O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSTETI
KIMYOVIY TEXNOLOGIYA FAKULTETI
KURS ISHI
RUZMETOV AZAMAT BAXTIYAROVICH
Mavzu: Korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini oshirishda menejment tamoyillaridan foydalanish
Mundarija
KIRISH
1- BOB.KORXONANI SAMARALI BOSHQARISHDA KADRLAR SALOHIYATIDAN MAQSADLI FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1.Xodimlarni boshqarish tizimining nazariyasi.
1.2.Korxonada kadrlar salohiyatidan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari
1.3.Korxonani boshqarishda kadrlar salohiyatidan maqsadli
2-BOB.TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI
2.1.Xodimlarni samarali boshqarish tizimini shakllantirish varivojlantirish
2.2 Korxonani samarali boshqarishda eng ustuvor usullardan foydalanish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Kirish
O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar bozor munosabatlarini shakllantirar ekan tashkilotlarning mavqesini ham tubdan o‘zgartirmoqda. Turli xil mulk, hajmi va faoliyati har xil bo‘lgan korxonalarning mavjud bo‘lishi yangi iqtisodiy, va huquqiy munosabatlar shakllanishiga olib kelmoqda. Bu holat insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham o‘zini ta‘sirini ko‘rsatmokda, ularning mulkka, olinayotgan natija va uning samaradorligiga bo‘lgan qarashi tubdan o‘zgarib bormoqda. Menejmentning asosiy ob‘ekti xodimlar bo‘lganligi sababli, zamonaviy tashkilotni boshqaruv jarayonida asosiy, e‘tibor xodimlar faoliyati, ularning o‘zaro munosabatlari, manfaatlari, maqsadga intilish yo‘llari muhim o‘rin egallaydi. Respublikamizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish strategiyasini qabul qilinishi aholining, shu jumladan, korxonalar xodimlarining hayotini yaxshilash, yashash va ishlash sharoitini yuqori saviyaga ko‘tarishni asosiy maqsadlardan biri qilib belgiladi. Korxona miqyosida, mulkning shakli va unga bo‘lgan munosabatdan qat‘iy nazar, xodimlar samarali faoliyat ko‘rsatishi va ularning jismoniy va aqliy salohiyatidan to‘laroq foydalanish hamda har bir tashkilot oldiga qo‘ygan maqsadga erishish uchun xodimlarning boshqaruv tizimini oqilona tashkil etish muhimdir.
O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy xo‘jalik tizimiga chambarchas bog‘lanayotganligi va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tayotganligi natijasida xalq xo‘jaligi miqyosida yangi mulk shaklidagi korxonalar, kompaniyalar, firmalar, jamiyatlar shakllanayotganligi munosabati bilan boshqarishning mazmunan yangi turi bo‘lgan menejmentni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I. A. Karimov ta‘kidlaganidek ― "Bugungi kunning eng muhim vazifasi hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvda, respublika miqyosida, viloyat, shahar, tuman, qishloq va mahallalarni boshqarishda, tarmoq bo‘g‘inlarini idora etishda, yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda ma‘suliyatni o‘z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, iymoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish,
ularga ishonch bildirishdan iboratdir »1‖ degan so‘zlari bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Darhaqiqat, hozirgi kunda yuqori malakali yuksak kasbiy mahoratga ega bo‘lgan boshqaruvchilargina mamlakatimiz taraqqiyotini jahonning eng rivojlangan davlatlari qatoriga iqtisodiy bo‘hronlarsiz olib chiqishi mumkin. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi Harakatlar startegiyasi barcha sohalarni deyarli qamrab olgan bo‘lib, buning natijasida ko‘pgina istiqbolli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 2018-yil ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili‖ Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Dastur loyihasi 237 banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan Murojatnomasida keltirilgan asosiy g‘oya va takliflar hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini Rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi.Buning natijasida xususiy sektorda mablag‘lardan samarali foydalanilmoqda.
Tarmoqlarda yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishni ta‘minlashga bo‘lgan qiziqish va intilish ancha kuchli bo‘lib, ishlab chiqarish tufayli imkon qadar ko‘p daromad olish kabi pirovard moliyaviy natijalarga erishilayotganini ta‘kidlash joiz. Shuni yana alohida ta‘kidlab o‘tish joizki, Bu Harakatlar strategiyasi bo‘yicha davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari natijalari tahlili va kelib tushgan takliflar asosida yanada takomillashtirildi. Bularning barchasi bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan xususiy korxonalarning asosiy maqsadidir. Korxonalarni korporativ boshqarish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida aktsiyadorlik jamiyatlarining yangi namunaviy tuzilmasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Shu tariqa, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimitalablarini inobatga olgan holda, lavozim va kasblarning yangi klassifikatori ishlab chiqildi va tasdiqlandi, unga bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan ko‘plab yangi toifalar kiritildi‖. O‘zagroservis‖ aksionerlik jamiyati faoliyati va unda xodimlarni boshqarish usullarini qo‘llash holati. -Korxonalarda xodimlarni boshqarish tizimining nazariy jihatlarini o‘rganish ; -Korxonada xodimlarni boshqarish usullarning mazmun-mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish; -Korxonalarda samarali1 boshqarishda xorij tajribasini o‘rganib chiqish; - ―O‘zagroservis‖AJda boshqaruv jarayoni tavsifi hamda uning ijtimoiy vazifalarini o‘rganish; -―O‘zagroservis‖AJda boshqaruv jarayonidagi ishtirokini izohlab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat tahlilini o‘rganish; -Korxonada samarali boshqarishni tashkil qilish va rivojlantirish usullarini o‘rganish. O‘zbekiston Respublikasi Prizedenti milliy iqtisodiyotni erkinlashtirish bo‘yicha ilgari surgan nazariy qarashlari, ilmiy risolalari, boshqaruv organlari faoliyatiga oid Prizedent farmonlari va qarorlari, shu jumladan, boshqaruv organlarining funksional vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari mavzusi yuzasidan bevosita va bilvosita shug‘ullanayotgan xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning ilmiy – nazariy qarashlari keltirilgan.
|