• BAJARDI
  • II. BOB. 7-8-SINFLARIDA IQTISODIY MAZMUNDAGI MASALALARDAN FOYDALANISH METODIKASI
  • Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati KIRISH
  • Universiteti fizika-matematika fakulteti




    Download 52.05 Kb.
    bet1/6
    Sana23.05.2022
    Hajmi52.05 Kb.
    #21671
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    FYGHVJKNMJKLM,
    kurs ishi, 9999, Gazlamashunoslik, Termopara - Vikipediya (1), seminar 4 yuq

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


    FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI


    K U R S I SH I

    Mavzu: Umumiy o’rtata’lim maktablarining 7-8-sinflarda iqtisodiy mazmundagi masalalar




    BAJARDI: Ergashev O’ktamjon
    ILMIY RAXBAR:

    Mundarija
    Kirish…………………………………………………………………………….
    I BOB. UMUMIY O’RTATA’LIM MAKTABLARIDA IQTISODIY TA’LIM TUSHUNCHASI
    1.1. Maktab iqtisodiy ta’limi muammolari……………………………..
    1.2. Iqtisodiy mazmundagi masalalar…………………………………
    II. BOB. 7-8-SINFLARIDA IQTISODIY MAZMUNDAGI MASALALARDAN FOYDALANISH METODIKASI
    2.1. Iqtisodiy mazmundagi masalalarni yechishda konpyuterdan foydalanish…………………………………………………………………
    2.2. Zamonaviy texnologiyalarning iqtisodiyotdagi o’rni…………………….
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
    KIRISH
    O`zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar respublikaning tavnaqini ta’minlaydigan istiqboldagi rejalarni amalga oshirishida muhim o`rin tutadi.
    2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustivor yo`nalishi belgilab olindi:

    1. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish.

    2. Qonun ustuvorligini ta’minlashva sud-huquq tizimini yanada isloh qilish.

    3. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish.

    4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish.

    5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat.

    1. yilga kelib davlatimizning barcha sohalarida yangi davr boshlandi, shu qatori

    ta;lim sohasida ham yangi islohatlar kiritildi. 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o`rta ta’lim to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140 sonli qaror, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6-apreldagi “Umumiy o`rta ta’lim va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi 187-sonli qarori bilan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan umumta’lim fanlari bo`yicha “Davlat ta’lim standarti” tasdiqlandi. Davlat ta’lim standarti bu yilgi o`quv yilidan kuchga kirib, ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.Shu qatorida algebra fanida ham qator o`zgarishlar bo`ldi.
    Ushbu malakaviy bitiruv ishida “7-sinfda algebra fanini o`qitishda o`quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish” mavzusi yoritilishiga harakat qilindi.
    Bu mavzuning dolzarbligi shundaki, hozirgi XXI asrda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo`llashning yangi usul va vositalarini tez rivojlantirish, uning o`sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasida ijobiy tomonlari qanday ekanligini yoritib berish va o`quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirishning o`rni alohida ahamiyat kasb etilishini tushuntirishdan iborat.Kompetensiyalarni shakllantirishga yo`naltirilgan ta’lim- o`quvchilarning egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini o`z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo`llay olish imkoniyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga akslangan ta’lim o`quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo`lish, tashabbuskorlik, axborot komminikatsiya texnologiyalaridan o`z faoliyatida o`ilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog`lom raqobat hamda umummadaniy ko`nikmalarni shakllantiradi.Hozirgi yillarda egoism, bir-birini tushunmaslik, tanqidga chidamaslik xislatlari kattalar orasida o`zaro munosabatlarda salbiy rol o`ynaydi. Shunga ko`ra, juftlikda va guruhlarda ishlash, bahs-munozara o`tkazish, didaktik o`yinlar o`tkazish kabi usullardan foydalanib mashg`ulotlar tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi.
    Matematikadan o`quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishda katta qiyinchiliklar vujudga kelmaydi. Masalan: tayanch kompetensiyalardan biri “Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi” fanga oid kompetensiyalar bilan uyg`undir. Matematika ko`proq hisoblar, mantiqiy fikrlashni talab qilganligidan kommunikativ kompetensiyaning yozma nutqini rivojlantirish qismiga ko`proq e’tibor berilgan. Mashg`ulotlarda matematik atamalar konkursi, savol-javoblar, aqliy hujum kabi metodlar qo`llanilib kommunikativ kompetensiyalar shakllantirilgan. Matematik ta’limga kompetensiyaviy yondashuv o‘quvchilarda kasbiy, shaxsiy va kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishni hamda matematik ta’limning amaliy, tatbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishni nazarda tutadi. Inson o`z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o`z o`rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi, o`z sohasi, kasbi bo`yicha raqobatbardosh bo`lishi uchun zarur bo`lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo`lishi lozim. Bundan tashqari, ta’limda har bir o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida o`quvchilarda, shu fanning o`ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
    O`zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga yo`naltirilganligidan kelib chiqqan holda, umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limida o`qitiladigan umumta’lim fanlari mazmunining izchilligini ta’minlash maqsadida tayanch kompetensiyalar hamda har bir o`quv fani mazmunidan kelib chiqqan holda xususiy kompetensiyalar belgilanadi.
    Matematika faniga oid kompetensiyalar –o`quvchining ta’lim jarayonida olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olishidir, hamda quyidagi elementlarni o`z ichiga olgan o`z-o`zini anglashidagi bilimlar yig`indisi hamdir. Jumladan, mantiqiy, metodologik, qiyoslash, idrok qilish, tadbiq etish, o`z-o`zini baholash faoliyati. Mazkur kompitentlilik doirasida o`quvchida faktlarni asosiylaridan ajrata olish va xulosa chiqarish malakasi shakllanadi.
    O`zbekistоn Respublikasining “Ta’lim to`g`risida” gi Qоnuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da belgilangan asоsiy vazifalar ijrоsini ta’minlashning asоsiy yo`nalishlaridan biri axbоrоt-kоmmunikatsiоn ta’lim muhitida ta’lim berishni tashkil etish, bоshqarish, sifat va samaradоrligini оshirish mexanizmlarini yaratishdir. Axbоrоt-kоmmunikatsiya texnоlоgiyalari o`quv jarayonini jadallashtirish, o`qitish sur’atini оshirish va uni individuallashtirish, kasbiy faоliyatdagi vaziyatlarni mоdellashtirish, har bir ta’lim оluvchining faоl vaqtini оshirish va ta’limda ko`rgazmalilikni kuchaytirish hisоbiga оliy ta’lim оldiga qo`yilgan zamоnaviy masalalarni hal etishga imkоn beradi. Bularning barchasiga mоdellashtirish yo`li bilan bilish faоliyatini faоllashtirish, multimedia vоsitalari yordamida kasbiy faоliyatning tipik vaziyatlarni imitatsiyalash, оlingan bilimlarni yangi vaziyatlarda qo`llash, egallangan ko`nikma va malakalarni samarali mashq qilish, o`qitish natijalarini avtоmatik nazоrat qilish, ijоdiy va tanqidiy fikrlashni rivоjlantirish bilan erishish mumkin. Ta’limda axbоrоt texnоlоgiyalarini jоriy etishning zaruriyati, birinchidan, o`qituvchini o`quv jarayonining tashkilоtchisi sifatida emas, balki bilimlarni egallash manbalaridan biriga aylanib qоlayotganligi bo`lsa, ikkinchidan, ilmiy-texnik taraqqiyotning rivоjlanayotgan bоsqichida axbоrоtlarning keskin оrtib bоrayotganligi va ulardan o`qitish jarayonida fоydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek, o`quvchilarni kasbiy faоliyatga mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga zamоnaviy texnоlоgiyalarni jоriy etishni taqоzо etmоqda.
    Ta’lim berishning nazariyasi va amaliyotda o`quvchilarning bilim olish harakatlarini faollashtirish eng dolzarb muammolardan biri bo`lgan. Yangi asr o`qituvchisi ta’lim berish, tarbiyalay olish va ta’lim oluvchining bilimlarini xolisana baholay olish, qolaversa, nazorat qilish hamda ta’lim-tarbiyajarayoniga bo`lgan yangicha qarashlarni shakllantirishi xislatlariga ega bo`lishi kerak. U o`z faoliyatida qobiliyatli, zamonaviy, ilmiy va madaniy taraqqiyotning mohiyatini tushuna bilishi, dunyo va inson haqidagi bilimlar tizimini keng nuqtai-nazardan aniqlash, qolaversa, kompyuter va boshqa o`qitish texnik vositalaridan ta’lim jarayonida foydalana olishi lozim. Shuningdek, milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni mukammal egallashi, ma’naviy barkamol, diniy ilmlardan ham xabardor, e’tiqotli, fuqarolik va vatanparvarlik burchini his qilishi, asosiysi, milliy mafkura hamda bugungi iqtisodiy islohotlar mohiyatini to`la tushunib yetgan bo`lishi lozim.Kompetensiyaviy yondashishga asoslangan davlat ta’lim standarti bu yilgi o`uv yilidan kuchga kirib, ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.



    Download 52.05 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 52.05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Universiteti fizika-matematika fakulteti

    Download 52.05 Kb.