Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"




Download 1.04 Mb.
bet13/113
Sana02.11.2022
Hajmi1.04 Mb.
#28803
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   113
Bog'liq
Тилшунослик NAZARIYASI majmua 222
Dars jadval, Mavzu Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tend, 1665378806 2, mta4, Reyimberdiyev Sanjar 311 21 guruh Diskret tuzilmalar 1 amaliy ish, Документ Microsoft Office Word, Гр раҳбари иш режа, file, Kitob 7321 uzsmart.uz, 1. Ikki o lchovli integral, uning xossalari, geometrik va mexani, Назарий машғулот №86, Назарий машғулот №85, randomized, Simonova IF
Adabiy til va milliy adabiy til ilmiy adabiyotlarda umumxalq tilining yuqori shakli sifatida qaraladi. Shu bilan birga, adabiy til bilan milliy adabiy til, tamoman boshqa-boshqa til hodisasi emas, ular, deyarli bir tushuncha doirasida (ayniqsa, bu fikr hozirgi milliy til doirasida) tushunilishi ham mumkin. Shu sababli, ular haqida berilgan ta’riflar, deyarli bir xillikka ega. Lekin ulardagi umumiy tomonlar hamisha to‘g‘ri kelavermaydi. Chunonchi, adabiy til milliy adabiy tilga qaraganda ancha oldingi davrlar mahsuli hisoblanadi, deyarli umumxalq tilining quyi bosqichlari (mahalliy sheva, dialektlari)ning shakllanish bilan bog‘liq holda yuzaga kela boshlaydi. U har bir davrga xos milliy til xususiyatlarini o‘zida singdira boradi. Shuning uchun ham, unin g til taraqqiyotidagi ma’lum shart-sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy davrlarga xos xususiy tomonlari bor.
Jumladan, adabiy til o‘z taraqqiyoti davrida o‘zigacha bo‘lgan yozuv tili (yozma manbalar tili) va so‘zlashuv tilining barcha ko‘rinishlari asosida taraqqiy etib keladi. Milliy adabiy til esa yagona til birligi asosida tashkil topgan, ma’lum bir davrda shaklangan millat tilidir yoki adabiy tilning so‘nggi davrdagi rivojlangan millat tilining ko‘rinishidir. Adabiy til bilan milliy adabiy tilning o‘zaro munosabatlari ularni alohida-alohida tahlil etishda yanada oydinlashadi. Afsuski, xuddi shu o‘zaro munosabatlar tahlilida qator mulohazali masalalar borki, dastavval ana shu muammolarni echish lozim bo‘ladi.
Ma’lumki, so‘nggi yillarda o‘zbek tilshunosligining hozirgi adabiy til qurilishini o‘rganishda ko‘pgina darslik va qo‘llanmalar nashr etildi. Bular turli xil nomlar bilan atalgan. “O‘zbek tili”, “O‘zbek adabiy tili”, “Hozirgi o‘zbek tili”, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “Hozirgi zamon o‘zbek tili” kabilar shular jumlasidandir. Ularning barchasi ham “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” yoki milliy adabiy til qurilishini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Bizningcha, bir tushunchadagi atamani turli shaklda qo‘llash hamma vaqt ham foydali bo‘lmay, g‘aliz va noto‘g‘rifikrlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Ikkinchidan, o‘zbek tilshunosligida bu atamalarning bir xilligiga o‘z vaqtida e’tibor berilmaganligi sababli ilmiy adabiyotlarda “adabiy til” va “milliy adabiy til” tushunchalarining izohlanish ta’rifi va shakll anish jarayonlari, umuman ularning o‘zaro munosabati masalalarida bir -biriga zid fikrlarning tug‘ilishiga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun yuqorida aytilgan atamalarning adabiyotlardagi tahlil va xulosalariga aniqlik kiritish lozimdir. Aks holda akademikA.Hojiev aytganidek, “adabiy til” va “milliy adabiy til”tushunchalarining shakllanish jarayoni va ularning ta’rifi haqida ishonchli, ilmiy tasavvurga ega bo‘lish hamda ma’lum bir tarixiy davr adabiy tilini aniq va to‘g‘ri yoritish qiyin [A.Hojiyev, 1988: 8].
Demak, ilmiy adabiyotlarda ushbu masalalarning o‘rganilish holatini ko‘zdan kechirish, so‘ng shu asosda ma’lum bir xulosaga kelish lozim bo‘ladi.
Xuddi shu ma’noda “O‘zbek tili” atamasi hozirgi til qurilishiga doir o‘quv adabiyotlari nomiga unchalik to‘g‘ri kelmaydi. “O‘zbek tili” atamasini qo‘llash ancha ixcham, ammo bu atamaning ma’nosi umumiylikka ega. Uni o‘zbek tili taraqqiyotining barcha davrlari va umumturkiy tildan keyingi o‘zbek xalqining shakllanish davrlari tiliga nisbatan ham qo‘llash mumkin. Ba’zi ilmiy adabiyotlarda xuddi shu fikr to‘g‘ri qayd etilgan. Jumladan, “O‘zbek tili” tushunchasi umumxalq o‘zbek tili va o‘zbek milliy tili tushunchasi bilan teng turadi [X.Doniyorov, B.Yo‘ldoshev, 1988: 5-6].
“O‘zbek adabiy tili” tushunchasida ham “O‘zbek tili” atamasidagidek umumiylik xususiyati bor. Lekin u adabiy tilning shakllanish davrlari bilan bog‘liq holda farqlanadi. Demak, “O‘zbek tili” va “O‘zbek adabiy tili” atamalari ifodalagan davrlar “Hozirgi o‘zbek tili” yoki “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (milliy tilga nisbatan ham) atamalariga qaraganda ancha keng davrni ifodalaydi.
“Hozirgi o‘zbek tili” yoki “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (o‘zbek milliy tili) tushunchalari o‘zbek tilining so‘nggi davrlari tiliga xos atamalardir. Ular millatning va umumtil birligining shakllanishi bilan bog‘liq hodisadir. O‘zbek millatining shakllanishdan oldingi tillarda milliy birlik va umumtil birligi elementlarigina mavjud edi. Boshqacha aytganda, bu hodisa to‘liq shakllanmagan edi. Xullas, qayd etilgan atamalarni o‘z o‘rni bilan qo‘llash fan uchun ham, mutaxassis va o‘quvchi uchun ham to‘g‘ri tushuncha hosil qiladi.
Lekin tadqiqotlarda xuddi shu tushunchalar har xil tahlil qilinmoqda. Jumladan, “adabiy til milliy til yoki umumxalq tilining qayta ishlangan, silliqlashtirilgan va muayyan normaga solingan qismi”dir, tarzidagi ta’rifdan to‘g‘ri va aniq xulosa chiqmaydi [X.Doniyorov, B.Yo‘ldoshev, 1988: 5-6]. Unda “adabiy til”, “milliy til” doirasida uning bir qismi yoki "milliy tilning ishlangan, silliqlashtiril gan va muayyan normaga solingan yuqori qismi, yoki adabiy til milliy tilga qaraganda tor tushunchaga ega, degan xulosa chiqadi. Ikkinchidan, adabiy til milliy tildan so‘ng shakllangan, milliy til adabiy tilga asos bo‘lgan, degan xulosaga kelishi mumkin. Uchinchidan, milliy til bilan umumxalq tili baravalashtirilgan, teng qo‘yilgan. Milliy til tushunchasiga adabiy til kiradi, chunki adabiy til tushunchasi milliy til yoki umumxalq tili tushunchasiga nisbatan ancha torroqdir.
Qayd etilganidek, ushbu adabiyotda umumhalq tili bilan milliy til orasidagi farq haqida ham zid fikrlar bor: “Milliy til” tushunchasi “umumxalq tili” tushunchasiga baravardir. U hozirgi davrning umumxalq tilidir. Xuddi shunday boshqa o‘rinda “adabiy til o‘z mohiyatiga ko‘ra umumxalq tilidir”, deb qaralgan [X.Doniyorov, B.Yo‘ldoshev, 1988: 5-6]. Bu fikrlar haqiqatan ham hozirgi tilga nisbatan to‘g‘ridir.
Umumxalq tili tushunchasi til taraqqiyotining hamma davrlariga xos tushuncha bo‘lsa, “milliy til ma’lum davrga xosdir, millatning asosiy birligini tashkil qiluvchi tushuncha sifatida yuzaga kelgan. Umumxalq tili tushunchasi esa, qadimdan mavjud bo‘lib, u hozirgi vaqtda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va u hozirgi vaqtda milliy til tushunchasi bilan barobar qo‘llanadi”. Darhaqiqat, milliy tilning shakllanish davri millatning va unga xos bo‘lgan til birligining yuzaga kelishii bilan bog‘liq. U adabiy til taraqqiyotining so‘nggi davriga xos rivojlangan tildir. Adabiy til esa milliy tilga nisbatan millat sh akllanishdan oldingi davrlar mahsulidir. Adabiy til ham, milliy til ham umumxalq tilining
yuqori shakli bo‘lib, barcha quyi shakl ular uchun asosiy rivojlanish manbayidir.

Download 1.04 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   113




Download 1.04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"

Download 1.04 Mb.