Ferdinand de Sossyurning lingvistik qarashlari




Download 1.04 Mb.
bet7/113
Sana02.11.2022
Hajmi1.04 Mb.
#28803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   113
Bog'liq
Тилшунослик NAZARIYASI majmua 222
Dars jadval, Mavzu Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tend, 1665378806 2, mta4, Reyimberdiyev Sanjar 311 21 guruh Diskret tuzilmalar 1 amaliy ish, Документ Microsoft Office Word, Гр раҳбари иш режа, file, Kitob 7321 uzsmart.uz, 1. Ikki o lchovli integral, uning xossalari, geometrik va mexani, Назарий машғулот №86, Назарий машғулот №85, randomized, Simonova IF
Ferdinand de Sossyurning lingvistik qarashlari:
Nazariyotchi olim Ferdinand de Sossyur (1857-1913) ning ilmiy g‘oyasi tilning murakkab ziddiyatlarga boy, ko‘p tomonlama hodisa ekanligiga asoslangan. F. de Sossyur tilshunoslikning o‘rganish ob’ekti nutqiy faoliyat bo‘lishi kerak deydi. Nima uchun tilshunoslik tilni emas nutqiy faoliyatni o‘rganishi kerak. Shu bilan birga F. de Sossyur birinchi bor, nutqiy faoliyat til va nutqdan tashkil topgan butunlik ekanligini isbotlab berdi. Shunday ekan demak, tilshunoslik til va nutqni o‘rganishi lozim. F. de Sossyur til va nutqni mutloq farqladi, boshqa – boshqa hodisalar ekanligini ta’kidladi.
F. de Sossyur “Til” nima degan savolga javob berar ekan, u “til” tushunchasiga “nutqiy faoliyat” tushunchasi teng kelmasligi, “til” “nutqiy faoliyat”ning bir qismi, lekin eng muhim qismi ekanligini, u sotsial mahsulot ekanligini, u yoki bu til egalarining har biri xotirasida mavjud bo‘lgan nutqiy faoliyatga kirishish imkoniyati ekanligini ta’kidlaydi [F. de.Sossyur, 1977: 47].
Tilshunoslik fanining chegarasini, predmetini aniqroq ta’riflash maqsadida F. de Sossyur til bilan nutqni ajratib, bir-biriga qarama-qarshi qo‘ydi. Uning fikricha, til nutq faoliyatining faqat bir tomonini tashkil etadi.
Til bilan nutqning asosiy farqi – til ijtimoiy, nutq esa individual hodisadir. Bu fikr ham nisbiy bo‘lib, bir tomonlama olib qaralganda to‘g‘ri. Aslida til ham, nutq ham ijtimoiy ham individual hodisalardir. Til bilan nutqning o‘zaro munosabatini F.de Sossyur quyidagi sxemada ko‘rsatadi:

Tilshunoslik nutq faoliyatini o‘rganishi zarur. Chunki, til va nutq nutqiy faoliyatning mahsuli. F.de Sossyur til lingvistikasi va nutq lingvistikasi deb ikkiga bo‘ldi. Til lingvistikasini o‘rganishni birinchi darajali, nutq lingvistikasini o‘rganishni ikkinchi darajali vazifa qilib qo‘ydi. Bu jadvalda ijtimoiy tabiati jihatidan qaralganda til madaniy-tarixiy va ijtimoiy hodisadir. I.Qo‘chqortoyev “F.de Sossyurning lingvistik konsepsiyasi” kitobida: “Tildan foydalanuvchi individni birinchi galda tilning hozirgi holati (sinxronik xolati), tilda hozir mavjud bo‘lgan vositalar sistemasi qiziqtiradi. Shu ma’noda tilning faqat sinxronik holati sistema hisoblanadi. Bu nuqtai nazar tilshunoslik fani uchun qanchalik muhim bo‘lmasin, u tilning mohiyatini to‘liq ochib bera olmaydi.


Til ifoda ehtiyojlariga moslashib boruvchi qurol. Tilning ifoda talablariga moslashuvi nutq jarayonida to‘xtovsiz amalga oshib boradi”, -deb yozadi [I.Qo‘chqortoyev,1976: 30-31]. F.de Sossyurning yuqorida keltirilgan jadvalida sinxroniya va diaxroniya til tegishli bo‘lgan hodisalardir. Bizning nazarimizda, tilning diaxronik holati ham sistemani taqozo etadi. Umuman til sof belgilar sistemasidir. Shuning uchun Ferdinand de Sossyur “Til tafakkurni ifoda qiluvchi belgilar yig‘indisidan iboratdir”, – degan fikrni aytgan edi.
Til – ma’lum bir ijtimoiy jamoaga tegishli kishilarning nutqiy faoliyati orqali to‘plangan xazinadir. Bu har bir til egasi ongida virtual mavjud bo‘lgan grammatik sistema, to‘g‘rirog‘i, u individlar yig‘indisi ongida yashaydi. Chunki til hech bir alohida individda to‘liq mavjud emas, u to‘liq holda faqat jamoada mavjud bo‘ladi [F. de.Sossyur, 1977:]
Nazorat uchun savollar:
1.Tilshunoslik bilmi nazariyasining o‘rganish obyekti haqida nimalarnibilasiz?
2.Tilshunoslikka kirish fanining asosiy tekshiruv obyekti nimalardaniborat?
3.Umumiy tilshunoslikda qanday masalalar o‘rganiladi?
4.Mikro va makrolingvistikalar haqida ma’lumot bering.
5.Til sistemasi va uning asosiy unsurlari nimalardan iborat?
6.Semotika deganda qaysi sohani tushunasiz ? Til belgisi deganda -chi?
7.Jamiyat taraqqiyoti va insonlarning ongli harakati, o‘zaromunosabatida til-nutq va yozuvning muhim o‘rni haqida nimalarni
bilasiz?
8. Til qanday fanlar bilan uzviy aloqador?
9.Tilning jamiyatdagi vazifasi nimadan iborat?
10.Tilning material asosini nima tashkil etadi?
11.Ferdinand. de. Sossyur va Vilgelm fon Gumboldtlarning til vatilshunoslik fanini o‘rganish sohasidagi fikrlarini aytib bering ?
17.Tilshunoslik fani bilan til tarixi fani tushunchasi hamda tilningijtimoiy hodisaligi haqida “Yosh grammatikachilar “ fikrlarini izohlang?



Download 1.04 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   113




Download 1.04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ferdinand de Sossyurning lingvistik qarashlari

Download 1.04 Mb.