• JIZZAX VILOYATIDA INTEGRATSIYA NEGIZIDAGI PAXTA – TO„QIMACHILIK KLASTERLARI UCHUN OILADA KASANACHILARNI SHAKLLANTIRISH YO„NALISHLARI
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI




    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet236/274
    Sana23.02.2023
    Hajmi10.16 Mb.
    #43313
    1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   274
    Bog'liq
    2-TOM NAMMTI YSMKT
    Uslubiy Algoritmlash va dasturlash (tajriba), QXAKT AMALIY USLUBIY, 4 kurs, 3 bob 2, 1- semes, Операциоонная система windows, Шимолий Нишон кони учун газ, UZB OAK JURNALIGA RAHIMOV R .2, 1-Амалий иш Техно меню, 4-kurs21 larga , 9-informatika-darslik, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan WORD 11, 2.2 reja, 2.2 docx
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI: 
    1. Айнакулов М.А., Абдухамидов Э.М. Нормативно-правовая база 
    интегратсионных отношений хозяйствующих субъектов // «Молодой 
    ученый». Международный научный журнал. Спес выпуск Джизакский 
    политехнический институт. 2016. № 7.2 (111.2) С. 48-50. 
    2. Aynaqulov M.A. Xudayberdiyev B.B. Xatamov A.Ya. Qurilish 
    majmuasida xo‗jalik yuritish kooperatsiyasi va klasterining tavsiyaviy yo‗nalishlari 
    // in Volume 1, Issue 5 of Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural 
    andsocial sciences in Jine 2021 


    560 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    JIZZAX VILOYATIDA INTEGRATSIYA NEGIZIDAGI PAXTA –
    TO„QIMACHILIK KLASTERLARI UCHUN OILADA 
    KASANACHILARNI SHAKLLANTIRISH YO„NALISHLARI
    Muxitdinov Abduvali Burxonovich, katta o„qituvchi 
    Jizzax Politexnika instituti 
    Annotatsiya: Maqolada oilaviy pudratning iqtisodiyotning yengil sanoat majmuasining
    iqtisodiy tizimlaridagi alohida o„rni uning mikroiqtisod bilan so„ngra makroiqtisod bilan 
    uyg„unlashuv asoslari, shuningdek, pandemiya davrida oilaviy sharoitlarda uy mehnatini tashkil 
    etish yo„nalishlari bayon qilingan. 
    Kalit so„zlar: Pandemiya, inqiroz, uy xo„jaligi, oilaviy pudrat, mikro va makroiqtisod, 
    mehnat resurslari, inson kapitali, bozor konyukturasi. 
    Iqtisodiy jihatdan qaraganda, uy xo‗jaligi bu oilada yuritilib faoliyatini olib 
    boradi, lekin buni ro‗zg‗ordagi xo‗jalik ishlari deb tushunish noto‗g‗ri, chunki bu 
    tushuncha iqtisodiy faoliyat yurituvchi oilaviy mexnat sub‘ektini anglatadi. Uy 
    xo‗jaligining aksariyat qismini oilaviy pudrat asosida ishlovchilar tashkil etadi. 
    Oilaviy pudratning iqtisodiy mazmuni shundan iboratki, u pirovard maxsulot 
    ishlab chiqarish jarayonida oilaviy pudrat a‘zolari bilan yirik xo‗jalik subyekti 
    o‗rtasidagi iqtisodiy munosabatlar, ya‘ni integratsiya shakllaridir. Oilaviy pudrat 
    mikro (kichik doiradagi) iqtisodning bir ko‗rinishi deb qaraladi. O‗z navbatida esa 
    mikroiqtisodga makroiqtisod, ya‘ni mamlakatning milliy iqtisodi bog‗liq bo‗ladi. 
    Shu sababdan ham oilaviy pudratning milliy iqtisodiyot uchun ahamiyati katta va 
    buni uning mexnat resurslarini yetkazib berish, ya‘ni inson kapitalini 
    shakllantirish, iste‘mol etish va uy xo‗jaligini yuritish, shuningdek ishlab chiqarish, 
    xizmat ko‗rsatish kabi funksiyalarini bajarishida ko‗rish mumkin. 
    Mamlakatimizda ayniqsa paxtani dastlabki qayta ishlashda, masalan sanoat 
    sohasida klaster asosida oilaviy pudratni yo‗lga qo‗yishning imkoniyatlari juda 
    keng, chunki istiqomat qilayotgan aholi tarkibida mehnat yoshidagilar 50 % dan 


    561 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    ko‗proqni tashkil qiladi. Har yili oilalardan 120 ming nafar mehnat yoshiga yetgan 
    kishilar mehnat resurslari safiga qo‗shilib boradi. 
    Ilmiy tadqiqot natijalaridan shu narsa aniqlanganki, xizmat ko‗rsatishda 
    oilaviy pudrat usulida ular kam salmoqqa ega bo‗lganligi uchun, qolaversa bozor 
    talablariga, bozor konyukturasiga tez moslasha olishi bilan eng yaxshi natijalarga 
    erishadi. Shu bois, oilaviy pudrat a‘zolari soni 8-12 kishi atrofida bo‗lishi kerak 
    [1]. Bu esa o‗z navbatida, mustaqillik, mas‘uliyat va manfaatdorlik kabi boshqaruv 
    tamoyillarining uyg‗unlashuvini keltirib chiqaradi. Oilaviy pudrat azaldan O‗rta 
    Osiyo respublikalarida yengil xizmat ko‗rsatish ishlarida, xususan paxsa devor 
    ko‗tarishda, tomning ustini suvoq qilishda keng qo‗llanilib kelingan va mavjud 
    mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, xizmat ko‗rsatishni tashkil etish 
    usullaridan biri sifatida o‗zini oqlagan. 
    Bugungi kunda O‗zbekistonda oilaviy pudratni yo‗lga qo‗yish uchun 
    iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridan paxta-to‗qimachilikda keng miqyosdagi 
    imkoniyatlar mavjud. Chunki mazkur sohaga qarashli xo‗jalik yurituvchi 
    subyektlar iqtisodiyotning asosiy negizini tashkil etadi. Xususan, 2021 yilda yalpi 
    ichki mahsulotdagi tarkibi paxta-to‗qimachilik sohasida nufuzli salmoqni tashkil 
    etdi. 
    Jizzax viloyatida qishloq xo‗jaligining paxtachilik, chorvachilik va 
    kartoshka yetishtirish, poliz ekinlarini yetishtirish kabi turlari keng rivojlanganligi 
    sababli xizmat ko‗rsatish xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarida asosiy xizmat ko‗rsatish 
    ishlari faoliyatidan tashqari diversifikatsion faoliyat sifatida qishloq xo‗jalik 
    faoliyatini ikkilamchi passif faoliyat daromad manbai sifatida yo‗lga qo‗yish va 
    mazkur faoliyatda oilaviy pudrat imkoniyalaridan foydalanish maqsadga 
    muvofiqdir. Xususan, viloyatning sug‗oriladigan cho‗l hududlari (Mirzacho‗l, 
    Paxtakor, Do‗stlik, Arnasoy, Zafarobod, Zarbdor va h.) asosan paxtachilik va 
    poliz mahsulotlari yetishtirishga, viloyatning lalmikor hududlari esa asosan 
    chorvachilikka ixtisoslashtirilgan. Chunki, sug‗oriladigan hududlarda yerning 
    zaxligi sababli chorvachilikning ko‗p kasalliklarga chalinishi oqibatida undan 


    562 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    chorvachilik tarmog‗i bo‗yicha samarali xo‗jalik yuritishda foydalanib bo‗lmaydi 
    [2].
    Paxta-to‗qimachilik sohasida oilaviy pudratning ijobiy jihatlaridan yana biri 
    shundaki, ish kuchiga bo‗lgan mavsumiy talabni qondiradi, ishga qo‗shimcha 
    ishchi kuchlari – maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolejlari o‗quvchilarini, 
    shuningdek, oliy ta‘lim muassasalarining talabalarini, ijtimoiy ishlab chiqarishda 
    muntazam ishtirok etmaydigan fuqarolarni jalb etish imkoniyatida namoyon 
    bo‗ladi. Bu esa yozgi paytlarda xizmat ko‗rsatish ishlarida asosan qo‗l keladi. 
    Shuningdek, mazkur sohada umumiy ovqatlanish shaxobchalarida, texnik xizmat 
    ko‗rsatishda, savdo shaxobchalarida ijaradagi yo‗lovchi transportlarida oilaviy 
    pudratning afzallik tomonlari borki, bu jarayon odatda, ularning qarindoshlik 
    rishtalari, o‗zaro bir-birini qo‗llashga tayanganliklari bilan izohlanadi [3]. 
    Paxta-to‗qimachilik sohasida oilaviy pudratning yalpi ichki mahsulot 
    sur‘atini oshirishdan tashqari, uning ham ijtimoiy-iqtisodiy ham ma‘naviy-ma‘rifiy 
    tomonlari mavjud. 
    Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan, xizmat ko‗rsatishda oilaviy pudrat asosidagi 
    qilingan ishlar natijasida olingan daromaddan ulushbaychilik qoidalariga binoan, 
    oila mulki shakllanadi, so‗ngra umumiy daromadning jamg‗arilishi asosida 
    ko‗payib boradi. O‗z navbatida, oilaviy pudrat mehnatlarining hosilasi sifatida 
    shakllangan oila mulki - mamlakat milliy boyligining tarkibiy qismi hisoblanadi. 
    Ma‘naviy-marifiy jihatdan, paxta-to‗qimachilik tarmog‗idagi oilaviy 
    pudratda inson kapitali shakllanadi. Ya‘ni, bu jarayonda oila tarbiyasidan chetda 
    qolmagan holda kelajak yosh avlodning aqliy va jismoniy qobiliyatlari kamol 
    topadi, o‗z kasbining ustasi sifatida mehnat resurslari safiga kelib qo‗shiladi.O‗z 
    navbatida moddiy ne‘matlar yaratishda qatnashadi hamda jamiyatning iqtisodiy 
    salohiyati va uning taraqqiyoti uchun hissa qo‗shadi. 
    Mamlakatimizda oila iqtisodiga e‘tiborning qaratilayotganligi oilaga 
    munosabatning tubdan o‗zgarishiga olib keladi va bu sohada ko‗plab ijobiy 
    o‗zgarishlar yuz beradi. Biroq, hozirgi vaqtda jamiyat rivojlanishida uy 


    563 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    xo‗jaliklari, oila iqtisodi masalasi asosiy e‘tiborda turganiga qaramasdan, jamiyat 
    debochasi bo‗lgan oilaning va uning asosiy boshqaruv sub‘ekti hisoblangan 
    ayollar mehnatini tartibga solish va uni takomillashtirish yo‗nalishlarini 
    belgilashga e‘tibor yetarli darajada emas. Ana shunday yo‗nalish va vositalardan 
    biri bu kasanachilik faoliyatidir. 
    Paxta-to‗qimachilik sohasida kasanachilik negizidagi oilaviy pudratning 
    aholi yashash tarzini oshirishda, ayniqsa karantin sharoitlarida iqtisodiy inqirozga 
    yuz tutmaslikda juda ko‗plab qulay tomonlari borki, buning uchun uni 
    rivojlantirishga ko‗maklashishning quyidagi potensial imkoniyatlariga e‘tibor 
    qaratilishi kerak: 
    - mintaqalarning potensial imkoniyatlariga qarab tarmoqlar ichida yoki 
    tarmoqlararo oilaviy pudrat yo‗lga qo‗yilishi va bu jarayon davlat boshqaruv 
    idoralari tomonidan amalga oshirilishi kerak; 
    -xo‗jalik yuritishning bozor mexanizmlarini kengaytirish; 
    - oilaviy pudratchilarning innovatsion faoliyatini kengaytirish uchun 
    moliyaviy mexanizmlar va rag‗batlardan foydalanish; 
    - kasbga oid yo‗nalishlar bo‗yicha ko‗nikmalarni shakllantirish maqsadida 
    ta‘lim xizmatlarini ko‗rsatuvchi maxsus kurslarni tashkil etish. 
    Kasanachilik faoliyatining iqtisodiy jihati bilan birga uning ma‘naviy-
    ma‘rifiy jihatlari ham mavjuddir, ya‘ni ayollar ish faoliyatini farzand tarbiyasi 
    bilan qo‗shib olib boradi, o‗z vaqti bilan farzandini hunarga o‗rgatib mehnat 
    resurslari safiga qo‗shadi. Shuningdek, bu faoliyatni rivojlantirish orqali 
    ajdodlarimizdan meros bo‗lib kelayotgan, yo‗qolib ketish arafasida bo‗lgan 
    hunarmandchilikning ayrim turlarini-kosibchilik, zardo‗zlik, do‗ppido‗zlik, 
    duradgorlik, temirchilik va boshqalarni saqlab qolishimiz va ularni kelgusi 
    avlodlarga yetkazishimiz, qisqasi, an‘ana va urf-odatlarimizni saqlab qolishimizga 
    yordam beradi.

    Download 10.16 Mb.
    1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   274




    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish