6.4.11. www.uzumnasiya.uz
vebsaytining
sahifalarida va/yoki
shaxsiy kabinetda Mijozlar
uchun e'lon qilinadigan ma'lumot va xabarnomalarni
kuzatib borish.
6.4.12. MMT, Jamiyat, Hamkorning xodimlari bilan
o'zaro faoliyat vaqtida amaldagi qonunchilik
talablariga rioya qilish, muloqotda xushmuomalalik
va odobni saqlash.
6.4.13. MMT bilan munosabatga kirishish vaqtida
Mijoz MMT va/yoki "Uzum Nasiya" Platformasiga
quyidagilarga ruxsat beradi:
a)
Mijoz tomonidan taqdim etilgan qo'shimcha
telefon raqamlariga qarzni to'lash va/yoki
Mijozning
qarzi
mavjudligi, shuningdek, Mijozning qarzini
o'ndirish bo'yicha ko'rilgan choralar to'g'risida SMS-
ma'lumot yuborish;
b)
Mijozning
to'lov
qobiliyati/daromadlari
to'g'risida tavsiyalar/ma'lumotlar olish, Mijozning
mikroqarz olishi bo'yicha fikrini/roziligini bilish
uchun qo'shimcha aloqa uchun Mijoz tomonidan
taqdim etilgan shaxslarga qo'ng'iroq
qilish va
qarzdorlik haqida xabar berish, shuningdek,
mijozning qarzini o'ndirish bo'yicha ko'rilgan
choralarni ma'lum qilish.
6.4.14. O'zbekiston
Respublikasining
"Kredit
axboroti almashinuvi to'g'risida"gi Qonunining 19-
moddasi va "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi
O'zbekiston
Respublikasi
Qonunining
18-
moddasiga muvofiq, Mijoz kredit hisobotini olishga,
kredit tarixini shakllantirish va o'zi,
Platforma
va/yoki MMT haqidagi kredit ma'lumotlarining
almashinuviga, shuningdek shartnomani tuzish va
bajarish choralarini ko'rish uchun o'z shaxsiga doir
ma'lumotlarining qayta ishlanishiga to'liq
rozilik
bildiradi.
6.4.15. Platformada mijozning shaxsiy ro'yxat
ma'lumotlari o'zgarishi haqida Platformani darhol
xabardor qilish, shu jumladan:
a)
xizmat ko'rsatuvchi bank (bank to'lov
kartasi) o'zgarganda;
b)
asosiy mobil aloqa raqami o'zgarganda;
c)
Mijozning yashash va/yoki ro'yxatdan o'tgan
manzili o'zgarganda.