• PAXTA-TO„QIMACHILIK TARMOG„IDA XO„JALIK YURITISH KLASTERI DOIRASIDAGI INTEGRATSION ALOQALARNI RIVOJLANTIRISH BO„YICHA XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI
  • Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Namangan muhandislik-texnologiya institutida O„zbekiston




    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet234/274
    Sana23.02.2023
    Hajmi10.16 Mb.
    #43313
    1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   274
    Bog'liq
    2-TOM NAMMTI YSMKT
    Uslubiy Algoritmlash va dasturlash (tajriba), QXAKT AMALIY USLUBIY, 4 kurs, 3 bob 2, 1- semes, Операциоонная система windows, Шимолий Нишон кони учун газ, UZB OAK JURNALIGA RAHIMOV R .2, 1-Амалий иш Техно меню, 4-kurs21 larga , 9-informatika-darslik, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan WORD 11, 2.2 reja, 2.2 docx
     
     


    551 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI 
    1. 
    B.B.Berkinov, M.A.Aynaqulov. ―Kichik tadbirkorlik korxonalarining yirik 
    korxonalar bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasi ‖. Jizzax.: 2004-114 b. 
    2. 
    Айнакулов М.А., Абдухамидов Э.М. Нормативно-правовая база 
    интеграционных отношений хозяйствующих субъектов. // «Молодой 
    ученый». Международный научный журнал. Спецвыпуск Джизакский 
    политехнический институт. 2016. № 7.2 (111.2) С. 48-50. 
    3. 
    Aynakulov M.A. Problems, prestiges of animation process and technique // 
    Uz ACADEMIYA. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL.ISSN (E)-2181-
    1334.VOL 1, ISSUE 2, AUGUST 202. Jild-2 
    PAXTA-TO„QIMACHILIK TARMOG„IDA XO„JALIK YURITISH 
    KLASTERI DOIRASIDAGI INTEGRATSION ALOQALARNI 
    RIVOJLANTIRISH BO„YICHA XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI 
     
    Isanov Abdumajit Parmanovich, assistent 
     Jizzax politexnika instituti
     
    Annotatsiya: Maqolada Amerika, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, 
    Fransiya, Gollandiya, Belgiya, Ispaniya kabi xorijiy davlatlarda kooperatsiya asosida faoliyat 
    olib borish natijasida xo„jalik yuritishning klaster usulining natijalari, shuningdek, inqirozni 
    yumshatish sifatidagi mazmun mohiyati tahliliy asosda bayon etilgan. 
    Kalit so„zlar: Yakuniy pirovard mahsulot, kichik sanoat kompaniyalari, sof mahsulot, 
    kooperatsiya, klaster, kichik biznes, eksport, mayda tadbirkorlik, inqiroz, bankrot, venchur 
    sarmoyasi. 
     
    O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 28-yanvarda 
    imzolangan PF-60 sonli ―2022-2026 yillarga mo‗ljallangan yangi O‗zbekistonning 


    552 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    taraqqiyot strategiyasi to‗g‗risida‖gi Farmonida mamlakat kelajagi 
    integratsiyalashuv negizida ko‗rinishi alohida urg‗u bilan qayd qilingan. Shuning 
    bilan birgalikda ustuvor yo‗nalishlarni mamlakatimizda ravnaq toptirish yuzasidan 
    rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini andozaviy tarzda o‗zlashtirish jihatlari 
    xam Farmonda nazarda tutilgan. 
    Darhaqiqat, rivojlangan mamlakatlar tajribasida ham hali bitta korxona yoki 
    tashkilotning yakka o‗zi yakuniy pirovard mahsulot yaratganligi kuzatilmagan. 
    Ammo, hamjihat bo‗lib bir to‗plam doirasida mahsulot yaratish yoki xizmatlar 
    ko‗rsatish ayniqsa paxta-to‗qimachilik tarmog‗ida ular iqtisodiyotida muhim rol 
    o‗ynaydi. Amerika sanoatida, masalan, hozirgi kunda umumiy holatda 500 
    mingdan ortiq kichik firmalar faoliyat ko‗rsatmoqda va ular mahsulot umumiy 
    hajmining taxminan 40 foizini ishlab chiqaradi. Ushbu ko‗rsatkichlar Fransiyada 
    45 foizni, Yaponiyada 50 foizdan ko‗pni tashkil qiladi. Yaponiyada kichik sanoat 
    kompaniyalari sonining ko‗pligi (ularning soni 850 mingdan ziyod) iqtisodiy 
    o‗sishning yuqori sur‘atlariga erishishga to‗sqinlik qilmadi. Mazkur mamlakat 
    ishchilarining soni 300 kishigacha bo‗lgan xo‗jalik birliklari ulushiga (barcha 
    korxonalarning 99,5 foizi) band aholining 71,7 foizi, sotuvning 51,8 foizi, qayta 
    ishlovchi sanoatdagi sof mahsulotning 56,6 foizi to‗g‗ri keladi [1]. 
    Ko‗pchilik rivojlangan mamlakatlarda paxta-to‗qimachilik yo‗nalishlarida 
    band aholining umumiy sonida kooperatsiya asosida faoliyat olib borayotgan 
    xo‗jaliklar (100 kishigacha) ulushining barqaror o‗sishi kuzatilmoqda. Bu nafaqat 
    kichik biznes uchun an‘anaviy bo‗lgan sohalar (xizmatlar) ga tegishli, hatto 
    iqtisodiyotning paxtachilikning qayta ishlovchi sanoati kabi muhim tarmog‗ida 
    ham bunday xo‗jaliklarning band aholining umumiy sonidagi ulushi: Buyuk 
    Britaniyada so‗nggi o‗n yilliklarda 15,5 dan 22 foizgacha; Italiyada 53,1 dan 59,0 
    foizgacha; Germaniyada 12,5 dan 16,0 foizgacha; Fransiyada 23,6 dan 27,7 
    foizgacha; Gollandiyada 34,9 dan 36,6 foizgacha; Belgiyada 28,1 dan 28,9 
    foizgacha; Ispaniyada 56,4 dan 57,8 foizgacha oshdi. 


    553 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    Ispaniya kichik tadbirkorlikning mumtoz mamlakati hisoblanadi. Bu yerda 
    jami korxonalarning 99,7 foizini tashkil qilgan kichik korxonalar yalpi sanoat 
    mahsulotining 70 foizini, eksportning 75 foizini beradi, ularda iqtisodiy faol 
    aholining 85 foizi ish bilan band. Bular, asosan, ishchilari soni 25 dan 100 
    kishigacha bo‗lgan kichik korxonalardir. 
    Yevropa Ittifoqida sanoat, xizmat ko‗rsatish va savdo sohasida faoliyat 
    ko‗rsatuvchi, ishchilarining soni 500 kishidan kam bo‗lgan klasterlar ulushiga 
    korxonalar umumiy sonining 90 foizdan ortig‗i to‗g‗ri keladi. Ularda Yevropa 
    Ittifoqidagi barcha band aholining 65 foizi mehnat qiladi. Agar yirik korxonalar 
    ishchilar sonini qisqartirsa, kichik korxonalar yangi ish o‗rinlari yaratadi. 
    O‗tgan asrning 90-yillarining ikkinchi yarmida boshqa sanoati rivojlangan 
    mamlakatlar kabi Italiyada ham mayda tadbirkorlar bandlik siyosatidagi 
    o‗zgarishlarga tezkor moslashish, ishlab chiqarish tarkibini tezda tartibga solish
    o‗z mahsulotini bevosita iste‘molchilarga yetkazish tarmoqlarini tashkil etish 
    hisobidan sanoat va xizmat ko‗rsatish sohasining eng dinamik sektorini tashkil 
    qildi. 
    Yuqorida zikr etilgan mamlakatlarda paxta-to‗qimachilik klasterlarining 
    o‗sish tendensiyasi hozir ham kuzatilmoqda. Biroq ayrim jihatlardan (texnologik 
    rivojlanishni jadallashtirish, bozorlarning globallashuvini kuchaytirish) ular 
    alohida faoliyat yuritadigan yirik korxonalarga qaraganda kam foyda keltiradi. 
    Paxta-to‗qimachilik klasterlarini chet eldan moliyalash ular faoliyatidagi yangi 
    xususiyat bo‗ldi, bu korxonaning tashqi bozorga yo‗naltirilishini kuchaytiradi 
    (butun Italiya eksportining 40 foizini ishchilarining soni 300 kishidan ko‗p 
    bo‗lmagan korxonalar beradi). 
    Odatda paxta-to‗qimachilik klasterlari faoliyatini rag‗batlantirishning asosiy 
    sababi kichik biznes sohasidagi yangi korxonalarning har 5 tadan 3 tasi dastlabki 
    olti yil ichida inqirozga yuz tutishidir. Lekin yirik korxonalar bilan paxta-
    to‗qimachilik klasterlariga birlashganlari mustahkamlanadi va bandlikni o‗stiradi. 
    Bankrotlikdan ko‗riladigan yo‗qotishlar katta emas, muvaffaqiyatsizlik esa, 


    554 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    tadbirkorlar tomonidan mablag‗ni u yerga sarflash kerak emasligi haqidagi axborot 
    sifatida baholanadi. 2010-2020 yillarda Nyu-York shtatida 417 ming firmaning 
    faoliyat ko‗rsatishi samaradorligi tahlil qilindi. Natijada shu narsa ma‘lum bo‗ldiki, 
    yirik firmalardan farqli ravishda kichik korxonalarda inqirozga uchrash ancha ko‗p 
    va mutaxassislar kelib ketishi ham yuqori. So‗nggi yillarda mayda korxonalar ish 
    o‗rinlarining 30,8 foizini yo‗qotishdi, shu bilan birga yirik firmalar uchun ushbu 
    ko‗rsatkich 14,6 foizni tashkil qildi. Nyu-York shtatida 5 yil mobaynida 
    ishchilarining soni 40 dan 100 kishigacha bo‗lgan korxonalarning taxminan 
    to‗rtdan bir qismi bankrot bo‗ldi, ayni paytda 5-10 ming kishi mehnatidan 
    foydalangan yirik korxonalarning inqirozga yuz tutishi ko‗rsatkichi 7 foizdan 
    oshmadi [2]. 
    Chet elda paxta-to‗qimachilik klasterlari rivojining tajribasi shundan dalolat 
    beradiki, 2000-yillar va 2010-yillarning boshida iqtisodiy o‗sish sur‘atlarining 
    pasayishi ko‗pchilik mamlakatlar ishbilarmon doiralarini ishlab chiqarishni o‗zaro 
    hamkorlik asosida tubdan tarkibiy qayta qurish yo‗llarini qidirishga undovchi 
    turtki bo‗ldi.
    AQSh dagi 2010-2020-yillarda yuz bergan tarkibiy inqiroz yangi texnologik 
    tamoyillarga o‗tish masalasini oldinga qo‗ydi. Yirik korporatsiya doirasida ilmiy-
    tadqiqot, ishlab chiqarish faoliyatining chuqur ixtisoslashuvi, texnik yangiliklar 
    kiritish jarayonini keskin murakkablashtiradi, u ilgari yuzaga kelgan texnologiyani 
    takomillashtirishga olib keladi. Bu venchur sarmoyasi asosida kichik paxta-
    to‗qimachilik klasterlarini tashkil qilish uchun debocha bo‗ldi.
    Iqtisodiy adabiyotlarda ta‘kidlanishicha, AQSh da korxonalar soni 
    o‗sishining aksariyat katta qismi aynan o‗zaro sherikchilik asosidagi mayda, 
    kichik firmalar sohasida kuzatildi. Ular 2016 yilda xususiy paxtachilikga aloqador 
    bo‗lmagan korxonalar umumiy sonining 90 foizidan ko‗pini tashkil qilib, asosan 
    biznes, sog‗liqni saqlash, ta‘lim, yuridik va huquqiy masalalar bo‗yicha 
    maslahatlar berish sohasida faoliyat ko‗rsatdi [3]. 


    555 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini umumlashtirgan holda 
    mamlakatimizda paxta-to‗qimachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish va 
    ularning iqtisodiy samaradorligini ta‘minlash bo‗yicha quyidagi yo‗nalishlarni 
    ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish tavsiya etiladi: 

    paxta-to‗qimachilik klasterlari faoliyatini nafaqat tayanch xom ashyo 
    potensialiga, balki turdosh tabiiy resurslar manbaiga xam yaqinlashtirish va bu 
    borada mahalliy boshqaruv organlarining e‘tibori nuqtai nazaridan ularning 
    mas‘uliyatini oshirish; 

    paxta-to‗qimachilik klasterlari faoliyatida rag‗batlantiruvchi soliq 
    funksiyalarini tatbiq qilish va regressiv soliq stavkalariga o‗tkazish; 

    paxta-to‗qimachilik klasterlariga qo‗shilishga da‘vogar hamkorlar 
    uchun imtiyozlar tizimini muntazam takomillashtirib borish. 

    Download 10.16 Mb.
    1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   274




    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Namangan muhandislik-texnologiya institutida O„zbekiston

    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish