Universal gatlarning strukturasi




Download 0.86 Mb.
bet3/16
Sana02.11.2022
Hajmi0.86 Mb.
#28901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-мавзу.ГТА

Ma’lumotlarni chiqarish periferiya qurilmalari. Asosiy axborot chiqarish qurilmasi monitor hisblanadi. Biroq axborotni qattiq tashuvchiga chiqarish zarurati bo‘lganda quyidagi qurilmalar qo‘llanilishi mumkin.

  1. Printer. Bu ma’lumotlarni chiqarishning eng ommaviy periferiya qurilmasidir. Printerlar quyidagilar bo‘yicha farqlanadi:

  • bosish uchun materialni uzatish usuli bo‘yicha;

  • bosish prinsipi bo‘yicha (purkovchi, lazer, matritsaviy, barabanli, termik, termomumli va boshq.);

  • imkoniy aniqlik bo‘yicha;

  • bosish tezligi bo‘yicha.

  1. Grafopostroitel (plotter). Bu ma’lumotlarni grafik shaklda qog‘ozga, plastikka, fotosezuvchan materialga yoki boshqa tashuvchiga chizish, o‘yish, fotoregistratsiya yoki boshqa usul bilan chiqarish uchun mo‘ljallangan qurilmadir. Grafopostroitellar quyidagilar bo‘yicha farqlanadi:

  • materialni bosish uchun uzatish usuli bo‘yicha (planshetli, rulonli yoki rolikli);

  • ijrosi bo‘yicha (pol ustiga, stol ustiga qo‘yiladigan);

  • grafik ob’ektlarning tuzilish prinsipi bo‘yicha (vektorli, rastrli);

  • bosib chiqarish usuli bo‘yicha (elektrostatik, purkovchi, lazer, svetodiod va boshq.);

  • ish maydonining o‘lchami bo‘yicha;

  • aniqlik bo‘yicha;

  • rasm chizish (bosish) tezligi bo‘yicha.

GATlarning dasturiy ta’minoti bi nechta asosiy va yordamchi modullardan (ilovalardan) iborat bo‘lishi mumkin. Odatda GATning asosiy funksiyalari foydalanuvchining an’anaviy grafik interfeysiga ega bo‘lgan bitta asosiy ilova bilan amalga oshiriladi. Bunday tizimlarning yordamchi dasturiy ta’minotiga odatda turli dastur- konvertorlar, bosib chiqarish menejerlari, ma’lumotlar vyuverlari, turli tashqi qurilmalar bilan biriktirish modullari va boshq. kiradi.
Tabiiyki, GATlarning dasturiy ta’minoti kompyuterlarda oldindan ko‘zlab o‘rnatilgan operatsion tizimlar bilan amal qiladi. Dasturiy ta’minot 7-bobda batafsilroq ko‘rib chiqiladi.

    1. Download 0.86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 0.86 Mb.