• Ma’lumotlarni import/eksport qilish kichik tizimlari
  • Foydalanuvchining grafik interfeysi
  • Ma’lumotlarni kiritish periferiya qurilmalari.
  • Universal gatlarning strukturasi




    Download 0.86 Mb.
    bet2/16
    Sana02.11.2022
    Hajmi0.86 Mb.
    #28901
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    1-мавзу.ГТА

    GAT funksionalini kengaytirish vositalari GATning ichki tilida yozilgan ilovalarning ijrosi uchun mo‘ljallangan muhitni o‘zida ifodalashi yoki VBA, COM yohud Net texnologiyalari bilan ishlaydigan ustqurma bo‘lishi mumkin. GAT funksionalini kengaytirishning boshqa variantlari ham bo‘lishi mumkin.
    Ma’lumotlarni import/eksport qilish kichik tizimlari boshqa tashqi tizimlar bilan ma’lumotlar almashuvi uchun mo‘ljallangan.
    Aynan GAT funksionalini kengaytirish vositalarining va ma’lumotlarni import/eksport qilish kichik tizimlarining mavjudligi tufayli universal GATlar ochiq tizimlar hisoblanadi.
    Foydalanuvchining grafik interfeysi grafik axborot bilan ishlovchi har qanday tizimning ajralmas qismidir. Uning yordamida foydalanuvchining GAT bilan interaktiv tarzda birga ishlashi amalga oshiriladi. Foydalanuvchi interfeysining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: bosh darcha, asosiy menyu, instrumentlar panellari, karta darchasi, qatlamlar darchasi va boshq. Interaktiv birgalikda ishlash foydalanuvchiga, birinchi navbatda, karta darchasi bilan masshtabni o‘zgartirish, kartani panoramalashtirish va h.k.larning an’anaviy instrumentlari yordamida birgalikda ishlash imkoniyatini beradi.
      1. GATlarning apparat va dasturiy ta’minoti


    Geoaxborot tizimini fazoviy ma’lumotlarni kiritish, saqlash, vizuallashtirish hamda ishlash uchun mo‘ljallangan apparat va dasturiy vositalar majmui sifatida ko‘rish mumkin. GATlarning asosiy apparat vositalari serverlar va ishchi stansiyalaardir. Biroq ishlash uchun shuiningdek ma’lumotlarni kiritish va chiqarishga oid turli periferiya qurilmalari ham zarur. Ularni batafsilroq ko‘rib chiqamiz.


    Ma’lumotlarni kiritish periferiya qurilmalari. Bunday vositalar jumlasiga quyidagilar kiradi:

    1. Klaviatura. Alfavit-raqamli axborotni kiritish uchun mo‘ljallangan. Uning yordamida atributiv ma’lumotlar barobarida grafik (fazoviy) ma’lumotlarni ham kiritish mumkin. So‘nggi holatda bunday kiritish ob’ektlarning u yoki bu koordinatalar tizimidagi koordinatalarini kiritish vositasida amalga oshiriladi.

    2. Sichqon. An’ana bo‘yicha sichqon grafik axborotni vektorli redaktor vositasida kiritishning asosiy vositasi sifatida qo‘llaniladi.

    3. Skaner. Skaner boshlang‘ich qog‘oz yoki boshqa materiallar bo‘yicha rastrli ifodani shakllantirish uchun qo‘llaniladi. Skanerlar quyidagilar bo‘yicha farqlanadi:

    • boshlang‘ich materialni o‘qish uchun uzatish usuli bo‘yicha (qo‘lda ishlanadigan, planshetli, tortuvchi, masalan, rolikli va barabanli);

    • axborotni o‘qish prinsipi bo‘yicha (yorug‘lik yoki yorug‘lik aksi bilan ishlaydigan);

    • rangning teranligi bo‘yicha;

    • imkoniy aniqlik bo‘yicha;

    • geometrik aniqlik bo‘yicha;

    • skanirlash tezligi bo‘yicha;

    • format (skanirlanadigan manbaning maksimal o‘lchami) bo‘yicha.

    1. Digitayzer. Bu qurilma grafik hujjatlarni qo‘lda raqamlash (parchalash) uchun mo‘ljallangan. Parchalash natijasi holati to‘g‘ri burchakli dekart koordinatalari bilan ta’riflanadigan ob’ektlarning konturlarini aylanib chiqishda yuzaga keladigan nuqtalar ko‘pligi yoki ketma-ketligi ko‘rinishida ifodalanadi.

    2. Grafik planshet. Sichqonning alternativasi hisoblanadi va kursorni maxsus pero va planshet yordamida oddiy ruchka bilan rasm chizishni imitatsiyalagan holda pozitsionirlash imkoniyatini beradi.

    Sanab o‘tilgan periferiya vositalaridan tashqari boshqalari ham mavjud, ular ham fazoviy ma’lumotlarni kiritish uchun mo‘ljallangan. Masalan, yo‘ldoshlar yordamida foydalanuvchining o‘rnashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda shakllantiradigan GPS- priyomniklar ushbu ma’lumotlarni ham real vaqt rejimida, ham o‘lchovlar bajarilgandan keyin uzatish uchun kompyuterga ulanishi mumkin.

    Download 0.86 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0.86 Mb.