|
ekan, deb o^lardi u, yetti uxlab tushimga kirma-Bog'liq martin iden 2-amaliy mashg'ulot, СУРГ 1 РЭ, ultraPAYVANT, Presentation 4, Smolevskiy V.M 1987 GIMNASTIKA, asosiy UMUMIY-PSIXODIAGNOISTIKAekan, deb o^lardi u, yetti uxlab tushimga kirma-
gan porloq va ajib hayot bu yoqda ekan. Martin
atrofini o'rab olgan barcha buyumlarni mutlaqo
unutib, haris ko'zlarini qizga tikdi. Ha, bu qiz
shu qadar ajib bir xilqat ediki, u deb yashasa,
unga intilsa, uning uchun kurashsa va uning
Martin Iden
15
yolida jon fido qilsa arziydi. Kitoblarda
yozilgan ekan. Dunyoda mana bunaqa ayollar
bolarkan-u. M ana o'shalardan biri. Bu qiz Mar-
tinning xayoliga qanot baxsh etdi, natijada ylgit-
ning ko‘z oldida ulkan va porloq lavhalar namo-
yon boldi va u lahzalarda sehrli va romantik
obrazlar, ishq-muhabbat manzaralari va zarrin
chechak yanglig‘ shu solim ayol yolida qilingan
mardonavor ishlar bir-biriga qorishib ketdi. Mar
tin ana shu antiqa sarob singari jimirlab, mavj-
lanib turuvchi lavhada o‘zi bilan san’at va ada-
biyot haqida suhbat qurib o‘tirgan ayolni ko'rdi.
Yigit qizga tikilib o‘tirib, uning gaplarini tinglar-
kan, o‘z ko'zlarida, qizga tikilgan o'tkir ko'zlari-
da erkak kishi tabiati aks etib turganini payqa-
masdi. Lekin hayotni va erkaklar tabiatini yaxshi
bilmagan bu qiz yigitning o‘tdek chaqnab turgan
ko'zlariga ko‘zi tushdi-yu, ayollarga xos ehtiyot-
korlik bilan o'zini tutib oldi. Shu paytgacha bi-
ronta ham erkak unga bu tarzda tikilmagan edi,
shuning uchun hozir qiz uyalib ketdi. Qiz suh
bat kalavasining uchini yo‘qotib, duduqlandi va
gapdan to'xtadi. U bu odamdan qo'rqardi va ayni
vaqtda uning bu tarzda tikilishi negadir qizga
xush yoqardi. Tarbiya bilan singdirilgan odatlar
|
| |