Urganch Davlat universieteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalarining amaliyotini o‘tkazish to‘g‘risida shartnom a




Download 28.41 Kb.
Sana28.03.2022
Hajmi28.41 Kb.
#18984
Bog'liq
BITIRUVCHILAR SHARTNOMASI AMALIYOT
III Nilufar opa, Йиғилган, Bozor iqtisodiyoti modellari, Muloqot ustasi kursi, 1. Усмон Шер Шамшод (паспорт), 1643, Boborahim Mashrab hayoti va ijodi, 1696998433, AKSESDA TAYYORI (PADDELKA), AVTOMOBILNING FAOL XAVFSIZLIGINI OSHIRISH USULLARI. AVTOMOBIL PASSIV XAVFSIZLIK TIZIMLARI. ZAMONAVIY FAOL AVTOMOBIL XAVFSIZLIGI TIZIMLARI, Birinchi tartibli, oddiy differensial tenglamalarni yechishning sonli taqribiy usullari uchun Mathcad da dasturiy ta’minotini yaratish., ZAMONAVIY MATN REDAKTORLARI, Elyor - PhD - yakka tartibdagi reja-2, Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari.

Urganch Davlat universieteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalarining
amaliyotini o‘tkazish to‘g‘risida
SH A R T N O M A
______”________________2022 y. Urganch shahri

Mazkur shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarorlarida belgilangan iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, talabalarning malakaviy amaliyotlari tizimli ravishda o‘tkazilishini, shuningdek ularning amaliy mashg‘ulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirish vazifalarini ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda sinab, mustaxkamlash maqsadida, bir tomondan ______________________________ _____________________ nomidan rahbar _______________________________ va ikkinchi tomondan Urganch davlat universiteti Sirtqi (maxsus sirtqi) bo’limi boshlig’i A.R. Matnazarov quyidagilar bo‘yicha tuzdilar.




1. Shartnoma predmeti:
2021-2022 o‘quv–yili davomida Urganch davlat universiteti Sirtqi (maxsus sirtqi) bo’limi boshlig’i bilan ____________________________________________ o‘rtasida hamkorlik asosida sifatli kadrlar tayyorlashni amalga oshirish.


    1. 2. Tomonlarning huquq va majburiyatlari:

I. Oliy ta’lim muassasasi majburiyatlari
1.1. Pedagogik amaliyot boshlanishidan avval amaliyotga boradigan talaba yo‘nalishi (ixtisosligi), amaliyot o‘tkazish muddati va amaliyot dasturi haqida kelishilgan tashkilot raxbariga ma’lumot berish;
1.2. Amaliyot ob’ektidagi amaliyotni tashkil etish tartibi va o‘tkazilish muddati hamda mazmunini nazorat qilish.
II. Amaliyot o‘tkaziladigan tashkilotning majburiyatlari
2.1. Amaliyotchi talabaga pedagogik amaliyotining samarali o‘tkazilishiga imkoniyat yaratish;
2.2. Amaliyotchi talabani ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyin ishga qabul qilib, ish bilan ta’minlash;
2.3. Amaliyotni o‘tashda Oliy ta’lim muassasasi bilan kelishilgan oy-kunlik ish jadvaliga amal qilish;
2.4. Amaliyotchi talabani o‘quv-tarbiyaviy ishlar, o‘qituvchilar tarkibi, me’yoriy hujjatlari, uning moddiy o‘quv bazasi (o‘quv xonalari, kompyuter xonalari, axborot resurs markazi va boshqalar), pedagogik kengash, metodik birlashma va ota-onalar qo‘mitasi ishlari bilan tanishtirish;
2.5 Amaliyotchi talabaga malakali mutaxassislarni biriktirish;
2.6. Amaliyotchi talabani dars va guruxdan tashqari mashg‘ulotlarini o‘tkazishda, tayyorgarlik ko‘rishda, konsultatsiya berish, o‘tiladigan dars va guruxdan tashqari mashg‘ulotlarning rejasi va konspektini tekshirish, talabani dars o‘tishi yoki guruxdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazishga rozilik berish;
2.7. Hayot faoliyati havfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berish.
2.8. Amaliyotchi talabaning mazkur amaliyot ob’ektida joriy qilingan ichki mehnat tartib – qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlash va nazorat qilish;
2.9. Amaliyotchi talaba amaliyot ob’ektiga kelishilgan oy-kunlik ish jadvaliga muvofiq bormasa yoki ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilmasa zudlik bilan Urganch davlat universitetiga xabar berish;
2.10. Amaliyotchi talabaga texnik vositalar, axborot resurs markazidagi adabiyotlar va boshqa tegishli hujjatlardan foydalanish imkonini yaratish;
2.11. Pedagogik amaliyotini yakunlash bilan amaliyotchi talabaning amaliyotini baholash va amaliyotchi talabaga tavsifnoma berish;
3. Shartnomaning yakuniy qoidalari:
3.1. Shartnoma ikki nusxada tuzilib, imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
3.2. Shartnomaning amal qilish muddati “___”_________ 2022 yilgacha bo‘lib, ikki tomonning roziligi bilan o‘zgartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin.
3.3. Shartnoma ikki tomonning roziligi bilan yoki bir tomon shartnoma shartlarini bajarmagan holda bekor qilinishi mumkin.
3.4. Shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ikkala tomonning yozma shakldagi kelishuviga asosan kiritiladi.



Tomonlarning manzillari va rekvizitlari:





Muassasa nomi: Urganch Davlat universiteti
Manzili: Urganch shaxar H.Olimjon ko‘chasi, 14 uy.
Tel: 224 6700; ___________
Imzo_____________________
Sana_____________________

Muassasa nomi:____________ _________________________
Manzili:__________________________________________
Tel:____________________
Imzo___________________
Sana___________________

Amaliyotchi talaba:__________
__________________________
Manzili:___________________________________________
Tel:______________________
Imzo_____________________
Sana_____________________

Download 28.41 Kb.




Download 28.41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Urganch Davlat universieteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalarining amaliyotini o‘tkazish to‘g‘risida shartnom a

Download 28.41 Kb.