|
UCh FAZALI EYuK, KUChLANISh VA TOK SISTEMASINI HOSIL QILISh
|
bet | 48/63 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 5,12 Mb. | | #138204 |
Bog'liq Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimlaUCh FAZALI EYuK, KUChLANISh VA TOK SISTEMASINI HOSIL QILISh
Uch fazali EYuK uch fazali sinxron generatorda hosil qilinadi. Ushbu generator (31-rasm, a) qo’zg’almas stator va uning ichida aylanuvchi rotordan iborat.
Statorning pazlariga (ariqchalariga) o’ramlar soni o’zaro teng bo’lgan va bir-biridan faza bo’yicha 1200 ga siljigan (yoki TG’3 davr farq qilgan) uchta A-X; B-Y; C-Z chulg’amlar joylashtirilgan. Chulg’amlarning bosh uchlari A, B, C va oxirgi uchlari X, Y, Z harflari bilan belgilangan. Har bir chulg’am uch fazali generatorning alohida fazasi hisoblanadi*. Bu chulg’amlarda (fazalarda) induktsiyalangan EYuK larning ta’sir etuvchi qiymatlari EA, EB, va EC harflari bilan belgilanadi.
Rotor o’zgarmas magnit (elektromagnit) dan yasalgan bo’lib, mashinaning asosiy magnit maydonini hosil qilish uchun xizmat qiladi. Unga o’ralgan “uyg’otish chulg’ami” dan o’tadigan tok yordamida rotorning magnit maydonini boshqarish mumkin.
Rotor o’zgarmas burchak tezligi bilan aylanganda uning magnit kuch chiziqlari statorning har bir chulg’amida (fazasida) elektromagnit induktsiyasi qonuniga ko’ra, amplituda va chastotalari bir xil bo’lgan, ammo bir-birlaridan faza bo’yicha 2 ga (yoki TG’3 davrga) farqlanuvchi quyidagi sinusoidal o’zgaruvchan EYuK larni induktsiyalaydi:
(3.1)
Bu ifodalarga mos grafiklar 3.1-rasm, b da ko’rsatilgan.
(3.1) ifodadan uch fazali EYuK lar sistemasining simmetrikligi ko’rinib turibdi.
Yuqoridagiga o’xshash yo’l bilan uch fazali kuchlanish va tok sistemasi uchun ham quyidagi ifodalarni yozish mumkin:
Demak, uch fazali EYuK, kuchlanish va toklarning o’zgarish qonuniyatlari bir xil ekan.
Chastota va amplitudalari bir xil bo’lib, faza jihatdan ga farq qilgan uchta EYuK lar (yoki toklar) yig’indisi uch fazali EYuK larning (yoki toklarning) simmetrik sistemasi deyiladi. EYuK larning simmetrik sistemasida uchala faza EYuK lari oniy qiymatlarining yig’indisi istalgan vaqt lahzasida nolga teng. Masalan, grafikdan (3.1-rasm, b) foydalanib, t1 vaqt uchun quyidagini yozish mumkin:
Shuningdek, grafikdan ko’rinadiki har bir faza EYuK lari o’zlarining maksimumlariga TG’3 davr o’tib erishadi. Shunga ko’ra, EYuK vektorlari larning geometrik yig’indisi quyidagicha (3.1-rasm, v)
bo’lib, qirrali simmetrik yulduz shaklini tashkil etadi, 3.1-rasm, b va v dagi grafik haqidagi vektorlar diagrammasi generator rotorining soat mili harakati yo’nalishida aylanishiga mos keladi. Bunda hosil bo’lgan fazalarning ketma-ketligi (almashinuvi) fazalarning to’g’ri ketma-ketligi deyiladi. 3.1-rasm, v da ko’rsatilgan vektor diagrammada esa EYuK vektorlari o’zlarining effektiv qiymatlarida ifoda qilingan.
|
| |