltiradi. Yerimiz atmosferasida 4∙1015 tonna azot bor, ya'ni har 1 ga yerga havodagi 80 ming tonna azot to'g'ri keladi.
    • Mineral o'g'itlar tarkibga qarab fosforli, azotli, kaliyli, magniyli, borli va boshqa o'g'itlarga bo'linadi. Tarkibidagi oziqa elementning soniga qarab o'g'itlar ikkiga: oddiy yoki bir komponetli (tarkibida o'simlik o'zlashtiradigan bitta element ushlaydi) va kompleks (tarkibida ikkita va undan ortiq element ushlaydi) o'g'itlarga bo'linadi.
    • Kompleks o'g'itlar murakkab va aralash o'g'itlarga bo'linadi. Murakkab o'g'itlar bitta kimyoviy birikma bo'lib tarkibida kamida ikkita va undan ortiq o'simlik o'zlashtiradigan element ushlaydi. Aralash o'g'it esa oddiy yoki murakkab o'g'itlarni bir-biriga mexanik "aralashtirish yo'li bilan olinadi.O'g'itlar tarkibida 33% dan ortiq ta'sir etuvchi modda saqlasakonsentrlangan, 60% dan ortiq saqlasa, yuqori konsentrlangan deyiladi.
    • Yuqorida aytib o'tilgan 10 element bilan birga juda oz miqdor­larda (mikromiqdorlarda) B, Cu, Co, Mn, Zn, Mo, I kabi kimyoviy elementlar ham zarur. Ular mikroelementlar, tarkibida shunday elementlar bor o'g'itlar esa mikroo'g'itlar deyiladi. Hozir mikro-o'g'itlarsiz ish yuritib bo'lmaydi, chunki ulardan foydalanish qishloq xo'jaligida qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi.
    • Tarkibida ozuqa elementi sifatida azot saqlagan o’g’itlar azotli o’g’itlar deyiladi.Azotli o’g’itlar azot yetishmaydigan yerlarga solinadi. Azot yetishmagan yerdagi ekinlar bargi och-yashil rang, ba’zi ekinlarda (turp, karam, makkajo’xori) sariq-qizil dog’lar, barglari juda kichik, yupqa, gullari nimjon, shoxlari mayda, mevasi muddatidan oldin pishib, kichik-kichik bo’lib, barglari tushib ketadi.
    • Azotli o’g’itlar bilan oziqlantirish natijasida yuqoridagi kamchiliklar yo’qoladi. Yerlarga azotli o’g’itlar berish me’yorda bo’lishi (30-300 kg/ga), har bir maydonning xususiyatlari va o’g’itga bo’lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi shart. Ekinlar azotni NH3 yoki ionlar holida o’zlashtiradi
    • Nitroammofos - NH4NO3 + NH4H2PO4
    • Kaliy nitrat (kaliyli selitra) - KNO3
    • Texnik ammiakli suv - NH3 + H2O
    • Ammoniy nitrat (ammiakli selitra) - NH4NO3
    • Mochevina aldegidli o’g’itlar (uzoq ta’sir qiluvchi)
    • - NH2CONHCH2

    E`tiboringiz uchun rahmat!


    Download 2.02 Mb.
    1   2




    Download 2.02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'g'itlarning sinflarga bo'linishi

    Download 2.02 Mb.