|
lab chiqdi. Qarshisida Artur bilan akasi NorBog'liq martin iden 2-amaliy mashg'ulot, СУРГ 1 РЭ, ultraPAYVANT, Presentation 4, Smolevskiy V.M 1987 GIMNASTIKA, asosiy UMUMIY-PSIXODIAGNOISTIKA, 3lab chiqdi. Qarshisida Artur bilan akasi Nor
man otirardi. Rufning akalari, deb oyiadi ichida
va ularga nisbatan qalbida samimiy husni ta-
vajjuh hissi uyg'ondi. Bu oila a ’zolari bir-birlari-
ga naqadar mehribon-a! U Rufning o‘z onasini
qarshi olganini, qanday samimiy o‘pishganini,
bir-birlarini quchoqlagancha uning oldiga qan
day yurib kelishganini xotirlay boshladi. Martin
tug'ilib o‘sgan muhitda ona bilan bola o‘rtasida-
gi bu singari mehribonlik odat tusiga kirmagan
edi. Uning uchun bu m alum darajada yangi bir
Martin Iden
23
kashfiyot edi, bu - zodagonlar sinfigina
hissiga m usharraf bolishini isbotlar edi. Bu yan-
gi muhitda u ko'rishga muyassar bolgan barcha
narsalar ichida eng go'zali shu edi. U behad ta’sir-
lanib ketdi va qalbi mehribonlik tuyg\isi bilan
toldi. Martin butun umr muhabbatga mushtoq
edi. Uning tabiati ishq-muhabbatga о‘ch. Butun
vujudi shuni talab etar edi. Lekin u ishq-muhab-
batsiz yashab kelar va oqibatda yolg'izlikda yura-
gi toshga aylanib borardi. Holbuki, u hech qa-
chon m uhabbatga ehtiyoji borligini fahmlamas
edi. Buni hozir ham payqamasdi. U ko‘z o‘ngida
faqat muhabbatning sharpasinigina ko‘rdi, hozir
ana shu oliyjanob, sernash’a va nafis tuyulgan
sharpa uning qalbini hayajonga solgan edi.
Martin dasturxon tepasida mister Morzning
yo'qligidan xursand edi. Ruf bilan, uning onasi
va akasi Norman bilan tanishganining o‘zi unga
kifoya edi, Artur bilan esa bir oz tanish. Buning
ustiga yana otasi bilan tanishish juda ortiq-
cha bolardi. Nazarida, u hech qachon mehnat
|
| |