|
Universiteti samarqand filiali 4-mavzu kiberxavfsizlik arxitekturasi, strategiyasi va siyosatiBog'liq d
CYSF16MBK
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
Hozirda bunday arxitekturalarni yaratishda bir necha yondashishlar mavjud,
masalan TOGAF, Zachman Framework, FEAF, DODAF va h. Ammo, qaysi bir
yondashish tanlanmasin, hozirgi sharoitda axborotdan va axborot tizimidan
foydalanmay rivojlanish mumkin emas.
Axborot va axborot tizimlari nafaqat tijoratdagi har qanday oʻzgarishlarni
madadlaydi, balki ularni oldindan sezadi, ularga oldindan tayyorlanadi. ba'zi xollarda
esa yangi tijorat-imkoniyatlarining paydo boʻlishiga yordam beradi. Biroq tijorat
doimo istalgancha rivojlanmaydi. Bunda ma`lumotlarning sirqib chiqishi, axborot
texnologiyalari infrastrukturasi elementlarining ishdan chiqishi va h. bilan bogʻliq
axborot operatsion risklar anchagina rol o'ynaydi. Hozirgi va kelajak risklarga tayyor
bo'lish uchun korxonaning boshqa arxitekturalari bilan uzviy bog'langan axborot
xavfsizligi arxitekturasi zarur.
Kiberxavfsizlik arxitekturasi jarayonlarni, inson rolini, texnologiyalarni va turli
xil axborotni tavsiflaydi, hamda zamonaviy korxonaning murakkabligini va
o'zgaruvchanligini hisobga oladi. Boshqacha aytganda, kiberxavfsizlikning
arxitekturasi tashkilotning va u bilan bogʻliq boshqa komponentlar va
interfeyslarning istalgan axborot xavfsizligi tizimi holatini tavsiflaydi. Bunda axborot
xavfsiziligi arxitekturasi tijoratning joriy va eng muhimi, kelgusidagi ehtiyojini
akslantiradi.
Odatda arxitekturaning 3 ta sathi ajratiladi - konseptual, mantiqiy va amalga
oshirish (texnologik). 4.2-rasmda bunday arxitektura keltirilgan bo'lib, odatda
texnologiyalar jihatidagi qismi xavfsizlik xizmati nazoratidan chetda qoladi.
HISOB
3
KIBERXAVFSIZLIK
ASOSLARI
|
| |