Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Namangan muhandislik-texnologiya institutida O„zbekiston




Download 10.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/274
Sana23.02.2023
Hajmi10.16 Mb.
#43313
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   274
Bog'liq
2-TOM NAMMTI YSMKT
Uslubiy Algoritmlash va dasturlash (tajriba), QXAKT AMALIY USLUBIY, 4 kurs, 3 bob 2, 1- semes, Операциоонная система windows, Шимолий Нишон кони учун газ, UZB OAK JURNALIGA RAHIMOV R .2, 1-Амалий иш Техно меню, 4-kurs21 larga , 9-informatika-darslik, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan WORD 11, 2.2 reja, 2.2 docx
Kalit so„zlar. Kasanachilik, kooperatsiya, klaster, oila, YaIM, muloqot-naflilik zanjiri, 
mehnat resurslari. 
So‗nggi paytlarda ilmiy adabiyotlarimizga kasanachilik, kooperatsiya va 
klaster atamalari bir-biriga bog‗langan holda kirib kelmoqda. 
Xo‗sh mazkur atamalarning ma‘nosi nima va ular bir-biri bilan qanday 
aloqada? Avvalombor, kasanachilik oiladan uy xo‗jaligidan boshlanadi. 
Oila –an‘anaviy tarzda nikoh-qarindoshchilik munosabatlari asosida hayot 
kechirishni, birgalikda yashashni bildiradi.Oilaning asosiy maqsadli funksiyasi-
insonni dunyoga keltirish,uy xo‗jaliginiki esa–inson salohiyatini qayta 
tiklashdir.Shu nuqtai–nazardan,uy xo‗jaligining asosiy funksiyasini inson 
kapitalini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va asrash sifatida belgilash 
lozim.Inson kapitali, o‗z navbatida, insonning bilimlari, amaliy ko‗nikmalari va 
mehnat sa‘y-harakatlari yig‗indisi sifatida tushuniladi [1]. Oilada farzand voyaga 
yetib uy xo‗jaligida topilgan daromad hisobidan ma‘lum bir xarajatlar evaziga 
bilim ko‗nikma, malaka bilan salohiyatga ega bo‗lib mehnat resurslari safiga kelib 
qo‗shiladi. Mehnat resurslari esa o‗z navbatida milliy iqtisodiyot ishtirokchisi, uni 
rivojlantiruvchi, siljituvchi,uning YaIMini to‗ldiruvchi subyektdir. 


544 
Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
Mehnat resurslari maqsad ila qurilish tashkiloti faolyatida mehnat qiladi, 
innovatsion faolyatga kirishadi. Mazkur yo‗nalishda o‗z-o‗zidan kooperatsiyaga 
zaruryat paydo bo‘ladi. O‗z mohiyatiga ko‗ra qurilish ishlab chiqarishi (xizmat 
ko‗rsatishi) kooperatsiyasi umumiy maqsadlarga erishish uchun jismoniy va 
yuridik shaxslarning ixtiyoriy birlashuvini yoki o‗zaro hamkorlik qilishini o‗zida 
nomoyon qiladi. 
Darhaqiqat, engil sanoat majmuasi ishtirokchilarida sanalgan jismoniy va 
yuridik shaxslarda ham har xil iste‘mol tovarlariga va xizmatlarga bo‗lgan ehtiyoj 
ularda o‗z-o‗zidan turli xildagi iste‘mol tovarlari ishlab chiqaruvchi,xizmat 
ko‗rsatuvchi xo‗jalik yurituvchi subyektlar bilan muloqatga kirishishiga zarurat 
tug‗diradi. Ko‗p hollarda iqtisodiy jihatdan nofaol aholi qatlamlari, shuningdek, 
vaqtincha band bo‗lmagan shaxslar uy sharoitida, ya‘ni farzand tarbiyasi bilan 
mashg‗ul bo‗lgan ayollar, hunarmandlar, kosiblar uy mehnatiga asoslangan 
kasanachilikka kirishadilar. 
O‗z navbatida ta‘kidlash joizki, kasanachilik faoliyati ham ishlab chiqarish 
yoki xizmat ko‗rsatish kooperatsiyasi orqali amalga oshiriladi.Hukumat qarori 
bilan kasanachilik to‗grisidagi Nizom tasdiqlangan. Zero, mazkur hujjatda ko‗zda 
tutilgan tadbirlarni hayotga tadbiq etish bir qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal 
etish inkonyatini beradi. Xususan, ish bilan band bo‗lmagan aholini qurilish ishlab 
chiqarishiga (xizmat ko‗rsatishiga) jalb etish, oila byudjeti daromadlarini 
ko‗paytirish, uy mehnatidan foydalangan holda karkaslar, beton qoliplar,
butlovchi qismlar tayyor mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va ba‘zi 
bir xizmatlar ko‗rsatishini tashkil etish yo‗li bilan yirik korxonalar faolyati 
samaradorligini oshirishga erishish mumkin. 
O‗z-o‗zidan ma‘lumki, qishloq joylaridagi kam ta‘minlangan ijtimoiy 
himoyaga muhtoj oilalarni temir daftarga yoki yoshlar daftariga kiritish va o‗z 
navbatida ularni ish bilan ta‘minlash davlatimiz tomonidan olib borilayotgan 
islohotlarning ustuvor yo‗nalishlaridan biridir. Hozirgi kunlarda bir shaxsning 
ikkinchi bir shaxs (jismoniy yoki yuridik) bilan faolyatlari samaradorlik jihatidan 


545 
Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
bir-biri bilan uyg‗unlashuvi talab qilinar ekan, ular muloqoti ma‘lum bir masofaviy 
xarakterga ega bo‗lsa bu jarayon o‗z navbatida albatta, ma‘lum vaqt bilan 
birgalikda ma‘lum xarajatlarni ham talab qiladi. Shundan kelib chiqqan holda ular 
faolyatini uyg‗unlashtiruvchi ―muloqot-naflilik zanjiri‖ [2] lozim bo‗ladi. 
―Muloqot-naflilik zanjiri‘‘ ning bir xo‗jalik yuritish doirasida amalga 
oshirilishi xo‗jalik klasterini vujudga keltiradi. Xo‗jalik klasteri ham o‗z 
mohiyatiga ko‗ra yagona texnologik zanjirga birlashtirilgan xo‗jaliklar majmui 
bo‗lib u ilm-fan, ta‘lim hamda ularning o‗zaro hamkorligini chuqurlashtirish, yangi 
texnologiyalarni amaliyotga jadal joriy etish imkoniyatini o‗zida namoyon etadi. 
Xo‗jalik klasterining asosiy negizini xo‗jalik yuritish kooperatsiyasi tashkil 
etadi.O‗z navbatida, kooperatsion aloqalar hamkorlik bosqichi bo‗yicha texnologik 
bog‗lam, 
texnologik 
to‗plamga 
aylanib 
xo‗jalik 
klasterini 
vujudga 
keltiradi.Klasterning pirovardida xom ashyo qayta ishlashning barcha bosqichidan 
o‗tib eksportbop tayyor mahsulotga aylanadi. 
Klasterni yaratish pirovardida olimlar, iqtisodchilar, qurilish-montaj, sanoat 
tashkiloti,shuningdek, infratuzilmaviy tashkilotlar va ularning ilg‗or tajribasini 
yagona maqsad yo‗lida birlashtirishni taqozo etadi. 
Muhtaram 
Prezidentimiz 
Sh.M.Mirziyoyev 
ta‘kidlaganlaridek, 
islohotlarimizning huquqiy asosi bo‗lgan ―Kooperatsiya va klasterlar to‗g‗risida‖ 
gi yangi qonunni tezroq qabul qilish katta reja va niyatlarimizga mos ish bo‗lur 
edi‖ [3]. 
Bugungi kunda mamlakatimizda mazkur jarayonlarning huquqiy asosi 
yaratilgan bo‗lib ular jumlasiga, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qarori bilan tasdiqlangan 
―Kasanachilik to‗g‗risidagi Nizom‖, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasining 
―Kooperatsiya to‗g‗risidagi‖ Qonuni kiradi.
Ishlab chiqariladigan tovarlar, bajariladigan ishlar va ko‗rsatiladigan 
xizmatlarning turlariga qarab xo‗jalik yuritish klasterlarining quyidagi turlarini 
ajratish mumkin: 


546 
Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
1. Yakuniy mahsulot ishlab chiqaruvchi mustaqil klasterlar. Bunday 
klasterlar tovarlarning yangi turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan ishlab 
chiqarish kooperatsiyasiga kirishishi mumkin. 
2. Birlashmalar yoki kombinatlar tarkibidagi (ko‗proq butlovchi qismlar, 
detallar ishlab chiqarish bilan shug‗ullanuvchi) klasterlar. Bunday klasterlar 
boshqa korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning butlovchi 
qismlari va detallarining yetkazib beruvchilari sifatida ular bilan ishlab chiqarish 
kooperatsiyasiga kirishishi mumkin. 
3. Xizmat ko‗rsatuvchi kichik klasterlar tarmog‗i (sho‗ba, qo‗shma yoki 
mustaqil klasterlar). 
4. Innovatsion turdagi (shu jumladan, iste‘mol tovarlari ishlab chiqaruvchi) 
klasterlar.
Paxta-to‗qimachilik klasterlari doirasidagi ishlab chiqarish kooperatsiyasi 
uchun quyidagi shart-sharoitlar ta‘minlanishi zarur:
1. Ishlab chiqarish kooperatsiyasida kamida ikki tomon ishtirok etadi. 
2. Har bir tomon ikkinchi tomon uchun qimmatli (zaruriy) bo‗lishi mumkin 
bo‗lgan narsaga ega bo‗lishi kerak. 
3. Har bir tomon o‗z tovari yoki xizmatlarining kommunikatsiyasini amalga 
oshirishga qodir bo‗lishi lozim. 
4. Har bir tomon boshqa tomonning takliflarini qabul qilishda yoki rad 
etishda mutloq erkin bo‗lishi zarur. 
5. Har bir tomon boshqa tomon bilan ishlashning maqsadga muvofiqligiga 
ishonch hosil qilishi kerak. 

Download 10.16 Mb.
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   274




Download 10.16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Namangan muhandislik-texnologiya institutida O„zbekiston

Download 10.16 Mb.
Pdf ko'rish