• O„ZBEKISTONDA PAXTA-TO„QIMAChILIK SOHASIDA XO„JALIK YURITUVCHI KLASTERLARNI RIVOJLANTIRISH BO„YICHA BA‟ZI XULOSA VA TAVSIYALAR
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI




    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet244/274
    Sana23.02.2023
    Hajmi10.16 Mb.
    #43313
    1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   274
    Bog'liq
    2-TOM NAMMTI YSMKT
    Uslubiy Algoritmlash va dasturlash (tajriba), QXAKT AMALIY USLUBIY, 4 kurs, 3 bob 2, 1- semes, Операциоонная система windows, Шимолий Нишон кони учун газ, UZB OAK JURNALIGA RAHIMOV R .2, 1-Амалий иш Техно меню, 4-kurs21 larga , 9-informatika-darslik, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan WORD 11, 2.2 reja, 2.2 docx
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI: 
    1. 
    B.B.Berkinov, M.A.Aynaqulov. ―Kichik tadbirkorlik korxonalarining 
    yirik korxonalar bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasi‖. Monografiya - Jizzax.: 
    2004-114 b. 
    2. 
    М.А.Айнакулов, Э.М.Абдухамидов Нормативно-правовая база 
    интеграционных отношений хозяйствующих субъектов. //«Молодой 
    ученый». Международный научный журнал. Спец выпуск Джизакский 
    политехнический институт. 2016. № 7.2 (111.2) С.
    O„ZBEKISTONDA PAXTA-TO„QIMAChILIK SOHASIDA XO„JALIK 
    YURITUVCHI KLASTERLARNI RIVOJLANTIRISH BO„YICHA BA‟ZI 
    XULOSA VA TAVSIYALAR 
    O„razaliyev Faxritdin Baxritdinovich, assistent 
    Jizzax politexnika instituti
     
     
    Annotatsiya: Maqolada mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining real sektorlari sanalgan 
    qurilish, sanoat va agrosanoat tarmoqlarida xo„jalik yuritish klasterlari negizida ishlab 
    chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish bosqichlari, shuningdek, mazkur tarmoqlarning xo„jalik 
    klasteri doirasidagi yagona tizimini rivojlantirish yo„nalishlari bayon etilgan. 


    582 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    Kalit so„zlar: Xo„jalik yuritish klasterlari, kooperatsiya, tadbirkorlik, ishbilarmonlik 
    muhiti, yagona konsepsiya, diversifikatsiya, sho„ba korxonalar, xorijiy sarmoya, konsorsiumlar, 
    ishlab chiqarish segmentlari, monitoring yuritish, bozor tamoyillari. 
    Engil sanoat majmuasida turli faoliyatga ixtisoslashgan xo‗jalik yurituvchi 
    subyektlarning xo‗jalik klasteri doirasidagi ishlab chiqarish integratsiyasini 
    rivojlantirish bosqichlari quyidagilarni o‗z ichiga olishi kerak: 
    - xo‗jalik yuritish klasteri doirasidagi ishlab chiqarish integratsiyasi asosida 
    rivojlanishi maqsadga muvofiq bo‗lgan ishlab chiqarish segmentlarini tanlab olish 
    va ularni tahlil qilish; 
    - xo‗jalik yurituvchi subyektlarning xo‗jalik yuritish klasteri doirasidagi
    o‗zaro hamkorlik va ishlab chiqarish integratsiyasi bo‗yicha talab va takliflarini 
    o‗rganish; 
    - ishlab chiqarishning maqsadli segmentlari bo‗yicha xo‗jalik yuritish 
    klasteri doirasida o‗zaro hamkorlik va ishlab chiqarish integratsiyasining maqbul 
    shakllarini tanlash; 
    - xo‗jalik yuritish klasteri doirasidagi ishlab chiqarish integratsiyasining 
    shakllarini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish; 
    - xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning xo‗jalik yuritish klasteri doirasidagi
    ishlab chiqarish integratsiyasi bo‗yicha monitoring yuritish va ushbu jarayonlarni 
    samarali rivojlantirish choralarini amalga oshirish. 
    Iqtisodiyotning engil sanoat tarmog‗ida xo‗jalik yurituvchi subyektlarning 
    xo‗jalik klasteri doirasidagi ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishning 
    asosiy yo‗nalishlari quyidagilardan iborat: 
    - korxonalar xo‗jalik faoliyatini diversifikatsiyalash (qayta tarkiblash) yo‗li 
    bilan ular tarkibidan yordamchi va xizmat ko‗rsatuvchi bo‗linmalarni chiqarish 
    hamda, ushbu funksiyalarni bajarish bo‗yicha xo‗jalik yuritish klasteri doirasida
    kichik bo‗linmalarni tashkil etish; 


    583 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    - asosiy ishlab chiqarishning yuqori texnologiyalarini ta‘minlovchi qo‗shma 
    korxonalar faoliyatini kengaytirish; 
    - tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotishga ixtisoslashgan korxonalar bilan 
    xo‗jalik klasteri doirasida o‗zaro hamkorligini takomillashtirish. 
    Engil sanoat majmui xo‗jalik yurituvchi subyektlarining xo‗jalik klasteri 
    doirasidgia ishlab chiqarish integratsiyasini tashkil etish quyidagilarni o‗z ichiga 
    olishi lozim: 
    - qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xo‗jalik klasteri doirasidagi 
    xizmatlar ko‗rsatuvchi kichik korxonalarning qo‗shimcha tarmog‗ini tashkil etish; 
    - fermer va dehqon xo‗jaliklarida qo‗shimcha tomorqa sifatida berilgan 
    dalalardan yetishtirilgan meva-sabzavot va go‗sht-sut mahsulotlarining kamida 50 
    foizini xo‗jalik klasteri doirasidagi qayta ishlovchi yangi korxonalarni tashkil etish; 
    - qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini sotuvchi dilerlar bilan xo‗jalik klasteri 
    doirasida o‗zaro hamkorlikni takomillashtirish.
    Paxta–to‗qimachilik sohasidagi faoliyatga ixtisoslashgan xo‗jalik yurituvchi 
    subyektlarning xo‗jalik klasteri doirasidagi o‗zaro hamkorligi va ishlab chiqarish 
    integratsiyasi masalalarining hal etilishi quyidagilarga asoslanishi kerak: 
    - qayta ishlash jarayonlarining noqonuniy ishlarini bartaraf etish bo‗yicha 
    aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
    - yengil sanoat majmui korxonalarini bajariladigan ishlar va ko‗rsatiladigan 
    xizmatlar uchun bozor tamoyillariga asosan kelishilgan narxlarda haq to‗lanishiga 
    rioya qilish ; 
    - yirik yengil sanoat korxonalarida pudrat asosida umumiy ishlar hajmining 
    kamida 30 foizining bajarilishini ta‘minlovchi xo‗jalik klasteri doirasidagi kichik 
    korxonalarning qo‗shimcha tarmog‗ini rivojlantirish. 
    Paxtani qayta ishlashga ixtisoslashgan xo‗jalik yurituvchi subyektlarning 
    klaster doirasidagi o‗zaro hamkorligi va ishlab chiqarish integratsiyasini 
    rivojlantirishning asosiy shart-sharoitlari ishlab chiqarishni tashkil qilish va 


    584 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    xo‗jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish 
    jarayonlarini takomillashtirishning quyidagi yo‗nalishlarini belgilab beradi: 
    - klaster doirasidagi xo‗jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish
    tarkibini diversifikatsiyalash; 
    - klaster doirasidagi xo‗jalik yurituvchi subyektlarning o‗zaro hamkorligini 
    rivojlantirish; 
    - klaster doirasida ishlab chiqarish kooperatsiyasi jarayonlarini tartibga 
    solishda davlatning rolini kuchaytirish. 
    Klaster doirasidagi turli xo‗jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish 
    kooperatsiyasi masalalarini hal etishda xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning tovarlar 
    ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‗rsatishdagi o‗ziga xos 
    xususiyatlari inobatga olinishi kerak. Bunda: 
    - yirik korxonalar past rentabelli va rentabelsiz mayda ulgurji tovarlar, ishlar 
    va xizmatlar ishlab chiqarishni qisqartirib va ularga bo‗lgan talab-ehtiyojlarni 
    kichik biznes hisobidan qoplagan holda, kichik korxonalarni moddiy-texnik 
    resurslar bilan qo‗llab-quvvatlashi va shu asosida xo‗jalik yuritish klasterini 
    yaratishi zarur; 
    -klaster doirasidagi kichik korxonalar mayda ulgurji tovarlar ishlab chiqarish
    ishlarni bajarish va xizmatlar ko‗rsatishda yirik korxonalar bilan o‗zaro hamkorlik 
    qilishi uchun ushbu korxonalarga zarur bo‗lgan tovarlar turlari va hajmi haqidagi 
    axborotdan keng foydalanish imkoniyatiga ega bo‗lishi kerak. Shu asosda raqobat 
    muhitini yaratish va eng foydali ishlab chiqaruvchini xo‗jalik klasteri ichidagi
    ishlarga jalb qilish mumkin; 
    - mayda ulgurji tovarlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar 
    ko‗rsatish bilan shug‗ullanuvchi kichik korxonalar ishlab chiqarishni tashkil qilish 
    uchun zarur bo‗lgan resurslardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‗lishi, ayniqsa 
    ishlab chiqarishni tashkil qilishning dastlabki bosqichida kredit mablag‗lari bilan 
    qo‗llab-quvvatlanishi lozim. 


    585 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    Klaster doirasidagi engil sanoat xo‗jalik yurituvchi subyektlarining o‗zaro 
    hamkorligi va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish chora-tadbirlarining 
    amalga oshirilishi xo‗jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiyot tarmoqlari, 
    tovarlar, ishlar va xizmatlarning turlari bo‗yicha tasniflangan talab va takliflari 
    bozorining vujudga kelishini talab qiladi. 
    Yuqorida 
    bayon 
    etilganlarni 
    umumlashtirgan holda, quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: 
    Klaster doirasidagi turli xo‗jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish 
    kooperatsiyasiga bo‗lgan talablarining qondirilishi (va aksincha), iqtisodiyotning 
    alohida 
    tarmoqlaridagi 
    ishlab 
    chiqarish 
    kooperatsiyasi 
    jarayonlarini 
    rivojlantirishning o‗ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, tovarlar, ishlar 
    va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun mazkur xo‗jalik yurituvchi subyektlarning 
    sa‘y-harakatlarini birlashtirish bo‗yicha talab va takliflar bozori doirasida amalga 
    oshirilishi kerak. 

    Download 10.16 Mb.
    1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   274




    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish