• 2.5. Gauss-Kryuger teng burchakli ko‘ndalang-silindrik proeksiyasi
  • Proeksiyalarning foydalanish xususiyatlari bo‘yicha klassifikatsiyasi




    Download 0.86 Mb.
    bet14/16
    Sana02.11.2022
    Hajmi0.86 Mb.
    #28901
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    1-мавзу.ГТА

    Proeksiyalarning foydalanish xususiyatlari bo‘yicha klassifikatsiyasi




    Ko‘pyoqli proeksiyalar, ularda proeksiyaning parametrlari har bir list yoki ko‘p listli kartaning listlar guruhi uchun tanlab olinadi.
    Ko‘ppolosali proeksiyalar, ularda proeksiya parametrlariaks ettirishda ularga ellipsoid yoki sharning yuzasi bo‘lb chiqiladigan har bir alohida polosa uchun tanlab olinadi.

    2.5. Gauss-Kryuger teng burchakli ko‘ndalang-silindrik proeksiyasi


    Bizning mamlakatimizda barcha topografik kartalar uchun Gauss- Kryuger proeksiyasi qo‘llaniladi. Proeksiya to‘g‘ri burchakli, o‘rta meridian to‘g‘ri chiziq bilan noto‘g‘riliklarsiz tasvirlanadi, ekvator o‘rta meridianga perpendikulyar bo‘lgan to‘g‘ri chiziq bilan tasvirlanadi.



    Qolgan barcha meridianlar egri chiziqli va o‘rta meridian hamda ekvatorga nisbatan simmetrikdir.
    Proeksiyada aks ettirish polosasi olti gradusli yoki uch gradusli zonani o‘zida ifodalaydi. To‘g‘ri chiziqli o‘rta meridian – abssissalar o‘qi va to‘g‘ri chiziqli ekvator – ordinatalar o‘qi har bir zona uchun koordinata o‘qlari hisoblanadi. Er ellipsoidini bo‘lib chiqishda koordinata zonalarining sanog‘i g‘arbdan sharq tomonga yuritiladi. Birinchi zona o‘q meridianining uzunligi 3ºga teng (zero u zonaning o‘rtasida, bu zonaning sanog‘i esa grinvich meridianidan boshlab yuritiladi). Nzonaning raqami va Lº o‘q meridianning uzunligi quyidagi tenglama bilan bog‘langan

    Lº = 6ºN-3º.


    N zonaning Gauss-Kryuger proeksiyasidagi raqami 1:1 000 000 masshtab kartasi kolonnasining raqamidan 30 ga farq qiladi.


    Masalan, karta nomenklaturasi N-45 bo‘lsa, bu Gauss-Kryuger proeksiyasining 15-zonasida joylashganini va uning o‘v meridiani quyidagi uzunlikka ega ekanligini bildiradi

    Lº = 6º×15-3º = 90º-3º = 87º.




    O‘zbnkistonda topografik kartalarini tuzish uchun er ellipsoidining ko‘p polosali tasviri qo‘llaniladi, unda 6º li masofadagi zonalar tekislikka ko‘chirib o‘tkaziladi (2.20-rasm).
    Har bir zona alohida urinma ko‘ndalang silindrda shunday tuziladiki, urinish o‘qi RRʹ zonaning o‘q meridian deb ataladigan o‘rta meridiani bo‘yicha o‘tadi (2.21-rasm). Har bir zonada o‘z o‘q meridiani bo‘ladi.



    2.20-rasm. Er ellipsoidning ko‘p polosali tasviri sxemasi


    2.21-rasm. Ellipsoid yuzasini silindr yordamida yoyi sxemasi


    2.22-rasm. Silindrni tekislikka yoyish natijasi
    Silindrni tekislikka yoyishda o‘q meridian RRʹ to‘g‘ri chiziqning buzilishiziz tasvirlanadi (2.22-rasm) va u xx o‘qi tariqasida qabul qilinadi. EEʹ ekvator ham o‘q meridianga perpendikulyar bo‘lgan to‘g‘ri chiziq bilan tasvirlanadi. U uu o‘qiga muvofiq keladi. Har bir zonada O nuqta – o‘q meridianning ekvator bilan kesishuvi koordinatalar boshi bo‘lib xizmat qiladi. SHunday qilib, har qanday nuqtaning holati x va u to‘g‘ri burchakli koordinatalar bilan belgilanadi.


      1. Download 0.86 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 0.86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Proeksiyalarning foydalanish xususiyatlari bo‘yicha klassifikatsiyasi

    Download 0.86 Mb.