• PAXTA-TO„QIMACHILIK XO„JALIK YURITUVIDA MARKETING AXBOROT TIZIMINING ROLI Gapparov Behzod Nematillayevich, katta o„qituvchi Jizzax Politexnika instituti
  • Kalit so„zlar
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI




    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet233/274
    Sana23.02.2023
    Hajmi10.16 Mb.
    #43313
    1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   274
    Bog'liq
    2-TOM NAMMTI YSMKT
    Uslubiy Algoritmlash va dasturlash (tajriba), QXAKT AMALIY USLUBIY, 4 kurs, 3 bob 2, 1- semes, Операциоонная система windows, Шимолий Нишон кони учун газ, UZB OAK JURNALIGA RAHIMOV R .2, 1-Амалий иш Техно меню, 4-kurs21 larga , 9-informatika-darslik, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan WORD 11, 2.2 reja, 2.2 docx
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI 
    1. 
    O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―2022-2026 yillarga 
    mo‗ljallangan Yangi O‗zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‗g‗risida‖ gi 2022 
    yil 28-yanvardagi PF-60 sonli Farmoni. 
    2. Айнакулов М.А., Абдухамидов Э.М. Нормативно-правовая база 
    интеграционных отношений хозяйствующих субъектов // «Молодой 


    547 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    ученый». Международный научный журнал. Спецвыпуск Джизакский 
    политехнический институт. 2016. № 7.2 (111.2) С. 48-50. 
    3.
    B.B.Berkinov, M.A.Aynaqulov. ―Kichik tadbirkorlik korxonalarining 
    yirik korxonalar bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasi‖. Monografiya - Jizzax.: 
    2004-114 b. 
    PAXTA-TO„QIMACHILIK XO„JALIK YURITUVIDA MARKETING 
    AXBOROT TIZIMINING ROLI 
    Gapparov Behzod Nematillayevich, katta o„qituvchi 
    Jizzax Politexnika instituti
     
    Annotatsiya: Maqolada mamlakatimizda so„nggi paytlarda ish yuritish tizimiga tobora 
    kirib borayotgan klaster tizimi bo„yicha iqtisodiyotning engil sanoat majmuasi xo„jalik 
    yurituvchi subyektlarning doimiy ish jarayonlarini yuritish maqsadida, xo„jaliklararo 
    kooperatsion aloqalarni yo„lga qo„yish uchun xo„jalik yuritish klasterining marketing axborot 
    tizimi va uning prinsipial jihatlari xo„jalik yuritish uslubi sifatida bayon qilingan. 
    Kalit so„zlar: marketing, kooperatsiya, o„zaro hamkorlik, innovatsiya, bozor 
    infratuzilmasi, talab va taklif. 
    Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, ana 
    shunday yo‗llardan biri - bu klasterlar doirasidagi ishlab chiqarish kooperatsiyasini 
    tashkil etish va rivojlantirish hisoblanadi. Klaster doirasidagi turli xo‗jalik 
    yurituvchi subyektlarning o‗zaro hamkorligi va ishlab chiqarish integratsiyasining 
    ahvolini o‗rganib chiqish avvalombjr qiyidagi potentsial jarayonlarga ktng 
    imkoniyatlar eshigini ochib beradi: 
    - iqtisodiyot sektorlari bo‗yicha mazkur jarayonlarning rivojlanish 
    tendensiyalarini bashorat qilishga; 


    548 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    - birinchi galda, tovarlar, ishlar va xizmatlarni bajarishda ishlab chiqarish 
    kooperatsiyasini chuqurlashtirish bo‗yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishga 
    asos bo‗ladi [1].
    Shu bilan birga klaster doirasida ishlab chiqarish integratsiyasini 
    rivojlantirishda foydalanilmagan zahiralarni qidirib topish tahlili, ushbu 
    zahiralardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun foydalanishga 
    yo‗naltirilgan tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini beradi. 
    Iqtisodiyotning engil sanoat majmuasida klaster doirasidagi turli xo‗jalik 
    yurituvchi subyektlarning o‗zaro aloqasi va ishlab chiqarish integratsiyasini tahlil 
    qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‗yicha tadbirlar majmuasini ishlab 
    chiqish va amalga oshirishni tegishli marketing axborotisiz uddalab bo‗lmaydi. 
    Shu munosabat bilan marketing axboroti tizimini barpo etish masalasi turli 
    faoliyatga ixtisoslashgan klaster doirasidagi xo‗jalik yurituvchi subyektlar ishlab 
    chiqarish integratsiyasining samarali tizimini tashkil etishga doir muhim 
    vazifalardan biri hisoblanadi. 
    Marketing axboroti tizimini barpo etish uchun katta hajmdagi mehnat va 
    moddiy sarf-xarajatlar, shuningdek, malakali kadrlarni jalb etish talab qilinadi. 
    Biroq bunday tizimni yaratish turli faoliyatga ixtisoslashgan xo‗jalik yurituvchi 
    sub‘yektlar faoliyatini iqtisodiy natijalariga samarali ta‘sir ko‗rsatadi. Engil sanoat 
    majmuasida klaster doirasidagi turli xo‗jalik yurituvchi subyektlarning ishlab 
    chiqarish integratsiyasini rivojlantirish marketingi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning 
    sotuvchidan xaridorga tomon maqsadli yo‗naltirilishiga ko‗maklashuvchi shart-
    sharoitlardan foydalanish zaruratidan kelib chiqadi. 
    Buni hal etishga ko‗maklashuvchi turli faoliyatga ixtisoslashgan xo‗jalik 
    yurituvchi subyektlarning klaster doirasidagi o‗zaro hamkorligi va ishlab chiqarish 
    kooperatsiyasini rivojlantirishning asosiy shart-sharoitlari ishlab chiqarishni tashkil 
    qilish va xo‗jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish 
    jarayonlarini takomillashtirishning quyidagi yo‗nalishlarini belgilab beradi: 


    549 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    - klaster doirasidagi xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlarning ishlab chiqarish 
    tarkibini diversifikatsiyalash; 
    -klaster doirasidagi xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlarning o‗zaro hamkorligini 
    rivojlantirish; 
    - klaster doirasida ishlab chiqarish kooperatsiyasi jarayonlarini tartibga 
    solishda davlatning rolini kuchaytirish [2].
    Engil sanoat majmuasida turli faoliyatga ixtisoslashgan xo‗jalik yurituvchi 
    subyektlarning xo‗jalik klasteri doirasidagi o‗zaro hamkorligi shart-sharoitlari va 
    shakllarining me‘yoriy-huquqiy jihatdan tartibga solinishini ham takomillashtirish 
    zarur. Ma‘lumki, xo‗jalik yurituvchi subyektlar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar 
    fuqarolik qonunchiligining umumiy me‘yorlari bilan tartibga solinadi. Biroq xorij 
    tajribasida kichik korxonalar ishtirokidagi subpudrat munosabatlari kichik biznes 
    manfaatlarini himoya qilishga yo‗naltirilgan maxsus qonunchilik bilan tartibga 
    solinadi. Nazarimizda bunday maxsus qonun hujjatini bizning mamlakatda ham 
    joriy etish, xususan, O‗zbekiston Respublikasining ―Kooperatsiya va klasterlar‖ 
    to‗g‗risidagi Qonunini va ―Xo‗jalik yuritish klasteri doirasida tovarlar ishlab 
    chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‗rsatishda o‗zaro hamkorlik va ishlab 
    chiqarish kooperatsiyasi to‗g‗risida Nizom‖ loyihasini ishlab chiqish va qabul 
    qilish kerak. 
    Mazkur Qonun va nizom loyihasi bilan, bizning fikrimizcha, bozorning 
    muhim mexanizmlari tartibga solinadi, xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlar tovarlar 
    ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‗rsatishda xo‗jalik klasteri 
    doirasidagi ishlab chiqarish kooperatsiyasiga bo‗lgan talablarini rasmiy tarzda 
    qondirish imkoniyatiga ega bo‗ladi, ishlab chiqarish jarayolarini tashkil etishda 
    xatarlar pasaytiriladi.
    Bunda barcha holatlarda ushbu muammoning amaliy jihatdan hal etilishida 
    bozor infratuzilmalari muhim rol o‗ynaydi. 
    Klaster doirasidagi turli xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning ishlab chiqarish 
    kooperatsiyasi masalalarini hal etishda xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning tovarlar 


    550 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‗rsatishdagi o‗ziga xos 
    xususiyatlari inobatga olinishi kerak. Bunda: 
    - yirik korxonalar past rentabelli va rentabelsiz mayda ulgurji tovarlar, ishlar 
    va xizmatlar ishlab chiqarishni qisqartirib va ularga bo‗lgan talab-ehtiyojlarni 
    kichik biznes hisobidan qoplagan holda, kichik korxonalarni moddiy-texnik 
    resurslar bilan qo‗llab-quvvatlashi va shu asosida xo‗jalik yuritish klasterini 
    yaratishi zarur; 
    -klaster doirasidagi kichik korxonalar mayda ulgurji tovarlar ishlab 
    chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‗rsatishda yirik korxonalar bilan o‗zaro 
    hamkorlik qilishi uchun ushbu korxonalarga zarur bo‗lgan tovarlar turlari va hajmi 
    haqidagi axborotdan keng foydalanish imkoniyatiga ega bo‗lishi kerak. Shu asosda 
    raqobat muhitini yaratish va eng foydali ishlab chiqaruvchini xo‗jalik klasteri 
    ichidagi ishlarga jalb qilish mumkin [3]; 
    - mayda ulgurji tovarlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar 
    ko‗rsatish bilan shug‗ullanuvchi kichik korxonalar ishlab chiqarishni tashkil qilish 
    uchun zarur bo‗lgan resurslardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‗lishi, ayniqsa 
    ishlab chiqarishni tashkil qilishning dastlabki bosqichida kredit mablag‗lari bilan 
    qo‗llab-quvvatlanishi lozim. 
    Yuqorida bayon etilganlarni umumlashtirgan holda, quyidagi 
    xulosalarni chiqarish mumkin: 
    Klaster doirasidagi turli xo‗jalik yurituvchi subyektlarning ishlab 
    chiqarish kooperatsiyasiga bo‗lgan talablarining qondirilishi (va aksincha), 
    iqtisodiyotning alohida tarmoqlaridagi ishlab chiqarish kooperatsiyasi jarayonlarini 
    rivojlantirishning o‗ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, tovarlar, ishlar 
    va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun mazkur xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning 
    sa‘y-harakatlarini birlashtirish bo‗yicha talab va takliflar bozori doirasida amalga 
    oshirilishi kerak.

    Download 10.16 Mb.
    1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   274




    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish