• PAXTA-TO„QIMACHILIK TARMOG„IDA XO„JALIK YURITUVCHI KLASTERLARI FAOLIYATINING NAZARIY ASOSLARI Muxitdinov Abduvaxob Abduvaliyevich, assistent
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI




    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet235/274
    Sana23.02.2023
    Hajmi10.16 Mb.
    #43313
    1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   274
    Bog'liq
    2-TOM NAMMTI YSMKT
    Uslubiy Algoritmlash va dasturlash (tajriba), QXAKT AMALIY USLUBIY, 4 kurs, 3 bob 2, 1- semes, Операциоонная система windows, Шимолий Нишон кони учун газ, UZB OAK JURNALIGA RAHIMOV R .2, 1-Амалий иш Техно меню, 4-kurs21 larga , 9-informatika-darslik, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan WORD 11, 2.2 reja, 2.2 docx
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI 
    1. 
    O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―2022-2026 yillarga 
    mo‗ljallangan yangi o‗zbekistonning TARAQQIYoT STRATEGIYaSI to‗g‗risida‖ 
    gi 2022 yil 28-yanvardagi PF-60 sonli Farmoni 
    2. 
    Челинсев А. О строителстве селскохозяйственной кооперации. 
    Журнал «АПК: экономика, управление», № 5, 2000 
    3. 
    Шароватова И.В. Селскохозяйственная кооперация в развитых 
    капиталистических и развиваюҳихся странах. ВНИИТЕИ агропром, М.,2001 
    PAXTA-TO„QIMACHILIK TARMOG„IDA XO„JALIK YURITUVCHI 
    KLASTERLARI FAOLIYATINING NAZARIY ASOSLARI 
    Muxitdinov Abduvaxob Abduvaliyevich, assistent 
    Jizzax politexnika instituti
     
    Annotatsiya: Maqolada paxta-to„qimachilik tarmog„ida xo„jalik yuritishning klaster 
    doirasida milliy iqtisodiyotning real sektori korxonalarining bir butun kooperatsiyalashuvi 


    556 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    asosidagi faoliyatlarini muvozanatlashtirish yo„nalishlari va kooperatsiyalashtirishning aralash 
    turlari va ularning turlari bayon etilgan. 
    Kalit so„zlar: Kooperatsiya, klaster, muvozanatlashuv, butlovchi qismlar, kooperativlar, 
    qayishqoq siyosat, tarmoq va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiyasi, konseptual 
    qoidalar, modernizatsiya. 
    Paxta xom ashyosini qayta ishlash sanoati korxonalari butlovchi qismlar va 
    detallar ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar bilan, qurilish korxonalari esa 
    qurilish industriyasi korxonalari bilan xo‗jalik klasteri doirasida ishlab chiqarish 
    integratsiyasini yo‗lga qo‗yishdan manfaatdordir. Engil sanoat majmuida qishloq 
    xo‗jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta 
    ishlovchi korxonalar bilan va qishloq xo‗jaligi ishlab chiqaruvchilarining turli 
    xildagi xizmatlar ko‗rsatuvchi korxonalar bilan xo‗jalik klasteri doirasida ishlab 
    chiqarish kooperatsiyasining katta imkoniyatlari va turli shakllari mavjud [1]. 
    Paxta yetishtirishga mo‗ljallangan qishloq xo‗jaligida klaster doirasida 
    ishlab chiqarish kooperatsiyasining istiqbolli shakllaridan biri bo‗lib kooperativlar 
    hisoblanadi. Fuqarolar tomonidan qishloq xo‗jaligi mahsulotini yetishtirish, qayta 
    ishlash va sotish bo‗yicha qo‗shma faoliyatni amalga oshirish, shuningdek, qonun 
    bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyatni bajarish uchun tuzilgan ishlab chiqarish 
    kooperativi qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarish kooperativi deb e‘tirof etiladi. 
    Paxta-to‗qimachilikning xo‗jalik klasteri doirasida ishlab chiqarish 
    integratsiyasi shakllari va turlarining xilma-xilligi, muayyan shart-sharoitlardan 
    kelib chiqqan holda, manfaatdor tomonlarning ham bevosita, ham bilvosita o‗zaro 
    hamkorligining uyg‗unlashuvini nazarda tutadi. Bunda qabul qilingan o‗zaro 
    hamkorlik tizimi quyidagilarni ta‘minlashi kerak: 
    1. Ishlab chiqarishning muvozanatlashuvi, bu bir tomondan, klaster doirasiga
    hamkorlar sifatida cheklanmagan miqdorda va faoliyat sohasi turlicha bo‗lgan 
    hamkor xo‗jalik yurituvchilarni jalb etish imkonini beradi va, ikkinchi tomondan, 
    kichik klasterlar ham bir vaqtning o‗zida qator turli korxona va tashkilotlar bilan 
    hamkorlik aloqalarida ishtirok etishi mumkin [2]. 


    557 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    2. O‗zaro hamkorlik qiluvchi xo‗jalik sub‘ektlarining o‗zini o‗zi boshqarishi, 
    bu ular faoliyatiga uchinchi tomonlarning, shu jumladan, bozor qoidalariga mos 
    ravishda davlatning aralashuvidan chegaralanishni nazarda tutadi. 
    3. Paxta-to‗qimachilikning xo‗jalik klasteri doirasida o‗zaro hamkorlik va 
    ishlab chiqarish integratsiyasi tizimining o‗zini o‗zi tartibga solishi, o‗zaro 
    hamkorlik qiluvchi tomonlarning munosabatlarida qayishqoq siyosatni olib borish, 
    ishlab chiqarish kooperatsiyasiga eng foydali sheriklarni jalb etish, o‗zaro 
    hamkorlikda ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlarni kengaytirish 
    imkoniyatini nazarda tutadi. 
    4. Paxta-to‗qimachilikning xo‗jalik klasteri doirasidagi ishlab chiqarish 
    integratsiyasining o‗zini o‗zi moliyalashi, ushbu jarayonlarni rivojlantirish bilan 
    bog‗liq barcha xarajatlarni xo‗jalik yurituvchi tomonlarning o‗zaro hamkorligida 
    jalb etilgan moliyaviy va moddiy mablag‗lar hisobiga kiritishni nazarda tutadi. 
    Paxta-to‗qimachilikning xo‗jalik klasteri doirasidagi ishlab chiqarish
    integratsiyasi tovarlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‗rsatishning 
    qamrab olinishiga qarab, tarmoq va tarmoqlararo turlarga bo‗linishi mumkin. 
    Amaliyotda, muayyan shart-sharoitlarga qarab, ko‗pincha ishlab chiqarish 
    integratsiyasining aralash (tarmoq va tarmoqlararo) turlari xam paydo bo‗lishi 
    mumkin. 
    Muayyan sxemani tanlash va ishlab chiqarish integratsiyasining zaruriyligi 
    qator konseptual qoidalarga asoslanishi kerak, shu jumladan: 
    1. Tovarlar, muayyan turlarini ishlab chiqarishning texnologik murakkabligi 
    va resurs iste‘moli. Bunda ushbu murakkablikning o‗sishi va resurslar 
    iste‘molining oshishi ishlab chiqarish integratsiyasining rivojlanishini 
    jadallashtirishni va uning asosida paxta-to‗qimachilikning xo‗jalik klasteri 
    doirasidagi ishlab chiqarishning ixtisoslashuvini chuqurlashtirishni talab qiladi. 
    2. Xom ashyo resurslarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, bu texnologik 
    jihatdan murakkab ishlab chiqarishlarni joriy etish zarurligini shartlaydi, u ham, 


    558 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    o‗z navbatida, xo‗jalik klasteri doirasida ishlab chiqarish integratsiyasining 
    jadallashuvini va chuqurlashuvini talab qiladi. 
    3. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo‗jalik yurituvchi subyektlar 
    ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyatining muhim natijasi sifatida - mehnat 
    unumdorligini yanada oshirish. Xo‗jalik yurituvchi subyektlarning klaster 
    doirasidagi ishlab chiqarish integratsiyasi quyidagilar hisobidan ishlab chiqarish 
    samaradorligining o‗sishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi: 
    - ishlab chiqarishni boshqarishni yaxshilash; 
    - bir maromda ishlab chiqarishni tashkil etish, hamda samarasiz va 
    yordamchi ishlab chiqarishlar, omborxonalar, resurslar zahiralari va tayyor 
    mahsulotni saqlash uchun noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish; 
    - ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va jamlash. 
    Mamlakatimizda 
    paxta-to‗qimachilikning 
    xo‗jalik yuritish klasteri 
    doirasidagi ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonlarini jadallashtirish maqsadida
    ayniqsa mamlakat iqtisodiyotining ishlab chiqarish tarmoqlarida turli ishlab 
    chiqarish va noishlab chiqarish xo‗jalik yurituvchi subyektlari bilan xo‗jalik 
    yuritish klasterlarini vujudga keltiruvchi o‗zaro hamkorligini qo‗llab-quvvatlash 
    bo‗yicha maxsus dasturni ishlab chiqishga zarurat hamisha mavjuddir. 
    Paxta-to‗qimachilik tarmog‗ida turli faoliyatga ixtisoslashgan xo‗jalik 
    yurituvchi suyektlarning xo‗jalik klasteri doirasidagi ishlab chiqarish 
    integratsiyasini rivojlantirish bosqichlari quyidagilarni o‗z ichiga olishi kerak: 
    - xo‗jalik yuritish klasteri doirasidagi ishlab chiqarish integratsiyasi asosida 
    rivojlanishi maqsadga muvofiq bo‗lgan ishlab chiqarish segmentlarini tanlab olish 
    va ularni tahlil qilish; 
    - xo‗jalik yurituvchi subyektlarning xo‗jalik yuritish klasteri doirasidagi
    o‗zaro hamkorlik va ishlab chiqarish integratsiyasi bo‗yicha talab va takliflarini 
    o‗rganish; 


    559 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    - ishlab chiqarishning maqsadli segmentlari bo‗yicha xo‗jalik yuritish 
    klasteri doirasida o‗zaro hamkorlik va ishlab chiqarish integratsiyasining maqbul 
    shakllarini tanlash; 
    - xo‗jalik yuritish klasteri doirasidagi ishlab chiqarish integratsiyasining 
    shakllarini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish. 
    Iqtisodiyotning paxtani qayta ishlash sanoati tarmog‗ida xo‗jalik yurituvchi 
    subyektlarning xo‗jalik klasteri doirasidagi ishlab chiqarish integratsiyasini 
    rivojlantirishning asosiy yo‗nalishlari quyidagilardan iborat: 
    - korxonalar xo‗jalik faoliyatini diversifikatsiyalash (qayta tarkiblash) yo‗li 
    bilan ular tarkibidan yordamchi va xizmat ko‗rsatuvchi bo‗linmalarni chiqarish 
    hamda, ushbu funksiyalarni bajarish bo‗yicha xo‗jalik yuritish klasteri doirasida
    kichik bo‗linmalarni tashkil etish; 
    - asosiy ishlab chiqarishning yuqori texnologiyalarini ta‘minlovchi qo‗shma 
    korxonalar faoliyatini kengaytirish; 
    - tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotishga ixtisoslashgan korxonalar bilan 
    xo‗jalik klasteri doirasida o‗zaro hamkorligini takomillashtirish. 

    Download 10.16 Mb.
    1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   274




    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish