II BOB. KASRLAR USTIDA AMALLARNI O‘RGATISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH




Download 292.21 Kb.
bet8/10
Sana14.05.2023
Hajmi292.21 Kb.
#59582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mom kurs ishi
11sinf05.05, Adobe Photoshop dasturining ichki muhiti, Ustav hududlar, 1111111111, ovoz, ,,Devoni lugati turk”dagi harakat fe’llari, 1129373.pptx (1), 9999999, Doc2, 5-sinf-matematika-fanidan-barcha-choraklar-uchun-test-savollari-toplami, transformatorlar1, Bir xil yo’nalishga ega bo’lgan gazlar uchun havo ta’minoti miqdorini aniqlash., 2-сон-7-14, 1. Genetik injineriya qanday kashfiyotlar natijasida vujudga kel
II BOB. KASRLAR USTIDA AMALLARNI O‘RGATISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
2.1 3-sinflarda ulush va kasrlarni o‘rgatishda interfaol metodlardan foydalanish


O‘quvchilarni kasrlar bilan tanishtirish dasturga binoan 3-sinfdan boshlanadi. Kasrlarning hosil bo‘lishi, ularni taqqoslash, sonning ulushini topish va berilgan ulushiga ko‘ra sonning o‘zini topish bilan tanishadilar. 3- sinfda 1 ning ulushi va 1 necha ulushi, uning yozma ko‘rinishi tasavvurlariga ega bo‘ladilar. Kasr tushunchasi geometriyada kesma ulushi, miqdorlarning ulushi va boshqa geometrik shakllarning ulushlari bilan bevosita bog‘langan. Kasr tushunchasini hosil qilish har xil narsalarni teng bo‘laklarga bo‘lish, kesish, sindirish, maydalashdan kelib chiqadi deyiladi. Boshlang‘ich sinfdan oldin, ya‘ni maktabgacha yoshda kasr tushunchasining boshlang‘ich tushunchalari berilgan. Masalan olma, tarvuz,bodring, non va boshqalarni bir necha bo‘laklarga bo‘lib ko‘rgan va boshlang‘ich tushunchalarni olgan. Shu maqsadda ulushlar bilan ularning yozilishi bilan tanishtirish, taqqoslashni o‘rgatish sonining ulushlari yozilishi bilan tanishtirish , taqqoslashni o‘rgatish , sonining ulushlari va ulushlari va ulushi bo‘yicha sonini topishga doir masalalarni yechish ko‘zda tutiladi. Aytib o‘tilgan barcha masalalar ko‘rgazmali qilib ochib beriladi. Yuqorida ko‘rdikki, 3-sinfda birning ulushlari ya‘ni 1\2 ,1\3, 1\4 va hokazo ulushlarga oid tasavvurlarni hosil qilishdan iborat. Kasrlarni o‘rgatish ko‘rgazma asosida tushuntiriladi. Bu ko‘rgazmalarga meva, qovun tarvuz, geometrik shakl, cho‘p, qog‘oz va boshqa atrofdagi narsalarni olish mumkin. Ko‘rgazmali tushuntirishda, masalan olmani teng ikkiga bo‘lish yordamida kasr hosil qilinadi. Shunga mos olmani teng bo‘lmagan ikki bo‘lakka bo‘lib u yarim olma emasligini, demak, kasrni hosil qilmaslikni tushuntirish kerak. Faqat teng bo‘lakka bo‘lgandagina kasr son yoki butunning ulushi hosil bo‘lishini mustahkam singdirish lozim2 . Turli xil geometrik shakllar bilan ishlayotganda bu shakl yordamida ulushlarni hosil qiladilar hamda uning ba‘zi hossalarni keltirib chiqaradilar. Masalan, kvadratni teng to‘rt bo‘lakka bo‘lishda, uni ikkita yo‘l bilan bo‘lib, burchaklarining o‘zaro tengligiga hamda tomonlarning ham o‘zaro tengligiga asoslanib, shuningdek, kvadrat simmetriyasi haqida tasavvurlarga ega bo‘ladilar. Shuningdek, boshqa o‘quvchilarga doirani, ba‘zilarga to‘gri to‘rtburchakni to‘rt bo‘lakka bo‘lish topshiriladi. Bundan keyingi ish teng bo‘laklarga bo‘lingan ulushlardan bittasini, ikkitasini uchtasini olib ularni qanday sonlar bilan yozish mumkinligini o‘qitiladi. Kasrlarni ikkidan bir uchdan bir, to‘rtdan bir kabi o‘qish va 1\2 , 1\3, 1\4 larga narsalarni qanday bo‘lib qancha qismi olinayotganligi orasidagi bog‘lanishni hosil qilish lozim. Shu asosda surat va mahraj hamda kasr kabi yangi atamalar kiritmasdan o‘qiladi. Lekin chiziq chizish, chiziqning pastida butunni nechaga bo‘lgan son yuqorisiga necha ulushni olgan son yozilishi tushuntiriladi. Agar berilgan obyekt ( narsa, narsalar to`plami)ni bir necha teng bo`laklarga bo`lish mumkin bo`lsa, u holda bu bo`laklarning har biri obyekt (narsa, narsalar to`plami) ning ulushi ( bo`lagi ) deb ataladi.Ulush ikkita natural son va chiziqcha yordamida yoziladi. Masalan:

Chiziqcha orasidagi son obyekt nechta bo`lakka bo`linganligini, chiziqcha ustidagi son bunday bo`lakdan nechta ulush ( bo`lak) olinganini bildiradi.
M asalan soni, obyekt 7 bo`lakka bo`linib, undan bir bo`lak olinganini bildiradi. Ulush bo`lak tushunchasini umumlashgani—kasr tushunchasiga ta`rif beraylik. Kasr ( yoki kasr son) deb shunday natural sonlar juftiga, ulardan chiziqch ostida yozilgan obyekt nechta teng bo`lakka bo`linganligini, ikkinchisi, ya`ni chiziqcha ustiga yozilgani esa hosil bo`lgan ulushlardan nechtasi olinganini bildiradi

Masalan;




Ulush va kasr sonning ta`riflarini taqqoslashdan, ulush tushunchasi kasr tushunchasining xususiy holi ekanligini sezamiz. O`rta maktabning yuqori sinflarida ( boshlang`ich sinflardan tashqari) kasr sonlarda ―surat‖, ―maxraj‖ so`zlari ishlatiladi,
masalan: kasr sonida chiziqcha ostidagi 56 soniga kasrning maxraji, chiziqcha ustidagi 3 soniga esa kasrning surati deyiladi. Kasrlarning chiziqcha bilan yozuvi va ularning o`qilishi, masalan, “o`ndan uch”, “yettidan besh”.
Tarixdan ma`lumki, eramizdan avvalgi VIII asrda Hindistonda keyinchalik hozirgi O`zbekiston hududida va bundan keyingina u Yevropa (XII –XIII asrlar) hududlariga o`tgan. Ulushlar tushunchasini o`quvchilarga yetkazish uchun o`qituvchi ko`proq atrof muhitdagi o`quvchilar ko`p uchratadigan hayotiy misollarga tayanmog`i lozim. Masalan agar siz apelsin yoki mandarin po`stini archsangiz uning ichki qismi o`nta ulushga oson bo`linadi, shuningdek to`rt o`quvchi ovqatlanish uchun bitta nonni to`rtta ulushga qanday bo`lishi mumkin kabi sodda savollar orqali o`quvchilarga ulush va kasr tushunchalari har vaqt kerak bo`lishi asta-sekin tushuntiriladi. Ko`p hollarda ulushlarga ajratish duradgorlik, bog`dorchilik , chorvachilik kabi ko`plab sohalarda uchraydi. Ammo narsalarni har vaqt ham ulushlarga bo`lish mumkin bo`lavermaydi, masalan, piyolani teng ajratish mumkin emas, biroq olmani, kartoshkani, nonni, gazlamani va hakazolarni teng bo`laklarga bo`lish mumkin va u holda ulushlar haqida gapirish mumkin. Ulushlar bilan mehnat darsida, o`qituvchi rahbarligida applikatsiya ishlarini o`tkazish vaqtida tanishtirish mumkun. Endi ―Ulushlar bilan tanishtirish‖ darsidan parcha keltiramiz.

Darsning maqsadi: bilan ko`satmali tanishtirish, ulushlarni o`qish va yozishni o`rgatish , ulushlarni taqqoslashga o`rgatish. Ko`rsatma qo`llanmalar: rangli qog`ozdan tayyorlangan, diametri 10 sm li 4 ta doira, rangli qog`ozdan tayyorlangan tomoni 10 sm bo`lgan 4 ta kvadrat, albom varog`i. Darsning borishi: Bizda ikkita doira bor. Doirani bir xilligini qanday tekshiramiz. (Doirani ustma –ust qo`yamiz). Butun doirani varoqqa yelimlab yopishtiramiz. Ikkinchi doirani ikkita teng bo`lakka bo`lamiz, ya`ni doiraning bo`laklari ustma-ust tushadigan qilib b o`lamiz. Doirani qirqamiz. Nechta bo`lak hosil bo`ladi. (Ikkita) bular qanday bo`laklar (teng). Har bir bo`lak doiraning yarmini olib yangi sonni yozishga o`tamiz. Gorizotal chiziqcha o`tkazamiz va bu chiziq doirani teng bo`laklarga bo`lganimizni bildiradi. Chiziqch ostiga doirani nechta bo`lakka bo`lganimizni (2 t a) yozamiz, chiziqcha ustiga esa nech bo`lak olganimizni( 1ta) yozamiz natijada soni hosil bo`ladi.


Kasrlarni taqqoslash va ularning xossalari. O`zaro teng bo`lgan uchta miqdorni, masalan, A1, A2 va A3 uzunliklarni olib, ulushlarni ham bitta o`lchov birligi – metr bilan o`lchaymiz. Bu miqdorlar metrdan kichik deb faraz qilamiz. Bu holda ularning o`lchash uchun metrning, biz o`lchaydigan miqdorda butun son marta joylashadigan qandaydir bo`lagini olishga to`g`ri keladi. Faraz qilaylik A1 miqdorni o`lchash uchun metrning to`rtdan bir bo`lagini ( choragini) oldin va A1 miqdorning
uzunligi metrning bo`lagiga teng ekanligini aniqladik. Endi metrning har bir
choragini 5 bo`lakka bo`lamiz, bu holda biz metrning yana ham maydaroq ulushlarini hosil qilamiz. Metrning bo‘lagida bunday ulushlardan beshta
b o`ladi, demak, bir birlik ichida, yani 1 metrda bunday bo`lak lardan 5*4=20 bo`ladi. Binobarin bu bo`laklar metrning yigirmadan bir bo`la gi bo`ladi. Metrning bo`lagida uning yigirmadan bir ulushlaridan 5*3=15 ta bo`ladi. A2=A1 demak, A2 uzunlik ham metrning bo`lagiga teng , lekin biz A2 uzunlikni metrning yigirmadan bir ulushlari bilan o`lchasak, uning uzunligi metrning bo`lagiga teng ekanini topar edik. Bir-biriga teng A1 va A2 uzunliklar bir xil o`lchov birligi (metr) bilan o`lchanganligidan, biz metrning bo`lagi uning bo`lagiga teng, yoki kasr bilan kasr bir-biriga teng degan xulosani chiqara olamiz. Metrning choragini 25 bo`lakka bo`lib, biz metrning yana ham maydaroq bo`laklarini hosil qilamiz. Metrning bo`lagida bunday ulushlardan 25 ta bo‘ladi. 1 metrda, ya`ni bir birlikda shunday ulushlardan 25*4=100 ta bo`ladi.

Ulushlar mavzusida shakllarni teng bo‘laklarga bo‘lish asosida ulushlarni taqqoslash ham tushuntiriladi.


Masalan; o‘qituvchi beshta bir xil to‘g‘ri to‘rtburchakli qog‘ozdan yo‘lakchali qilib qirqishni taklif qiladi. Bu yo‘lakchaning birinchisini teng ikkiga, ikkinchisini teng to‘rtga bo‘lib ularni ustma-ust qo‘yish asosida har bir teng bo‘laklarni taqqoslaydi. Unda 1\2>1\4; 1\4>1\18; 1\5>1\6 kabi ekanligiga ishonch hosil qiladilar. 3-sinfda soning ulushini topishni amaliy masalalardan boshlash kerak.
Masalan, uzunligi 12 sm bo‘lgan qog‘oz bo‘lakchani olib uni ikkiga buklash topshiriladi. Bo‘lakchaning yarmi necha sm? 12\2=6 sm Endi bo‘lakchani yana ikki buklab to‘rt qismga bo‘ladi. Bo‘lakchaning qanday qismi hosil bo‘ldi. va uning uzunligi qancha? Javob: 12\4=3sm 1\4 qism Bu ish chizish yordamida ham o‘lcab ko‘riladi. Masala. Kitob 80 bet o‘quvchi uning 1\4 qismini o‘qidi. Necha bet kitob o‘qilgan? 80betning 1\4 qismi qancha 80\4=20 bet, 1. Boshqa masalalarni yechayotganda chizmadan foydalanish yetarli: son kesma orqali tasvirlanadi, u berilgan sondagi teng bo‘laklarga bo‘linadi, ulushi belgilanadi. So‘ngra yechishni og‘zaki yoki yozma bajaradi.
Masalan, 1\2 m da, 1\4 m da, 1\5 m da necha sm bor? 1\2 soatda, 1\5 soatda , 1\6 soatda necha minut bor? Vaqt o‘lchovlarini o‘rganayotganda nima uchun ―bir yarim ‖ ―chorak kam o‘n ‖ deb aytishlarini tushinishlari kerak. Aksincha sonning ulushiga qarab sonning o‘zini topishga katta etibor beriladi.
Masalan, TU-104 samalyot 1\3 minutda 5 km uchadi, 1minutda necha km uchadi? 1\3 qismi 5km bo‘lgan son necha? 5*3=15 2. Keyinchalik soning uning ulushi bo‘yicha topishga doir masalalar bilan arashtirilib kiritiladi 3-sinfda ulushni va ulushga doir ulushga qarab sonni topishga doir faqat sodda masalalar, 4-sinfda esa murakkab masalalar yechdiriladi. Ulush tushunchasiga olib keluvchi misollar bilan tanishamiz.

1. Doira chizing va uni teng ikki bo‘lakka bo‘ling. Bo‘laklardan birini bo‘yang. Siz doiraning qanday qismini (qanday bo‘lagini, ulushini) bo‘yadingiz? Yana bir doira chizing va uni teng 4 ta bo-lakka bo‘ling. Bo‘laklardan bittasini bo‘yang. Bu gal doiraning to‘rtdan bir qismini (ulushini) bo‘yadingiz. To‘rtdan uch qismi bo‘yalmagan.



2. Daftaringizga biror AB kesma chizing. Uning o‘rtasini C nuqta bilan belgilang. Natijada AB kesma teng ikki bo‘lakka ajratildi: AC=CB. Har bir bolak AB ning ikkidan bir qismini (yarim) tashkil qiladi.


3. Nodira opa bitta butun tortni teng 8 bo‘lakka bo‘ldi. Shundan bir bo‘lagini o‘gliga berdi. o‘gli tortning qanday ulushini oldi? Nodira opaning o‘g‘li tortning sakkizdan bir ulushini oldi. Doirani, kesmani, kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchakni bir butun deb qarash mumkin. Butunning teng bo‘laklari ulushlar deyiladi. Odatda ikkidan bir ulush - yarim, to‘rtdan bir ulush - chorak, sakkizdan bir ulush esa nimchorak deb yuritiladi.

Download 292.21 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 292.21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. KASRLAR USTIDA AMALLARNI O‘RGATISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Download 292.21 Kb.