Uo‘K: 82-312. 6(410. 1) Квк: 84(7)




Download 13.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/274
Sana12.05.2023
Hajmi13.6 Mb.
#58892
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   274
Bog'liq
martin iden
2-amaliy mashg'ulot, СУРГ 1 РЭ, ultraPAYVANT, Presentation 4, Smolevskiy V.M 1987 GIMNASTIKA, asosiy UMUMIY-PSIXODIAGNOISTIKA, 3, 3-lab lms, OLIY MATEMATIKA OQUV QOLLANMA Sora, 1-Mavzu Skaner turlari va ishlash prinsipi. Skanerlarning o`rna, Ўзбекистон тарихи, GOST dasturlash savollariga javob, 8 кл кружок англ яз English
- deb takrorladi, xolos.
- 0 ‘! - deb yubordi qiz, Martin uning ovozida 
ham, chehrasida ham sarosimalik alomatini his 
qildi. Martinning o‘zi ham dovdirab qoldi, uning 
oftobda qoraygan yuzlariga rang yugurdi, qon 
quyildi, lekin uning nazarida, go“yo bir soatdan


Martin Iden
13
beri langlllab yonib turgan o'choq oldida 
ganidan yuzlari shunday lovillab yonayotgan- 
ga o'xshab tuyuldi. Pichoqbozlik singari xunuk 
narsalar haqida kibor xonimga hikoya qilish 
munosibmikin. Kitoblarda yozilishicha, bunday 
qizlar davrasida hech qachon bunaqa mavzuda 
suhbat qilmasdilar, - ehtimol, ular bunday nar- 
salardan bexabardirlar ham.
Endigina jonlanib kelayotgan suhbat xiyol- 
gina uzilib qoldi. Shunda Ruf yana savol berdi, 
bu safar savol uning yonog‘idagi chandiq haqida 
edi. Qiz yigitga yaqin bolgan narsalar to‘g‘risi- 
da gaplashishga urinayotgan edi, buni sezgan 
Martin darhol qizning savoliga javob berdi-yu, 
suhbatni qizga yaqin bolgan mavzuga burishga 
qaror qildi.
- Shunaqa bir voqea bolgan edi, - dedi u qoli 
bilan yonoglni silarkan. - Bir kun kechasi kuchli 
tolqin paytida grot4 hamma lash-lushlari bilan 
dabdala bolib ketdi. Tross simdan edi, u ilon- 
day tolg'anib duch kelganni qamchilay boshla- 
di. Vaxtadagilarning hammasi uni ushlashga 
otildi. Men ham unga tashlanib, tutib bogladim, 
o'shanda yuzimga sharaqlab kelib tekkan edi.
- O'! - dedi qiz yana, bu safar birmuncha ham- 
dardlik bilan, lekin baribir u «grot», «tross» so'zla- 
rining ma’nosiga aslo tushunmas edi.

Download 13.6 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   274




Download 13.6 Mb.
Pdf ko'rish