Detallarni tig’izlik bilan biriktirish usullari. Birikmani mustahkamlikka hisoblash




Download 4.36 Mb.
bet14/16
Sana24.03.2017
Hajmi4.36 Mb.
#1470
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16


2.13-rasm


2.4. Detallarni tig’izlik bilan biriktirish usullari. Birikmani mustahkamlikka hisoblash

Silindrik sirtli ikki detalni manfiy oraliq xisobiga shponkasiz, boltsiz xam o’zaro biriktirish mumkin. Bu usul, ko’pincha, dumalash podshipniklarini valga o’rnatishda, chervyakli gildirakni yig’ishda va boshqa xollarda qo’llaniladi. Buning uchun valning diametri (podshipnikda yoki boshqa detalda) val uchun mo’ljallangan teshik diametridan δ qadar kattaroq qilib tayyorlanadi. Masalan, val diametri B teshik diametri A bo’lsa (5.1-rasm), u xolda B>A yoki

B-A=δ bo’lishi kerak. Natijada δ xisobiga detallar o’zaro maxkam birikadi. Bunday o’zaro biriktirishda presslash, teshikli detalni qizdirish yoki valni sovitish usullaridan foydalaniladi.

2.14 - rasm.


Presslab urnatishda valga uning o’q bo’ylab yo’nalgan F kuch ta’sir ettiriladi. Bu kuch ta’sirida valning xam, teshikning xam ishqalanish sirti deformasiyalanadi va bu yerda bosim kuchi paydo bo’ladi. Paydo bo’lgan bosim kuchi ishqalanish sirtlarida katta ishqalanish kuchini hosil qiladi. Bu esa detallarni bir—biriga nisbatan qo’zg’almas qilib turadi. Shu bois bu detallarga o’q bo’ylab yo’nalgan ma’lum miqdordagi yuklanish qo’yish va burovchi moment ta’sir ettirish mumkin.

Birikmani mustahkamlikka hisoblash. Birikma yukoridagi bayon etilgan usullarni qay biri yordamida hosil bo’lganligidan qatiy nazar, bu o’zaro biriktirilgan detallar tashqi kuch ta’sirida siljimasdan mustahkam tushishi bilan birga shu detallarning o’zi xam mustahkam bo’lishi kerak.

Tig’izlik bilan biriktirilgan detallar o’zaro siljimasligi uchun ishqalanuvchi sirtlarda kerakli bosimni hosil qilish kerak va bu bosim quyidagicha aniqlanadi:

a) birikmaga bo’ylama kuch ta’sir etadi (3.3-rasm, a)

bunda: Fa — ta’sir etuvchi bo’ylama kuch; fishqalanish koeffisiyenta; d — biriktirilayotgan detalning diametri; l— tig’izlik bilan biriktirilayotgan yuzaning uzunligi.


2.15-rasm

b) birikmaga burovchi moment ta’sir qiladi (3.3-rasm, b)

q≥2T/(fπd2l)


  1. birikmaga bir vaqtning o’zida bo’ylama kuch hamda burovchi moment ta’sir qiladi (3.3-rasm, v)

Materiallar qarshiligi kursidan ma’lumki, tig’izlik kuchining qiymati bilan o’zaro biriktiriladigan detallarning ishqalanuvchi sirtlardagi kontakt bosim o’rtasidagi bog’lanish quyidagicha ifodalanadi:



bu yerda: N — tig’izlik kuchi; c — koeffisiyentlar.



,



E1 E2 μ1 μ2 — elastiklik moduli va Puasson koeffisiyentlari qiymatlari val hamda vtulkalar uchun:

po’lat materiallar uchun E=(2.1 ÷ 2.2) • 105 MPa, μ = 0,3

chuyan materiallar uchun E= (1.2 ÷ 1.4) • 105 MPa, μ = 0,3;

bronza materiallar uchun E=(1.0 ÷ 1.1) • 105 MPa, μ = 0,33.

O’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki, ishqalanish sirtidagi ishqalanish koeffisiyentining qiymati shu yuzaning notekisligiga, bosimga, birikmani yig’ishga, yig’ish tezligiga va boshqa omillarga bog’liq bo’lib, po’lat va cho’yan materiallar uchun sovuklayin biriktirilganda f=0,08÷0,1 ga, qizdirib biriktirilganda f= 0,12 ÷ 0,14 ga teng bo’ladi.

XULOSA

Mashinasozlikda ajraladigan va ajralmaydigan birkmalar juda ko’p qo’llaniladi. Ushbu bitiruv ishda ajralmas birkmalardan payvand va parchin mixli, ajraladigan birkmalardan rezbali va shponkali birkmalarning qo’llanish sohalari, ularga qo’yiladigan talablar, geometric parametrlari va ularda hosil bo’ladigan kuchlanishlar hamda ularni hisoblash usullari keltirilgan.



Birkmalarni o’rganish asosida quyidagi asosiy xulosalarni keltirish mumkin:

  1. Payvand birkma eng mustahkam birkma hisoblanadi, lekin unda briktiruvchi detallarning mexanik, ximik xossalari o’zgaradi.

  2. Elektr yoy va gaz alangasida payvandlash uch usulda qizdirib, chala qizdirib va sovuqlayin amalgam oshiriladi.

  3. Uchma – uch payvandlashda uchivernik kerak V – simon va X – simon payvandlash usulari qo’llaniladi.

  4. Payvand birkmalarda hosil bo’ladigan kuchlanishlar ta’sir qiluvchi kuchga, detal eniga va qalinligiga bog’liq bo’ladi.

  5. Payvand birkmalarda hosil bo’ladigan kuchlanishlar ruxsat etilgan kuchlanishlardan oshmasligi kerak.

  6. Parchin mixli birkmalarda choklar bir, ikki qatorli bo’ladi.

  7. Parchin mixli birkmalarda shaxmat nusxa va qatorli choklash usullari ishlatiladi.

  8. Parchinlash ustma – ust, uchma – uch bir ust quymali, uchma – uch ikki ust quymali bo’ladi.

  9. Parchin mixli birkmalarda hosil bo’ladigan kuchlanishlar ta’sir qiluvchi kuchlarga materiallar qarshiligiga bog’liq bo’ladi.

  10. Hosil bo’ladigan kuchlanishlar ruxsat etilgan kuchlanishdan oshib ketsa parchin mixli birkma yaroqsiz hisoblanadi.

  11. Pezbali birkmalar mahkamlovchi va zichlovchi bo’ladi.

  12. Rezbali birkmalar quyidagi talablarga javob berish kerak: bolt, vint sterjenlarning o’qqa to’ppa – to’g’ri bo’lishi; gayka va bolt kallagining tayanch sirtlari rezba o’qiga perpendikulyar bo’lishi; rezbali to’liq va buzulmagan bo’lishi; rezbada ezilgan, chaqalangan, uzilgan va darz ketganjoylar bo’lmasligi; rezballi detallar uchida faska bo’lishi; bolt va shpilkaning uchi gaykadan uch o’ramdan ortiq chiqib turmasligi kerak.

  13. Katta yuklanishlarda va o’zgaruvchan kuchlanishlarda gaykalarning o’z – o’zidan bo’shab ketishiga yo’l qo’yilmaydi, buning uchun qotirib qo’yish usullaridan biri tanlanadi.

  14. Vallarga detallarni briktirishda prizmatik, silindirik, segmentsimon shponkalardan foydalaniladi.

  15. Prizmatik shponkalar detallarning qo’zg’almas yoki o’q bo’ylab qo’zg’aluvchan bo’lishini ta’minlaydi.

  16. Segmentsimon shponkalar kichik yuklamalarda ishlatiladi, ularda hosil bo’luvchi kuchlanishburovchi momentga, val diametriga va gupchak uzunligiga bog’liq.

  17. Ponasimon shponka katta yuklanish birkmalarda ishlatiladi va briktiriladigan detallar orasiga presslab o’rnatiladi.

  18. Shilitssali birkmalar mustaxka va detallarning yaxshi markazlanishini ta’minlaydi.




Download 4.36 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 4.36 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Detallarni tig’izlik bilan biriktirish usullari. Birikmani mustahkamlikka hisoblash

Download 4.36 Mb.