Oila farzand tarbiyasining asosiy bo`g`inidir




Download 354.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana16.05.2023
Hajmi354.29 Kb.
#60085
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-05 05-49
Festivals, ADOBE ILLUSTRATOR CS6 YUKLAB OLISH, 1-mavzu pul va banklar, 1-Mavzu Model va modellashtirish tushunchalari. Matematik va ax, “ТАШКЕНТ-ХЛЕБНЫЙ ГОРОД. ТОШКЕНТ-СОВРЕМЕННҚЙ МЕГАПОЛИС.” (ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ВСЕХ ЧАСТЕЙ РЕЧИ), Banklarda depozit operatsiyalari hisobi, 1. Nomanfiy butun sonlar haqida O’nlik sanoq sistemasida amallar, 1307236, O‘RQ-644 27.10.2020, а, O\'zbek tilining tarixiy grammatikasi Fonetika, morfologiya, sintaksis, 7-mavzu Ma’lumot-axborot hujjatlari. Xizmat yozishmalari, 18. Жигар патофизиологияси, 1-kurs 1-semestr YN test savollari (4)
9. Oila farzand tarbiyasining asosiy bo`g`inidir.
Kishilik jamyatinining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti tarixidan
ma’lumki, bola shaxsining kamoloti oilada shakllanadi. 
Oila — jamiyat hayotining kichik bir debochasi bo’lib, har
tomonlama sog’lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun
ma’sul bo’lgan g’oyat muhim tarbiya o’chog’dir.
O’zbek oilasi a`zolarning barchasini savodxon, ma’lumotli deb
atasak, xato qilmagan bo’lamiz, ana shu imkoniyatlar ta’sirida o’g’il
va qizlar bilimli, fikr-mulohazali, topqir, ishbilarmon, aql-zakovati
bo’lib voyaga etmoqdalar.
Oiladagi bola tarbiyasi ikkiyoqlama ahamiyat kasb etadi, ota-
onalar farzandlariga ahloq-odob, ruhiyat va ma’naviyatga oid
bilimlardan saboq berish bilan qanoatlanib qolmasliklari, balki
o’zlari ham tarbiyaning o’ziga xos sir-sinoatlari, hususiyatlari, uning
mazmun-mohiyati va ma’nosiga doir eng yangi ma’lumotlardan
xabardor bo’lib turishlari kerak bo’ladi.
O’z farzandlariga oqilona tarbiya bera olgan ota-onalar,
umrlarini rohat va farog’atda o’tkazadilar, bolalaridan hamisha
olijanoblik, mehribonlik, yaxshilik ko’radilar, dillari aslo jaroxat
azobini sezmaydi; o’kinish hissiga duchor bo’lmaydilar. Shu
to’g’rida o’zbek xalqidagi quyidagi maqol darak beradi: “Toy
ulg’aysa, ot tinadi (ya`ni ot minishdan qutqariladi)”.
Oilaning asosiy tayanchi bo’lgan ota, hayotning barcha
mashaqqatlaridan totib ko’radi, o’zining bukilmas irodasi,
adolatparvarligi, hayot sinovlariga bardoshliligi bilan ajralib
turuvchi buyuk shaxs sifatida gavdalanadi.
Ota — oilaning boshlig’i, posbonidir. Zero, oilaning har bir
ko’z ilg’amas nuqtalarini ilg’ay olish, oila a’zolariga faqat to’g’ri,
haq yo’lni ko’rsatib turishdek insoniy mas`uliyat ota zimmasida
turadi.
Ota oilada o’z farzandlariga har tomonlama yurish-turishda,
nutq odobida, o’zaro muomala madaniyatida, eng muhimi amaliy
ish faoliyatida to’g’rilik va haqqoniylik, samimiylik va xolislik
yuzasidan namuna ko’rsatadi.


Murg’ak tasavvurli bola ilk tarbiyani oilada oladi. Bola
tarbiyasining ilk saboqlari haqida atoqli o’zbek pedagogi Abdulla
Avloniy o’zining “Turkiy guliston yoxud Axloq” kitobida quyidagi
ibratli o’g’itlarni aytgan edi: “Tarbiyani tug’ilgan kundan
boshlamak, vujudimizni quvatlantirmak, zexnimizni
ravshanlashtirmak lozim”.
Oilada kattalarning obro’si qo’rqitish asosida emas, balki
samimiylik, o’zaro hurmat-ehtirom zamiriga qurilishi maqsadga
muvofiqdir. Oila a`zolarining inoqligi, o’zaro hamjihatligi, kiyinish
madaniyati, mehnat faoliyati, o’zga kishilar to’g’risidagi suhbatlari
va ularning boshqa sifat hamda fazilatlari bolaning murg’ak
tasavvuriga yangi timsollarni olib kiradi.
Oila tarbiyasi bolaning kelajakda kim bo’lib yetishishida mu-
him o’rin tutadi, bola dastlab oilada jamiyatning qiyofasini quradi,
bo’lajak fuqaroning huquq va burchlari, dunyoqarashi va axloqiy
qarashlari oilada shakllanadi, shu asosda jisman va ruhan kamol
topib boradi. Bola uchun oiladagi sog’lom ijtimoiy-ruxiy muhit,
madaniy-ma`naviy va axloqiy qadriyatlar, an`analar, ijtimoiy-
hayotiy tajribalar, ko’nikma va malakalar manbaidir.
Bu oilaviy tarbiya jarayonida sayqallanib boradi, tarbiyaning
mohiyati kishini hayotga tayyorlashdan iborat bo’lib, tarbiyaning
mazmuni, yo’nalishi, maqsadi va vazifasi kishilarning ijtimoiy
munosabatlariga bog’liq.
Kishi shu munosabatlarga asosan hayotga biron-bir tarzda
qaraydigan bo’ladi, tafakkuri orqali olamni anglaydi va o’zining
unga nisbatan munosabatini shakllantiradi, muayyan axloq
mezonlari ruxida tarbiya topadi, chunki oilaviy tarbiya ijtimoiy
tarbiyaga nisbatan bolalarning ruxiy olamiga, xissiyoti
va tuyg’ulariga chuqur ta`sir ko’rsatadi.
Oiladagi ma`naviy-ruxiy muhit, bola tarbiyasida g’oyat muhim
ahamiyatga ega bo’lib, oila a`zolarining turmush tarzi ko’p hollarda
farzandlarning ruhiy kayfiyati, tasavvuri va xissiyotlarini belgilab
beradi. Demak oila sog’lom, barkamol insonni tarbiyalab voyaga
etkazishda jamiyat oldida mas`uldir.
Oilada tarbiya topgan xar bir inson xar jixatdan umuminsoniy
ahloqiy, ilmiy, e`tiqod va boshqa sohalarda kamolatga yetgan
hislatlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi lozim, kamolot sari
intilgan kishi asta-sekin olamni, o’zligini taniy boshlaydi.


Komillik insonning adolatli bo’lishi, xaqiqat va yaxshilikka
intilishi, vijdonan pok, o’z hatolarini anglab, ulardan xalos bo’lishga
xarakat qilishi demakdir, ma`naviyatni boyitish, iymon-e`tiqodli,
aql-zakovatli bo’lish kishilarni g’aflatdan uyg’otadi, barcha ezgu
tilaklarini ro’yobga chiqaradi.
Yosh avlodni barkamol, sog’lom, Vatan tuyg’usini xis qila
oladigan shaxs qilib voyaga etkazish, birinchi navbatda, oilaga
va ota-onaga bog’liqdir.
Insonning taqdiri, kelajak hayotidagi yutuqlari yoki
muvaffaqiyatsizligi, baxtli yoki baxtsizligi, kasb tanlashi, hattoki
kayfiyati, uning oilaviy muhiti bilan bog liqdir. Oilaning taqdiri esa
ʻ
insonning o ziga bog liq. Jamiyatning ma naviy qiyofasi oilalarning
ʻ
ʻ
ʼ
qandayligiga bog liqligi azaliy haqiqat. Chunki, oila jamiyatning
ʻ
ijtimoiy-ma naviy bo g ini, kichik bir vakili bo lib, aynan oila
ʼ
ʻ ʻ
ʻ
zaminida xalqimizning bugungi kuni va kelajagi bunyod etiladi.
Agar oilada tartib-intizom bo lsa, uning a zolari shu xislatlarini
ʻ
ʼ
xizmat jarayoniga ko chiradi va ijtimoiy mehnat faoliyatlarida
ʻ
qo llaydilar. Bu esa, ularning o z xizmat vazifalarini yuksak
ʻ
ʻ
darajada bajarishlariga sabab bo ladi.
ʻ
Oila bu odobi axloq, xushmuomlalik, mehnatsevarlik asosida
qurilgan bo lishi, insonlar o rtasidagi munosabat va muloqotlarda
ʻ
ʻ
o ta muhim va shaxsning fe l-atvori, yurish-turishida alohida
ʻ
ʼ
ahamiyat kasb etadi. Agar oila o z farzandini Vatanga muhabbat va
ʻ
sadoqat ruhida tarbiyalasa, bu his-tuyg u unga butun hayoti
ʻ
davomida hamroh bo ladi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev
ʻ
“Zamonaviy bilim va ko nikmalarga ega, mamlakatning munosib
ʻ
kelajagi uchun javobgarlikni o z zimmasiga ola biladigan barkamol,
ʻ
maqsadga intiluvchan va serg ayrat yoshlarni tarbiyalash
ʻ
mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim
shartidir
9
,” – degan edi. 
Ular bolalarni tarbiyalashni jamiyat taqdirini, millatning
kelajagini belgilaydigan asosiy mezon deb hisoblaganlar. Ularning
pedagogik qarashlari zamirida ijtimoiy ideal sifatida komil inson
g oyasi yotadi. Hamda ular muayyan tarbiyashunoslik bo yicha
ʻ
ʻ
qarashlar tizimini tashkil etadi.
______________
[9]
O zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Yoshlar –
ʻ
kelajagimiz” Davlat dasturi to g risida.
ʻ ʻ


Xulosa.
Men bu yozgan kurs ishimga shuni xulosa qilib ayta olamanki,
oilada bola tarbiyasining milliy o’ziga xos qoidalari mavjud bo’lib,
ota-onalar ulardan o’rinli foydalanishlari lozim. Oilada ma`naviy-
ruhiy hotirjamlik, o’zaro totuvlik xukmron bo’lsa, oila a`zolari bir-
birlariga g’amxo’r bo’lsalar, bola tarbiyasining tayanch nuqtasini
topa olsalar, bunday muhit bola tarbiyasiga ijobiy ta`sir etadi va ular
farzandlariga haqiqiy baxt hadya etadilar, bu bilan ishimizda
rivojlanish, jamiyatimizda olg’a siljish bo’ladi.
Abu Ali ibn Sino o‘zining ko‘p tarmoqli mahsuldor ijodi, boy
merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotida katta rol o‘ynadi. 
O‘z ijodi, ilmiy faoliyatida Ibn Sino Markaziy Osiyo, Yaqin va
O‘rta Sharq mamlakatlaridagi yuqori madaniy ko‘tarinkilik,
madaniy uyg‘onishning ma’naviy yutuqlarini mujassamlashtira oldi,
bu bilan butun Sharq va Yevropadagi ma’rifat, madaniyat
taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ibn Sino ilmiy ijodini o‘rganish
bugungi kun dolzarb mazalalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Shu
jumladan, “Al-Ishorat va at-tanbihot” Ibn Sinoning eng mukammal
falsafiy asari bo‘lib, uning birinchi qismi mantiqqa, ikkinchi qismi
esa metafizikaga oiddir.
Men bu kurs ishini bajarish davomida juda ko`plab tarixiy
manbalarni o`rganishga muvaffaq bo`ldim. Kurs ishini o`rganish
jarayonida olgan bilimlarim menga amalda va hayotda ham juda
katta asqatadi deb ishonaman. Ayniqsa, “Tib qonunlari” kitobi
hozirgi kunda tibbiyot talabalari uchun muhim dasturilamal
vazifasini bajarmoqda.
Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu
mavjud dunyoda erishuv mumkin, jamiyatda insonlar o‘zaro
yordam asosida yashashlari kerak deb ta’kidlaydi. Jamiyat
kishilarning o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli
qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini ta’kidlaydi. Jamiyat
a’zolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va
adolatsizlik jazolanishi, basharti podshoning o‘zi adolatsizlikka yo‘l
qo‘ysa, xalqning unga qarshi e’tirozi to‘g‘ri va jamiyat tomonidan
qo‘llab-quvvatlanmog‘i lozim.
Mustaqilligimiz tufayli yurtimizda Abu Ali ibn Sinoning ilmiy
merosini o‘rganishga e’tibor kuchaytirilgan. Yurtimizda Ibn Sino
asarlarini tarjima va tadqiq etishda sharqshunos olimlar Sh.H.


Hamidullin, S.Mirzayev, H.Hikmatullayev, A. Xamidov [A.
Xamidov. Abu Ali ibn Sino hayoti va ijodiy merosi. T.: 1980. 43-
bet.] lar ulkan ishlarni amalga oshirdilar. Yevropa olimlaridan
E.Bishmann, Parviz Morverij [Parviz Morverij. “Avicenna (Ibn
Sina) metofezikasi” 2004. 141-bet], arab, eron, turk olimlaridan
M.U.Najotiy, A.N.Nodir, Yahyo Mahdaviy, Umar Farruh ma’lum
hissa qo‘shganlar.
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obektivlik, xususiylik
usullarida Ibn Sinoning “Axloq” to‘g‘risidagi falsafiy qarashlari
obyektiv ochib berildi. Mantiqiylik tamoyilida esa, bugungi kundagi
yosh avlodga ta’sir etuvchi baxt-saodat masalasining ahamiyati
aqlning yuqori o‘rinda ekanligi bilan belgilanib, tadqiq qilindi.
Inson hayoti davomida baxt-saodat uchun intilib yashashi va unga
erishishda duch keladigan muammolarni yechishi tizimlilik metodi
sifatida talqin etildi. Mazkur tadqiqotda ilmiy bilishning tarixiylik,
vorisiylik, sistemalilik va qiyosiy tahlil usullaridan keng
foydalanildi.



Download 354.29 Kb.
1   2   3   4   5




Download 354.29 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Oila farzand tarbiyasining asosiy bo`g`inidir

Download 354.29 Kb.
Pdf ko'rish