• Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
  • “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fani o’quv rejada 2 kursning 3-4-semestrlarida o’qitiladi




    Download 111.27 Kb.
    bet5/47
    Sana14.05.2023
    Hajmi111.27 Kb.
    #59540
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
    Bog'liq
    Samarqand davlat universiteti
    Online, Ko\'tarish, transport mashinalari (Sh.Shoobidov, S.Musayev), KAMQONLIK TURLARI VA SABABLARI, QISHLOQ XO\'JALIGIDA SELEKSIYA ISHLARINI RIVOJLANTIRISH, Telekommunikatsiya tarmoqlarining tuzilishi va asosiy xarakteristikalari
    Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi

    “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fani o’quv rejada 2 kursning 3-4-semestrlarida o’qitiladi.


    Mazkur fan – Falsafa (etika, estetika, mantiq), O’zbekiston tarixi, Ma’naviyat asoslari, Dinshunoslik, Madaniyatshunoslik, Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar, Informatika va axborot texnologiyalari, Yosh fiziologiyasi va gigiyena, Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti kabi fanlar bilan uzviy aloqada o’rganiladi.
    Fanning ta’lim sohasidagi o’rni
    Har bir jamiyatning taraqqiyoti va istiqboli ta’lim tizimining jadal rivojlanishi, ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish bilan o’zaro muvofiq kelishi, jahon ta’limining eng yuqori natijalariga tenglasha olishi, davr talablariga javob berishi va mavjud subyektiv ehtiyojlarni qay darajada qondira olishiga bevosita bog’liq. Ta’lim tizimida ro’y berayotgan tub o’zgarishlar, o’qitish mazmunining tobora yangi g’oya va qarashlar bilan boyib borayotganligi, yosh avlod intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi yangi texnologiyalarning yaratilayotganligi, ta’lim oluvchilarda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, ularni “ommaviy madaniyat” ta’sirida himoyalash zaruriyatining yuzaga kelayotganligi “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fani imkoniyatlaridan samarali foydalanish natijalariga ham bog’liq. Shunga ko’ra ushbu fan asosiy ixtisoslik fanlaridan biri bo’lib, malakali pedagog kadrlar tayyorlash tizimining muhim bo’g’ini hisoblanadi.
    Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
    Talabalar tomonidan “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanining puxta o’zlashtirilishi uchun zamonaviy ta’lim turlari, pedagogik texnologiyalar, jahon ta’limining eng ilg’or yutuqlaridan izchil foydalanish muhim ahamiyatga ega. Fan asoslarini o’zlashtirishda o’quv darsliklari, o’quv va metodik qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma va elektron materiallar, pedagogik, psixologik va tegishli mutaxassisliklarga doir ensiklopediyalar, lug’atlar, o’qitishning texnik vositalari, zamonaviy axborot texnologiyalari kabilardan o’rinli foydalaniladi. Ma’ruza, seminar, laboratoriya mashg’ulotlarining ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida tashkil etilishi ta’minlanadi.
    Fanni o’qitish jarayonida shaxsga yo’naltirilgan ta’lim turlari (dasturiy, modul, innovasion, interfaol, muammoli, rivojlantiruvchi, masofaviy va mustaqil ta’lim, o’yin texnologiyalari), o’qitishning samarali shakllari, zamonaviy metodlari, vositalari, pedagogik va axborot texnologiyalarini muntazam qo’llash nazarda tutilgan. “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanini o’qitishda quyidagi interfaol metodlarni qo’llash ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlaydi: “Bumerang”, “Baliq skleti”, “Nilufar guli”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Keys”, “Charxpalak”, “Qarorlar shajarasi”, “Venn diagrammasi”, “Qanday?”, “Nima uchun?” va hokazo.

    Download 111.27 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




    Download 111.27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fani o’quv rejada 2 kursning 3-4-semestrlarida o’qitiladi

    Download 111.27 Kb.