|
"Umumiy savollar" va "Ishonch telefoni" bo'yicha reglament
|
bet | 1/3 | Sana | 21.03.2017 | Hajmi | 17,4 Kb. | | #721 |
«Toshkent shahar dori-darmon»
aksiyadorlik jamiyatining faoliyati masalalari
"Umumiy savollar" va
"Ishonch telefoni" bo'yicha
REGLAMENT
«Toshkent shahar dori-darmon» aksiyadorlik jamiyatining faoliyati masalalari "Umumiy savollar" va "Ishonch telefoni" bo'yicha ushbu reglament «Jamiyat faoliyati masalalari bo'yicha yagona telefon» hamda "Ishonch telefoni" orqali olingan xabarlarni qabul qilish, ro'yxatdan o'tkazish va ko'rib chiqish tartibini belgilaydi.
-
Umumiy qoidalar
-
«Toshkent shahar dori-darmon» aksiyadorlik jamiyatining Jamiyat faoliyati masalalari bo'yicha yagona telefoni» hamda "Ishonch telefoni" fuqarolar (tashkilotlar)ning jamiyat faoliyati to'g'risidagi axborotni xabar qilish uchun to'g'ridan-to'g'ri aloqa qilish vositasi hisoblanadi.
-
Reglamentda qo'llaniladigan asosiy tushunchalar quyidagi ma'noga ega: - « Jamiyat faoliyati masalalari bo'yicha telefoni hamda "Ishonch telefoni" » tizimi - maxsus telefon aloqa kanali orqali o'tgan fuqarolarning telefon xabarlarini qabul qilish va yozib olish texnik vositalari majmui;
-
« Jamiyat faoliyati masalalari bo'yicha telefoni hamda "Ishonch telefoni" - « Jamiyat faoliyati masalalari bo'yicha telefoni hamda "Ishonch telefoni"» tizimini o'rnatish va ishchi holatda saqlash;
-
operator - «Toshkent shahar dori-darmon» aksiyadorlik jamiyatining «Jamiyat faoliyati masalalari bo'yicha telefoni hamda "Ishonch telefoni"» orqali olingan xabarlarni dastlabki tarzda ko'rib chiqishni ta'minlaydigan vakolatli mansabdor shaxsi;
-
arizachilar - « Jamiyat faoliyati masalalari bo'yichatelefoni hamda "Ishonch telefoni"»ga murojaat etuvchi shaxslar;
-
« Jamiyat faoliyati masalalari bo'yicha telefoni hamda "Ishonch telefoni"» ga xabar - «Toshkent shahar dori-darmon» aksiyadorlik jamiyatining arizachidan olgan, ko'rib chiqilishi lozim bo'lgan kompaniya faoliyati va boshqa masalalar to'g'risidagi axborot.
-
«Jamiyat faoliyati masalalari bo'yichatelefoni hamda "Ishonch telefoni"» ishini ta"minlaydigan kuchlar va vositalar
-
« Jamiyat a faoliyati masalalari bo'yicha telefoni hamda "Ishonch telefoni"» ishini ta'minlashni ichki farmnazorat (Ishonch telefoni) xodimlari amalga oshiradilar.
ichki farmnazorat va devonxona xodimlari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi: - « Jamiyat faoliyati masalalari bo'yicha telefoni hamda "Ishonch telefoni"» ishini tashkil etish va tizimlashtirish;
-
« Jamiyat faoliyati masalalari bo'yicha telefoni hamda "Ishonch telefoni"»ga keluvchi xabarlar va qo'ng'iroqlarni qabul qilish, tahlil qilish, hujjatlashtirish;
-
« Jamiyat faoliyati masalalari bo'yicha telefoni hamda "Ishonch telefoni"»ga keluvchi xabarlarni dastlabki tarzda ko'rib chiqish;
-
xabarlarni matn shakliga solish va Boshqaruv Raisiga (yoki uning vazifalarini bajarib turgan shaxsga) bildirish.
-
« Jamiyat faoliyati masalalari bo'yicha telefoni hamda "Ishonch telefoni"» tizimi Qabulxona hamda Kompaniya Kanselyariyasida tegishli ravishda o'rnatiladi.
-
|
| |